G. N. Najmiddinova O’. U. Qurbonova



Yüklə 1,32 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/117
tarix17.05.2023
ölçüsü1,32 Mb.
#110891
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   117
@pp kitoblar qiyosiy ped

Ijtimoiylik metodi
- zamonaviy ta‘lim har qaysi mamlakatning iqtisodiy 
taraqqiyoti, xalqning ijtimoiy-ma‘naviy yuksalishiga nechog‘lik mos ekanligini 


13 
taqqoslashga qaratiladi. U xalq maorifi sistemalarining ijtimoiy xarakterini 
baholashni ta‘lim-tarbiyaning maqsad va vazifalarini, mazmun va metodlarini
jamiyatning tuzilishini analiz qilish, maktab tashkil etishlarini nazarda tutadi. 
Zamonaviy ta‘lim taraqqiyoti davrida innovatsion g‘oyalar, konsepsiyalar, 
ta‘limotlarning u yoki bu xalqning mentalitetiga, urf-odatlari hamda asrlar 
davomida shakllangan qadriyatlariga uyg‘unligini ko‘rsatishga asoslanadi. 
Statistika metodi
- ta‘limning miqdoriy va sifat ko‘rsatkichlarini tahlil qiladi. 
Statistik metod
- tavsiflash metodi bilan uzviy bog‘langan statistik axborot 
berish bilan cheklanmaydi balki maorif sistemasiga va quyidagi pedagogik 
hodisalarga daxldor raqam va ma‘lumotlarni tahlil qilish va baholashni ko‘zda 
tutadi. 
Bolalarni o‘qishga jalb qilish, o‘qitish bosqichlari bo‘yicha 
o‘quvchilarning sinfda qolib borishining oldini olish, sinflarning o‘rtacha to‘liqligi, 
o‘quvchilarnmg ijtimoiy guruhi, davlat va shaxsiy o‘quv yurtlari va ulardagi 
o‘quvchilar soni nisbati, maktab yoshidagi bolalarning maktabdan tashqari 
tashkilotlarga jalb etilishi va boshqalar. 
Tashviqot metodi
- qator mamlakatlardagi keyingi tahlil va qiyoslash hamda 
xulosalar chiqarish uchun zarur axborotni jamlashga imkon beradigan pedagogik 
hodisalarninig tashqi belgilarini tavsiflashda qo‘llaniladi.
Tavsiflash metodi
xalq maorifini o‘quv-tarbiya masalalarining turi va tizimini 
turli darajadagi o‘quv yurtlarining o‘quv rejasi va dasturlari, o‘qituvchilar 
tayyorlash va ularning moddiy ahvoli, maktabdan tashqari tarbiya sistemasi bolalar 
va yoshlar tashkilotlari faoliyatini analiz qilishda qo‘llaniladi. 
Analitik metodga
analiz, sintez, umumlashtirish, induksiya, deduksiya. 
qiyosiy pedagogikada analiz, sintez, umumlashtirishdek mantiqiy jarayon ko‘proq 
ahamiyatga ega. Barcha pedagogik hodisalarni tadqiq etishda tarixiy, tavsifiy, 
statistik va sosiologik metodlar yordamida va ular asosida analiz va sintez 
qo‘llanishi umumiy baho berish va qiyosiy tahlil uchun zarur bo‘lgan xulosa 
chiqarishga imkon beradi. Xususan, taraqqiyotning darajasida bir xil bo‘lgan 
mamlakatlar guruhidagi xalq maorifi sistemasining asosiy xususiyatlarini ijtimoiy 
baholash, pedagogik nazariyalarga xarakteristika berish va ularning musobaqa 
hamda chet elga sayohat, tanlagan mavzu ustida mustaqil ishlash va yakunida 
og‘zaki yoki yozma imtihondan iboratdir. 
Adabiyotlar, arxiv manbalari, pedagogik bosma materiallarning 

Yüklə 1,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   117




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə