G. N. Najmiddinova O’. U. Qurbonova



Yüklə 1,32 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/117
tarix17.05.2023
ölçüsü1,32 Mb.
#110891
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   117
@pp kitoblar qiyosiy ped

Kompleks yondashuv
zamonaviy ta‘limning ko‘proq ahamiyatga ega 
bo‘lgan komponentlarini (masalan: ta‘lim mazmuni, metodlari, ta‘limni tashkil 
etish shakllari, tarbiya qadriyatlari, ta‘limni asosiy bosqichlari yoki darajalar 
sh.k.)ni ajratish va tahlil etish ahamiyatli sanaladi. Ushbu yondashuvni qo‘llash 
orqali turli ta‘lim tizimlarini u yoki bu asosini o‘zaro taqqoslash mumkin bo‘ladi. 
Turli ta‘lim tizimlarini taqqoslash uchun zamonaviy ta‘lim tarkibiy tuzilmasiga 
kiruvchi ta‘lim va tarbiya maqsadi (bu ta‘lim tizimi g‘oyasi to‘g‘risida tasavvur 
hosil qiladi) muhim ahamiyatga ega.
Insonparvar yondashuv
ta‘lim jarayonida shaxs, uning o‘rni, ahamiyatini 
aniqlash yo‘l va usullarini tushunishga yordam beradi. Bu o‘rinda pedagogning 
ham, tarbiyalanuvchining ham subyekt pozitsiyasi asosiy o‘rinda turadi. Turli 
mamlakatlarda ta‘limning insonparvar rivojlanish imkoniyatlarini tahlil qilish 
hamda ta‘limni insonparvarlashtirishda o‘zlarining salmoqli hissalarini qo‘shgan 
ta‘lim va maorif arboblarini o‘rganishga yordam beradi. Shuningdek, bu 
yondashuv turli ta‘lim tizimlarida o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasida o‘zaro 
munosabatni, u yoki bu ta‘lim muassasasida har bir ta‘lim oluvchining ijtimoiy va 
individual pozitsyasini tushunishga ham yordam beradi.
Tarixiy yondashuv
turli davlatlarda ta‘limning davrlar va o‘zgarib boradigan 
tarixiy, ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va boshqa shart-sharoitlarda rivojlanish jarayoni, 
dinamikasini tahlil etish va tavsiflash imkonini beradi. Ushbu yondashuvni amalga 
oshirish jarayonida u yoki bu davlatning ta‘lim tizimini shakllantirish va 
rivojlantirishga poydevor vazifasini bajargan tarixiy voqea hamda hodisalarni 
hisobga olish zarur.


11 
Madaniy yondashuv
- jamiyatning umumiy madaniy rivojlanishi asosida 
ta‘lim jarayonida yuz beradigan o‘zgarishlar, yuksalishlarni kuzatish imkoniyatini 
beradi. 

Yüklə 1,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   117




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə