G. N. Najmiddinova O’. U. Qurbonova


Qiyosiy pedagogikaning asosiy kategoriyalari va tushunchalari



Yüklə 1,32 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/117
tarix17.05.2023
ölçüsü1,32 Mb.
#110891
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   117
@pp kitoblar qiyosiy ped

Qiyosiy pedagogikaning asosiy kategoriyalari va tushunchalari

Qiyosiy pedagogika umumiy pedagogik va psixologik kategoriya va 
tushunchalarni qo‘llaydi: maorif, ta‘lim, tarbiya, rivojlanish, ijtimoiylashuv va 
hokazo. Komparativ tadqiqotlarning xos tushunchalariga – qiyosiy pedagogika, 
pedagogik komparativistika, dunyo ta‘lim tizimi, milliy ta‘lim tizimi, ta‘limni 
globallashtirish, ta‘limning ijtimoiy sinflari, ta‘limni rivojlantirish strategiyasi, 
ta‘limni standartlashtirish, zamonaviy xorij pedagogik tajribasi, milliy ta‘lim va 
tarbiya tizimi, pedagogik madaniyat, ta‘lim siyosati, ta‘lim tendensiyalari va 
hokazo. 
1.2
Qiyosiy pedagogikaning metodologik asosi (qiyosiy pedagogikaga umumiy 
metodologik yondashuvlar, qiyosiy pedagogika metodlari) 


10 
 
Qiyosiy pedagogikada metodologik yondashuvlar.
Bir o‘quv kursi 
doirasida dunyoning barcha davlatlaridagi ta‘lim tizimi to‘g‘risida barcha 
axborotlarni o‘rganib taqqoslab bo‘lmaydi. Chunki 2012 yilda mustaqil statusga 
ega bo‘lgan 257 mamlakat ro‘yxatga olingan. Shu bilan bir qatorda dunyoda 
o‘zining aniq statusiga ega bo‘lmagan davlatlar ham bor (Abxaziya). Shunga 
qaramasdan, hududiy jihatdan shuningdek, madaniyati va ijtimoiy-iqtisodiy 
rivojlanishi jihatdan bir xil yoki bir-biriga yaqin bo‘lgan davlatlarning ta‘lim 
tizimini umumlashtirgan holatda o‘rganish mumkin. Ana shunday murakkab 
vazifani bajarish uchun turli metodologik yondashuvlarni birgalikda qo‘llash talab 
etiladi. Qiyosiy pedagogika sohasidagi tadqiqotlar uchun 
ambivalentli, kompleks, 
insonparvar, tarixiy, madaniy, etnopsixologik, aksiologik 
kabi metologik 
yondashuvlar alohida ahamiyat kasb etadi. 
Ambivalentli yondashuv 
u yoki bu hodisaning rivojlanish jarayonidagi 
ziddiyatli tendensiyalarni tadqiq qilishda qo‘llaniladi; qiyosiy pedagogika 
muammolarini muayyan mamlakatdagi ta‘lim taraqqiyotining xususiyati va o‘ziga 
xosligi o‘rtasidagi ziddiyatlarni hisobga olgan holda hal etish imkonini beradi. Bu 
yondashuv shuningdek, ko‘pgina davlatlarga xos bo‘lgan ta‘lim taraqqiyotidagi 
inqirozli 
hodisalarni 
tahlil
qilishda ham qo‘llaniladi.

Yüklə 1,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   117




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə