G. N. Najmiddinova O’. U. Qurbonova



Yüklə 1,32 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/117
tarix17.05.2023
ölçüsü1,32 Mb.
#110891
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   117
@pp kitoblar qiyosiy ped

Etnopsixologik yondashuv
- xalqlarning milliy xususiyatlari asosida milliy 
qadriyatlari, urf-odatlari, an‘analarining yosh avlod ta‘lim-tarbiyasiga ta‘sirini 
o‘rganishga yo‘naltirilgan bo‘ladi. Har bir xalq, millatning o‘zigagagina xos
madaniy-ma‘naviy boyligi, mentaliteti ta‘limning rivojlanishini belgilovchi asosiy 
omillardan biri hisoblanadi. 
Aksiologik 
yondashuv
-ijtimoiy 
tajribaning 
avloddan-avlodga 
o‘tishi 
jarayonida qadriyatlar va g‘oyalarning hal qiluvchi ta‘sirini tahlil qilishga yordam 
beradi. 
Qiyosiy pedagogika bugungi kunda ta‘lim-tarbiya nazariyasi va amaliyotining 
rivojlanish qonuniyatlari va tendensiyalarining farqli xususiyatlarini qiyosiy 
o‘rganadi. Qiyosiy pedagogika mamlakatda tanlangan maktab siyosatini yangilash 
va hayotiylashtirish uo‗llarini belgilashda maslahat berish, qabul qilingan qarorlar 
natijalariga ta‗sir ko‗rsatadigan shart-sharoit, tanlangan siyosatning oqibatlarini va 
uni amalga oshirish yo‘llarining to‘g‘riligini oldindan ko‘ra bilish kabi vazifalarni 
tahlil qiladi. 
Qiyosiy pedagogika metodlari-
metodologik yondashuvlar bilan bevosita 
bog‘liq bo‘lib, ular asosida amalga oshiriladi. Kompravistika uchun: tasvirlovchi, 
tarixiy, ijtimoiy, statistika, qiyoslash kabi metodlar ulkan ahamiyatga ega. 
Qiyosiy pedagogika yondosh fanlarda qo‗llanadigan tadqiqot metodlaridan 
ham foydalanadi. Tadqiqot jarayonida bu metodlar bir-biriga o‗zaro ta‘sir qilib 
bog‘lanib ketadi. Qiyosiy pedagogikaning o‘ziga xosligi shundan iboratki, uning 
asosiy tadqiqot metodi qiyoslash metodidir.
Taqqoslash
(qiyoslash) turli madaniy an‘analarga ega bo‘lgan ta‘lim tizimlarini 
o‘zaro taqqoslash hamda qiyoslashga asoslanadi.
Taqqoslash metodi
 
– ta‘lim tizimlari, pedagogik nazariya va amaliyotdagi 
umumiy va farqli jihatlarni, shuningdek, qonuniyatlar va tendensiyalarning 
namoyon bo‘lishini aniqlaydi.

Yüklə 1,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   117




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə