G. Q. Abdurahmanova


To’rtinchi ilmiy yangilik



Yüklə 277,2 Kb.
səhifə7/21
tarix30.12.2023
ölçüsü277,2 Kb.
#167582
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   21
Z.Usubjonov PKS bayoni1 (2)

    Bu səhifədəki naviqasiya:
  • Rais
To’rtinchi ilmiy yangilik. Egri chiziqli matematik modellardan foydalanish asosida Namangan viloyatining qurilish materiallari bozoriga ta’sir etuvchi omillarning 2026 yilgacha prognoz ko’rsatkichlari ishlab chiqilgan.
Namangan viloyatida 2016-2021 yillarda qurilish materiallari bozoridagi o’zgarishlar tahlil etilgan. Tadqiqotda qurilish materiallari bozorini rivojlanishiga ta’sir ko’rsatuvchi omillar tahlil qilinganda aholi soni, aholi jon boshiga umumiy daromadlar to’g’ri kelishi, qurilish materiallari ishlab chiqarish, qurilish materiallari chakana savdosi, qurilish ishlari hajmi, aholining uy-joy bilan ta’minlanish darajasi kabi omillar asosiy ahamiyatga ega ekanligi aniqlandi. Tahlil natijalariga ko’ra 2016-2021 yillarda Namangan viloyatida qurilish materiallari ishlab chiqarish ko’rsatkichi 4,4 barobarga, qurilish materiallari chakana savdo aylanmasi esa 6,6 barobarga, qurilish ishlari hajmi 4,5 barobarga o’sgan. Bundan tashqarish qurilish materiallari bozori rivojlanishiga viloyatda aholi sonining o’sishi, aholi jon boshiga umumiy daromadlarning o’zgarishi va asosiy natija aholining uy joy bilan ta’minlanganlik darajasi ta’sir ko’rsatadi. Qurilish materiallari bozorini rivojlantirish, qurilish materiallari sanoatini rivojlantirishning asosiy maqsadi aholining uy joy bilan ta’minlanganlik darajasini oshirish hisoblanadi. 2016-2021 yillarda viloyatda aholi soni 264.1 ming kishiga ko’paygan bo’lsa aholi jon boshiga to’g’ri keladigan umumiy daromadlar hajmi esa 2,4 barobarga o’sgan. Aholi sonining yildan yilga o’sishi natijasida aholining uy joyga bo’lgan ehtiyoji oshib bormoqda. Jumladan, viloyatda 2016 yilda aholiing uy joy bilan ta’minlanish darajasi 16.3 kv m tashkil etgan bo’lsa, bu ko’rsatkich 2021 yilda 17 kv.m ni tashkil etdi.
Qurilish materiallari bozorining rivojlanishiga ta’sir etuvchi omillarning ekonometrik modelini yaratish va istiqbolini belgilash, rivojlanganlik darajasini o’rganishda, iqtisodiy optimal modellashtirishda o’tkazilgan sinovlar asosida to’plangan ma’lumotlar bo’yicha tuzilgan empirik formulalardan foydalaniladi.
Iqtisodiy matematik usullardan foydalangan holda statistik ma’lumotlar dinamikasini ilmiy jihatdan ekonometrik modelini hosil qilish va modellar asosida bashoratlar qilish mazkur ilmiy tadqiqot ishining asosiy maqsadi hisoblanadi. Umuman olganda, qurilish materiallari bozorini rivojlantirish uchun unga ta’sir etuvchi omillarning har birini alohida ekonometrik modelini yaratish va istiqbolini belgilash bo’yicha statistik ko’rsatkichlarni matematik modellari asosida tahlil qilish, o’rganilayotgan obyektlar haqidagi axborotlarning ishonchlilik darajasini oshiradi. Namangan viloyati qurilish materiallari bozorining rivojlanishiga ta’sir etuvchi asosiy omillarning har birini alohida matematik modelini yaratamiz
Namangan viloyati qurilish materiallari bozorini rivojlanishiga ta’sir etuvchi asosiy omillarning 2016-2021 yillardagi ko’rsatkichlari bo’yicha tahlil qilinganda, qurilish materiallari bozori faoliyatida tarmoqlar salohiyatini o’sish darajasini ko’rish mumkin. Endi hosil qilingan matematik modellar asosida Namangan viloyati qurilish materiallari bozorini rivojlanishiga ta’sir etuvchi asosiy omillarning ko’rsatkichlari kerakli yillargacha prognoz qilish imkoniyati paydo bo’ldi.
Prognoz natijalariga koʻra, agar ushbu yoʻnalishda amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarni davom ettirilsa, keyingi besh yilda Namangan viloyati qurilish materiallari bozorining rivojlantirishga ta’sir etuvchi asosiy omillarning ko’rsatkichlari o’sib borishi kutilmoqda. 2022-2026-yillarda Namangan viloyatida qurilish materiallari ishlab chiqarish, qurilish materiallari chakan savdo aylanmasi va qurilish ishlari hajmi 2,3 barobarga, aholi soni 1,1 barobarga, aholi jon boshiga umumiy daromadlar to’g’ri kelishi 1,5 barobarga o’sishi taʼminlanadi.
2022-2026 yillarda Namangan viloyati qurilish materiallari bozorini rivojlantirishga ta’sir etuvchi asosiy omillarning ko’rsatkichlari o’sib borishi kutilmoqda. Mazkur prognoz ko’rsatkichlaridan Namangan viloyati qurilish materiallari sanoati, qurilish materiallari chakana savdo aylanmasi, qurilish ishlari va aholining uy-joy bilan ta’minlanishiga qaratilgan strategik yo’nalishlarni ishlab chiqish imkoniyati yaratiladi.
Mazkur ditssertatsiya tadqiqoti doirasida xulosa va takliflar shakllantirildi. E’tiborliringiz uchun rahmat!
Rais: Rahmat! Hurmatli seminar qatnashchilari, dissertantning ma’ruzasini eshitdik, unga qanday savollar bor?
Marhamat, savol berish uchun so’z i.f.d., prof. Y.K.Qoriyevaga beriladi.

Yüklə 277,2 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə