G. Q. Abdurahmanova


i.f.f.d. dots. G.M.Bekimbetova



Yüklə 277,2 Kb.
səhifə2/21
tarix30.12.2023
ölçüsü277,2 Kb.
#167582
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Z.Usubjonov PKS bayoni1 (2)

i.f.f.d. dots. G.M.Bekimbetova: Usubjonov Zaxriddin Vasliddin o’g’li 1994-yil 5-sentyabrda Namangan viloyati To’raqo’rg’on tumanida tug’ilgan. Millati o’zbek.
08.2017-12.2017 y.y Xalq banki To’raqo’rg’on filiali hodimlar bilan ish olib borish va ijro nazorati bo’yicha bosh mutaxassisi
12.2017-03.2018 y.y Xalq banki To’raqo’rg’on filiali pensiya va nafaqalar tarqatish bo’limi yetakchi mutaxassisi
03.2018-11.2018 y.y Xalq banki To’raqo’rg’on filiali pensiya va nafaqa tarqatish bo’limi boshlig’i
11.2018-01.2021 y.y Xalq banki To’raqo’rg’on filiali pensiya va nafaqa to’lovlari bilan ishlash sho’ba mudiri
09.2018-07.2020 y.y Namangan muhandislik-texnologiya instituti magistri
2021-yildan Namangan muhandislik-texnologiya instituti tayanch doktoranti sifatida “Qurilish materiallari bozorini marketing konsepsiyalari asosida rivojlantirish ”mavzusida ilmiy tadqiqot olib bormoqda.
Dissertatsiya mavzusiga doir jami 16 ta ilmiy ish, shu jumladan, Oliy attestatsiya komissiyasining doktorlik dissertatsiyalari asosiy ilmiy natijalarini chop etish tavsiya etilgan ilmiy nashrlarda 5 ta ilmiy maqola, shundan, nufuzli xorijiy jurnallarda 1 ta, xalqaro va respublika ilmiy-amaliy konferensiyalar to’plamlarida 9 ta ma’ruza tezislari, 1 ta o’quv qo’llanma nashr qilingan.
Usubjonov Zaxriddin Vasliddin o’g’li mutaxassislik va xorijiy tillar bo’yicha malakaviy imtihonlarni ijobiy topshirgan.
Usubjonov Zaxriddin Vasliddin o’g’lining falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi ilmiy natijalari O’zbekiston qurilish materiallari sanoati korxonalari uyushmasining 2023 yil 25 iyuldagi №05/13-1459-son ma’lumotnomasi tomonidan amaliyotga joriy etilgan.
Usubjonov Zaxriddin Vasliddin o’g’lining iqtisodiyot fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan dissertatsiyasi Namangan muhandislik-texnologiya institutining kengaytirilgan kafedralararo majlisida muhokama qilingan va himoyaga tavsiya etilgan.
Dissertatsiya ishi Namangan muhandislik-texnologiya institutida bajarilgan.
Ilmiy rahbar etib, iqtisodiyot fanlari doktori, professor Ahmadjon Soliyev belgilangan.
Dissertatsiya ishiga taqrizchilar sifatida Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti «Menejment» kafedrasi i.f.d., prof.v.b Saidov Mash’al Samadovich va Farg’ona politexnika instituti i.f.d., dots. O.S.Nazarmatov tayinlangan bo’lib, ular tomonidan yozma shaklda ijobiy taqrizlar taqdim etilgan.
E’tiborlaringiz uchun rahmat.
Rais: Rahmat! Muhokamani o’tkazish haqida qanday takliflar bor? Kun tartibiga qo’yilgan masala bo’yicha avval doktorantni ma’ruzasini tinglab, keyin
muhokamaga o’tsak, degan taklif bor. E’tirozlar, boshqa taklif yoki mulohazalar bormi? Yo’q. Demak, ma’ruza uchun so’z tayanch doktorant Usubjonov Zaxriddin Vasliddin o’g’liga beriladi.

Yüklə 277,2 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə