G. Q. Abdurahmanova


Rais: Marhamat, bildirilgan fikrlarga javob berish uchun so’z izlanuvchi Z.V.Usubjonovga beriladi. Z.V.Usubjonov



Yüklə 277,2 Kb.
səhifə14/21
tarix30.12.2023
ölçüsü277,2 Kb.
#167582
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   21
Z.Usubjonov PKS bayoni1 (2)

    Bu səhifədəki naviqasiya:
  • Rais
Rais: Marhamat, bildirilgan fikrlarga javob berish uchun so’z izlanuvchi Z.V.Usubjonovga beriladi.
Z.V.Usubjonov: Taqrizchiga o’z minnatdorchiligimizni bildiramiz. Dissertatsiya ishini sinchikovlik bilan ko’rib chiqib, o’z tavsiyalaringizni berganingiz uchun rahmat ustoz. Shu bilan birgalikda tadqiqot ishining “O’zbekiston qurilish materiallari bozorini Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi bozorlariga integrasiyalashish yo’nalishlari” deb nomlangan 1.3-paragrifida keltirilgan jadval va rasmlardagi ma’lumotlarni 2022 yil ma’lumotlar bilan to’dirildi hamda ma’lumotlar bir xil oraliqdagi davrga keltirildi, dissertasiya ishining birinchi bob bo’yicha xulosalar qismini qaytadan aniq taklif va tavsiyalar asosida qaytadan ishlab chiqildi, dissertasiya ishining 2.3-paragrafi ko’rsatilgan jadval va rasmlarning nomlari umumiy matndan ajratib, paragraf oxirida xulosa va takliflar to’ldirildi. Qolgan kamchiliklarni tez orada bartaraf etib, ishning sifati va mazmunini yanada takomillashtiramiz. Rahmat!
Rais: So’z ikkinchi taqrizchi i.f.d., dots. O.S.Nazarmatovga beriladi.
Taqrizchi - i.f.d., dots. O.S.Nazarmatov: Rahmat, hurmatli seminar qatnashchilari! tadqiqotchi Z.V.Usubjonov dissertatsiya ishi bilan batafsil tanishib chiqish asosida quyidagi fikr-mulohazalarimni bildirmoqchiman.
“O’zbekiston-2030” strategiyasi doirasida amalga oshirilayotgan iqtisodiyotdagi tarkibiy o’zgarishlar, iqtisodiyot barcha sohalarini modernizatsiyalash eng avvalo investitsion jarayonlarga tayanadi. Hozirgi kunda bu jarayonlarning moddiy asoslarini rivojlantiish borasida keng ko’lamli ishlar izchil olib borilmoqda. O’zbekiston qurilish materiallari sanoatini, savdosini va xizmatlarini jadal sur’atlarda rivojlantirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar ayniqsa, keyingi yillarda ishlab chiqilib, amaliyotda bajarilmoqda: sohada faoliyat yuritayotgan sanoat, qurilish, savdo va xizmat ko’rsatish korxonalar faoliyatini modernizatsiya qilish, ilm-fan yutuqlarini joriy etishga davlat tomonidan imtiyozlar berish, soliq yukini kamaytirish, eksport va import ishlari xarajatlarini bir qismini qoplab berish, kadrlar-mutaxassislarga bo’lgan talablarini to’laroq qondirish va boshqalarga sohada e’tibor kuchaymoqda. Jahon bozorlaridagi shiddatli raqobat muxitiga moslashish, zamonaviy qurilish materiallari ishlab chiqarishni, sotish va xizmat ko’rsatish jarayonlari samaradorligini oshirishga qaratilgan ilmiy tadqiqotlar keng qamrovli olib borilmoqda, natijada qurilish materiallari sanoati raqamlashmoqda, savdo va xizmatlar elektron tizimi yaratilmoqda. Sohaga sun’iy intellekt tizimini yaratish va joriy etish muammolari tadqiq etilmoqda. Usubjonov Zaxriddin Vasliddin o’g’li tomonidan bajarilgan dissertatsiyasi yuqoridagi kabi masalalarni yechimiga qaratilganligi dissertatsiya mavzusi dolzarbligini belgilaydi.
Dissertatsiyaning asosiy tarkibi kirish, 3 ta bob, xulosalar, foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati va ilovalardan tarkib topgan bo’lib, tadqiqotning har bir bobida olib borilgan ilmiy izlanishlar o’zaro bog’liqlikda, mantiqiy ketma-ketlikda amalga oshirilgan. Tadqiqotning kirish qismida o’tkazilgan tadqiqotlarning dolzarbligi va zarurati asoslangan, tadqiqot ishining maqsad va vazifalari, tadqiqot usullari, tadqiqot natijalarining ilmiy va amaliy ahamiyati, dissertatsiyaning tuzilishi va hajmi bo’yicha ma’lumotlar keltirilgan.
Dissertatsiyaning birinchi bobi “Qurilish materiallari bozori va uning metodologik-nazariy asoslari” deb nomlangan bo’lib, bozorlarni tasniflash belgilari va turlari, qurilish materiallari bozorining o’ziga xos xususiyatlari, qurilish materiallari bozorining rivojlanishiga ta’sir etuvchi omillar yoritilgan. B2B bozori va unda qurilish materiallari xususiyatlari, “B2C va B2B Marketing»idagi asosiy farqlar, «B2B marketing» ni o’ziga xos xususiyatlari, B2B bozorida xaridorlarga ta’sir ko’rsatuvchi omillar, B2B tovarlari tasnifi, B2B bozorlarida xarid qilish usullari, O’zbekiston qurilish materiallari bozorini Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi bozorlariga integratsiyalashish yo’nalishlari hamda mamlakatimizni Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi bilan integratsiya jarayonlarini chuqurlashtirishdagi asosiy yo’nalishlar ko’rsatilgan. O’zbekistonning integratsion aloqalarini jadallashtirishga xizmat qiladigan omillar va sharoitlar keltirilgan, O’zbekiston Respublikasining Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi mamlakatlari bilan eksport va import ko’rsatkichlari tahlil etilgan, O’zbekiston iqtisodiyoti uchun integratsiyaning potensial samaralari va O’zbekistonning ittifoqqa qo’shilishidan Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga a’zo davlatlar uchun samaralar bayon etilgan, mamlakatimiz qurilish materiallari sanoatini rivojlantirish va Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi bozorlarida mustahkam o’rin egallashiga qaratilgan taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.
Dissertatsiyaning ikkinchi bobi “Qurilish materiallari bozorini marketing tadqiqotlari asosida baholash” deb nomlangan bo’lib, unda Namangan viloyati va O’zbekiston Respublikasida qurilish materiallari ishlab chiqarish tahlil etilgan. Sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishda qurilish materiallari ulushi, Namangan viloyatida ishlab chiqarilgan ayrim turdagi qurilish materiallari tarkibi tahlili keltirilgan. Namangan viloyatida qurilish ishlari hajmi va qurilish materiallari ishlab chiqarish, chakana savdo aylanmasining o’sish sur’atlari o’rganilgan, O’zbekiston Respublikasida qurilish uchun asosiy turdagi sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hamda O’zbekiston Respublikasi va Namangan viloyatida qurilish materiallari eksport va import ko’rsatkichlari tahlil etilgan. Qurilish materiallarini sifatini baholash, umumiy sifat tamoyillari, qurilish materiallari bozori samaradorligi, O’zbekiston va Namangan viloyatida amalga oshirilgan qurilish ishlari ko’rsatkichlari o’rganilgan. Qurilish materiallari bozori bilan bog’lik bo’lgan muammolarni o’rganish, tahlil qilish maqsadida o’tkazilgan anketa so’rovanomasi asosida olingan natijalar keltirilgan, qurilish materiallari bozorini rivojlanishiga ta’sir etuvchi omillarning Namangan viloyati ko’rsatkichlari tahlili etilgan.
Dissertatsiyaning “Qurilish materiallari bozori rivojlanishida marketing kontsepsiyalaridan foydalanishni takomillashtirish” deb nomlangan uchinchi bobida quriish materiallari bozorini prognozlashtirishning uslubiy asoslarini takomillashtirish yoritilgan, Namangan viloyati qurilish materiallari bozorini rivojlantirishga ta’sir etuvchi asosiy ko’rsatkichlarning tahlil etili, har bir ko’rsatkichning matematik modeli yaratilgan va kelgusi davr ko’rsatkichlari prognoz qilingan. Qurilish materiallari klasteri modelining tashkiliy-ilmiy asoslari ishlab chiqilgan, Namangan qurilish materiallari sanoatini “klaster” strategiyasi asosida rivojlantirish uchun mavjud imkoniyatlar yoritilgan, viloyatda “Namangan qurilish materiallari va xizmatlari” klasterini shakllantirish natijasida erishiladigan natijalar o’rganilgan, qurilish materiallari savdosi elektron platformasi samaradorligini oshirish yo’llari yortilgan, 2017-2018 yillarda elektron savdoning dunyo bo’yicha aylanmasi va 2019-2023 yillardagi prognoz tahlili, Namangan viloyatining chakana savdo aylanmasi va unda qurilish materiallari o’rni, O’zbekiston Respublikasi va Namanagan viloyatida elektron tijorat jami savdo aylanmasi tahlili yortilgan.
Tadqiqot davomida olingan yangiliklar ilmiy va amaliy jihatdan asoslangan va ular amaliyotga joriy qilingan.
Tadqiqotning ilmiy va amaliy natijalari dissertatsiya ishining xulosa qismida umumlashtirilgan holda bayon ettirilgan.
Z.Usubjonov tomonidan ishlab chiqilgan ilmiy takliflar va amaliy tavsiyalarni amaliyotda qo’llash uchun qabul qilinganligi dissertatsiya ishining ilmiy-amaliy qimmatga ega ekanligidan dalolat beradi.
Mazkur dissertatsiya ishini o’rganish natijasida, yuqorida qayd etilgan ijobiy jihatlar bilan birga ilmiy ishda chuqurroq yondashish talab etilsa bo’ladigan holat sifatida quyidagilarni ma’lum qilaman:
-qurilish materiallari bozorini o’rganishda marketing konsepsiyalaridan foydalanish xususiyatlariga ko’proq tayanish kerak;
-tadqiqot ishining 1.2-paragrafida “B2B Marketing” xususiyatlari batafsilroq, kengroq yoritilishi lozim;
-dissertatsiya ishining “Qurilish materiallarini bozorida taklif va uni shakllanishida marketing tadqiqotlari” deb nomlangan 2.1-paragrafida keltirilgan jadval va rasm ma’lumotlarini tahlil qilish hamda paragraf bo’yicha xulosa qismlarini to’liqroq berilishi kerak;
-tadqiqot ishida qurilish materiallarini sifatini baholashda xalqaro va milliy sertifikatlar bo’yicha ko’rsatkichlar to’la berilmagan;
Shu bilan birga mazkur dissertatsiya ishida belgilangan tadqiqot obekti, maqsadi va vazifalari 08.00.11 - Marketing ixtisoslik talablariga mos kelishini inobatga olgan holda, ushbu iqtisodiyot fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan dissertatsiya ishini bajarilgan deb hisoblayman.
Mazkur kamchiliklar tavsiyaviy xarakterga ega bo’lib, ishning umumiy saviyasini pasaytirmaydi va uning ijobiy bahosiga ta’sir etmaydi.
Xulosa qilib aytganda, Usubjonov Zaxriddin Vasliddin o’g’lining “Qurilish materiallari bozorini marketing konsepsiyalari asosida rivojlantirish” mavzusidagi iqtisodiyot fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan dissertatsiya ishi va uning avtoreferati O’zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy Attestatsiya Komissiyasi tomonidan qo’yilgan talablarga to’liq javob beradi va mazkur dissertatsiya ishini navbatdagi bosqichda himoya qilishga tavsiya etaman.

Yüklə 277,2 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə