G. Q. Abdurahmanova


Rais: Izlanuvchiga yana savollar bormi? Ovozlar



Yüklə 277,2 Kb.
səhifə13/21
tarix30.12.2023
ölçüsü277,2 Kb.
#167582
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   21
Z.Usubjonov PKS bayoni1 (2)

Rais: Izlanuvchiga yana savollar bormi? Ovozlar: Yetarli! Boshqa savollar bo’lmasa, ishning muhokamasiga o’tamiz.
Marhamat, so’z birinchi taqrizchi i.f.d., prof.v.b M.S.Saidovga beriladi.
Taqrizchi - i.f.d., prof.v.b M.S.Saidov: Rahmat, hurmatli seminar qatnashchilari! Tadqiqotchi Z.V.Usubjonovning dissertatsiya ishi bilan batafsil tanishib chiqish asosida quyidagi fikr-mulohazalarimni bildirmoqchiman.
Qurilish materiallari sanoatini rivojlanishi, aholi turmush darajasini ta’minlovchi muhim jarayon bo’lib, mamlakatdagi iqtisodiy-ijtimoiy siyosat natijasini ham ifodlaydi. Qurilish materiallari bozorini tashkil etishning bosh maqsadi - mamlakatda olib borilayotgan qurilish ishlari hajmini va sifatini yuqori darajada ta’minlaydigan qurilish sanoatini rivojlantirish, ularning savdosini va barcha xizmat ko’rsatish sohalarini yuqori darajada tashkil etishdan iborat hisoblanadi.
Mamlakatimizda keyingi yillarda qurilish ishlari ko’lami sezilarli darajada oshdi. Tabiiyki, katta hajmdagi qurilish ishlari nafaqat katta hajmdagi uskunalar va mutaxassislarni talab qiladi. Qurilish materiallari sohaning asosiy bo’g’inidir. Ayni paytda mamlakatimiz iqtisodiy salohiyati yuksalishi bilan qurilish materiallariga katta e’tibor qaratilmoqda. Ruspublikamizda qurilish materiallari bozorini rivojlantirish, yangi turdagi qurilish materiallari ishlab chiqarishni kengaytirishga qaratilgan chora-tadbirlar ishlab chiqilib amaliyotga joriy qilinmoqda. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 11 sentyabrdagi “O’zbekiston-2030” strategiyasida qurilish materiallari ishlab chiqarish hajmini 2 baravarga ko’paytirish va yangi turdagi energiya tejamkor materiallarni ishlab chiqarishni kengaytirish belgilandi.
Qurilish materiallari bozori samaradorligini oshirish, ilg’or texnologiyalarni joriy etish, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar turlarini diversifikasiya qilish va eksport hajmini kengaytirish, tarmoqqa investisiyalarini jalb qilish, yuqori qo’shilgan qiymatli qurilish mahsulotlarini ishlab chiqarish, korxonalarni modernizasiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlash, shuningdek, ixtisoslashgan etakchi xorijiy kompaniyalar bilan qo’shma ishlab chiqarishlarni tashkil etish, talab etilayotgan sifatli mahsulot ishlab chiqarish turlarini kengaytirish, ichki bozorni import o’rnini bosuvchi va raqobatbardosh qurilish materiallari hamda mahalliy ishlab chiqarilgan mahsulotlar bilan to’ldirish, shuningdek tarmoqning eksport salohiyatini oshirish kabi vazifalar izchillik bilan amalga oshirilmoqda. Mamlakatimizda yangi turdagi sifatli, zamonaviy, enegriya tejamkor qurilish materiallari ishlab chiqarish bo’yicha tizimli ishlar amalga oshirilib mahalliy va xorijiy bozorlarda marketing tadqiqotlari olib borilmoqda.
Yuqoridagi fikrlar mazkur dissertasiya ishining bugungi kunda mamlakatimiz iqtisodiyoti uchun ahamiyatli yo’nalishga bag’ishlanganligi bilan ham dolzarb hisoblanadi.
Tadqiqotchi dissertasiya ishini bajarish davomida qurilish materiallari bozorini marketing konsepsiyalari asosida rivojlantirish bilan bog’liq muammolarni o’rganib, aniq takliflar ishlab chiqish borasidagi fikrlarini asoslashda O’zbekiston Respublikasining qonunlari, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari, O’zbekiston qurilish materiallari sanoati korxonalari uyushmasi, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi statistika agentligi kabi idoralarning me’yoriy-huquqiy xujjatlari, xorijiy va mamlakatimiz iqtisodchi olimlarining qurilish materiallari bozorini rivojlantirish sohasidagi ilmiy ishlari, mutaxassis amaliyotchilarning ushbu sohadagi tahliliy materiallaridan unumli foydalana olgan.
Mazkur holat esa tadqiqotning nazariy-uslubiy asoslarini belgilab berib, uning hozirgi kunda iqtisodiyotda mavjud muammolar echimiga bag’ishlanganligini tasdiqlaydi. Ishning maqsadi to’g’ri belgilangan, qo’yilgan maqsaddan kelib chiqqan holda tadqiqot vazifalari aniq shakllantirilgan.
Ushbu dissertasiya ishi kirish, mazmunan ketma-ketlikda joylashgan uchta bob, xulosalar, foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati hamda ilovalardan tashkil topgan. Dissertasiya ishining mavzusi, mazmuni, rejasi va tarkibiy tuzilishi o’zaro mantiqan bog’langan.
Tadqiqotning maqsadi qurilish materiallari bozorini marketing konsepsiyalari asosida rivojlantirish boʻyicha ilmiy-amaliy taklif va tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat bо’lib, maqsadga erishish uchun bir qancha vazifalar belgilangan jumladan, qurilish materiallari bozori mohiyati va uning xususiyatlarini sharhlash, B2B bozori va unda qurilish materiallari xususiyatlarini tahlil qilish,O’zbekiston qurilish materiallari bozorini Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi bozorlariga integrasiyalashish yo’nalishlarini o’rganish, qurilish materiallarini bozorida taklif va uni shakllanishida marketing tadqiqotlarini tahlil qilish, qurilish materiallarini sifatini va raqobatbardoshligini baholash, qurilish materiallari bozorida marketing tadqiqotlari samaradorligini baholash, qurilish materiallari raqamli marketing faoliyatida elektron platformalar samaradorligini oshirish, Namangan qurilish materallari sanoatini "klaster" strategiyasi asosida rivojlantirish, qurilish materiallari bozorini prognozlashning uslubiy asoslarini takomillashtirish kabi vazifalarni amalga oshirishga qaratilgan mantiqan ketma-kelikka asoslangan tartib shakllantirilgan.
Mazkur dissertatsiya ishining tadqiqot obyekti sifatida Namangan viloyatida qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi va qurilish ishlarini amalga oshiruvchi hamda savdo korxonalari faoliyati tanlangan. Tadqiqotning predmeti sifati qurilish materiallari bozorini marketing konsepsiyalari asosida rivojlantirish jarayonidagi ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar hisoblanadi.
Dissertasiya ishining “Qurilish materiallari bozori va uning metodologik-nazariy asoslari” deb nomlangan birinchi bobida, qurilish materiallari bozori mohiyati va uning xususiyatlari, B2B bozori va unda qurilish materiallari xususiyatlari, O’zbekiston qurilish materiallari bozorini Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi bozorlariga integrasiyalashish yo’nalishlari o’rganilgan.
Tadqiqot ishining “Qurilish materiallari bozorini marketing tadqiqotlari asosida baholash” deb nomlangan ikkinchi bobida, qurilish materiallari bozorida taklif va uni shakllanishida marketing tadqiqotlari, qurilish materiallari sifati va raqobatbardoshligini baholash, qurilish materiallari bozorida marketing tadqiqotlari samaradorligini baholash ishlari amalga oshirilgan.
Dissertasiyaning ishining “Qurilish materiallari bozori rivojlanishida marketing kontsepsiyalaridan foydalanishni takomillashtirish” deb nomlangan uchinchi bobida, qurilish materiallari bozorida raqamli marketingdan foydalanishning elektron platformalar samaradorligini oshirish, Namangan qurilish materiallari sanoatini “klaster’ strategiyasi asosida rivojlantirish, qurilish materiallari bozorini prognozlashning uslubiy asoslarini takomillashtirilgan.
Dissertatsiya ishining xulosa qismida tadqiqot natijasida qilingan xulosalar bilan birga ishlab chiqilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ham umumlashtirilgan holda aks ettirilgan.
Shu bilan birga, mazkur dissertatsiya ishida ayrim kamchiliklar va munozarali holatlar ham mavjud. Bularga quyidagilarni kiritish mumkin:
1.Tadqiqot ishining ilmiy yangiliklarini qaytadan tahrirlash kerak. Tadqiqot maqsad va vazifalariga ko’ra ishda ilmiy yangilik sifatida olib chiqish mumkin bo’lgan jixatlari mavjud.
2.Tadqiqot ishining “O’zbekiston qurilish materiallari bozorini Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi bozorlariga integrasiyalashish yo’nalishlari” deb nomlangan 1.3-paragrifida keltirilgan jadval va rasmlardagi ma’lumotlarda 2020 yil va 2021 yildagi ma’lumotlar bilan yakunlangan. Mazkur ma’lumotlarni 2022 yildagi ma’lumotlar bilan to’ldirish kerak hamda ma’lumotlar bir xil oraliqdagi davrni o’z ichiga olishi kerak.
3.Dissertasiya ishining birinchi bob bo’yicha xulosalar qismini qaytadan aniq taklif va tavsiyalar asosida ishlab chiqish kerak.
4.Dissertasiya ishining 2.3-paragrafi “Qurilish materiallari bozorida marketing tadqiqotlari samaradorligini baholash” deb nomlangan. Ushbu paragrafda keltirilgan jadval va rasmlarning nomlari umumiy matndan ajralib turishi hamda paragraf oxirida xulosa va takliflar berilishi kerak.
5.Tadqiqot ishining “Namangan qurilish materiallari sanoatini “klaster” strategiyasi asosida rivojlantirish” deb nomlangan 3.2-paragrafning boshlanishi mazmunan dolzarblikdan boshlanishi kerak, bunda tadqiqotlarning o’rganish bilan boshlangan.Mazkur kamchiliklar tavsiyaviy xarakterga ega bо’lib, ishning umumiy saviyasini pasaytirmaydi va uning ijobiy bahosiga sezilarli darajada ta’sir etmaydi.
Shu bilan birga mazkur dissertatsiya ishida belgilangan tadqiqot obyekti, maqsadi va vazifalari ixtisoslik talablariga mos kelishini inobatga olgan holda, ushbu iqtisodiyot fanlari bо’yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan dissertatsiya ishini tutash ixtisosliklar bо’yicha, jumladan 08.00.11 - Marketing ixtisosligiga mos holda bajarilgan deb hisoblayman.
Xulosa qilib aytganda, Usubjonov Zaxriddin Vasliddin o’g’lining “Qurilish materiallari bozorini marketing konsepsiyalari asosida rivojlantirish” mavzusidagi iqtisodiyot fanlari bо’yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan dissertatsiya ishi va uning avtoreferati tutash ixtisosliklar bо’yicha, jumladan 08.00.11 - Marketing ixtisosligi bо’yicha О’zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy Attestatsiya Komissiyasi tomonidan qо’yilgan talablarga tо’liq javob beradi va mazkur dissertatsiya ishini navbatdagi bosqichda himoya qilishga tavsiya etaman.

Yüklə 277,2 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə