G. Q. Abdurahmanova


Rais: Marhamat, savol berish navbati i.f.f.d., dots. O.Dj.Djurabaev



Yüklə 277,2 Kb.
səhifə12/21
tarix30.12.2023
ölçüsü277,2 Kb.
#167582
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   21
Z.Usubjonov PKS bayoni1 (2)

Rais: Marhamat, savol berish navbati i.f.f.d., dots. O.Dj.Djurabaevga beriladi.
i.f.f.d., dots. O.Dj.Djurabaev.
1-savol. Avtoreferatning 3-jadvalida keltirilgan eksport va import ko’rsatkichlari o’rtasidagi farq juda katta , bunga sizni ilmiy ishlanmangiz bormi?
2-savol. Avtoreferatning 27-betida jadvalda ekonometrik modellar keltirilgan va ular determinatsiya koeffitsienti 1 ga yaqin nima uchun?
3-savol. Avtoreferatning 28-betida ko’rsatilgan prognoz ko’rsatkichlaridan chakana savdo lo’rsatkichi 4,9 trn so’mga yetishi keltirilgan. Bu nimani hisobiga amalga oshiriladi?
Z.V.Usubjonov. Savolingiz uchun katta rahmat ustoz!
Z.V.Usubjonov.
1-savolga javob. Avtorefertning 16-betida keltirilgan 3-jadvalda 2017-2022 yillarda qurilish materiallari eksport va import ko’rsatkichlari tahlil etilgan bo’lib, O’zbekistonda qurilish materiallari eksporti 1,9 barobarga o’sgan bo’lishiga qaramay import ko’rsatkichi sezilarli darjada yuqori bo’lgan. Mamlakatimizda eksport hajmni o’shirish bo’yicha Yevvoosiyo iqtisodiy ittifoqi mamlakatlari qurilish materiallari import tarkibini chuqur tahlil etgan holda, talab yuqori bo’lgan qurilish materiallari ishlab chiqarishni tashkil etish va eksport hajmni oshirish bo’yicha takliflar berilgan.
2-savolga javob. Avtoreferatning 27-betida keltirilgan 8-jadvalda qurilish materiallari bozoriga ta’sir etuvchi omillarning ekonometrik modellari ishlab chiqilgan. Tadqiqot ishini amalga oshirish jarayonida biz qurilish materiallari bozoriga ta’sir ko’rsatuvchi ko’plab omillarni tanlab oldik va ekonometrik modellarini ishlab chiqdik. Hosil qilingan modellardan determinatsiya koeffitsienti eng yuqorilari tanlab olindi va ekonometrik model natijalari taqqoslama jadvali shakllantirildi.
3-savolga javob. Avtoreferatda keltirilgan 9-jadvalda Namangan viloyati qurilish materiallari bozorini rivojlantirish 2022-2026 yillar uchun ishlab chiqilgan prognoz ko’rsatkichlari ko’rsatilgan. 2026 yilda qurilish materiallari chakana savdo aylanmasi 4912,57 mlrd.so’mni tashkil etishi ko’rsatlgan bo’lib, viloyatda amalga oshirilayotgan chora tabdirlar natijasida hamda viloyatda zamonaviy tipdagi qurilish materiallari savdo komplekslarini tashkil etish, qurilish materiallari eksportini rivojlantirish orqali ushbu natijaga erishilishi dissertatsiya ishida keltirilgan.

Yüklə 277,2 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə