G. Q. Abdurahmanova


i.f.d., prof. M.A.Ikramov



Yüklə 277,2 Kb.
səhifə17/21
tarix30.12.2023
ölçüsü277,2 Kb.
#167582
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
Z.Usubjonov PKS bayoni1 (2)

i.f.d., prof. M.A.Ikramov: tayanch doktorant Usubjonov Zaxriddin Vasliddin o’g’lining 08.00.11 – Marketing ixtisosligi bo’yicha “Qurilish materiallari bozorini marketing konsepsiyalari asosida rivojlantirish” mavzusidagi dissertatsiya ishi bo’yicha birinchi rasmiy opponent sifatida iqtisodiyot fanlari doktori, professor Akramov Toxir Abiraxmanovichni tavsiya etaman.
i.f.d., prof. N.Q.Yo’ldoshev: tayanch doktorant Usubjonov Zaxriddin Vasliddin o’g’lining 08.00.11 – Marketing ixtisosligi bo’yicha “Qurilish materiallari bozorini marketing konsepsiyalari asosida rivojlantirish” mavzusidagi dissertatsiya ishi bo’yicha ikkinchi rasmiy opponent sifatida iqtisodiyot fanlari falsafa doktori, dotsent Raxmatov Ziyodulla Nosirovichni tavsiya etaman.
Rais: Berilgan taklif va tavsiyalarga asoslanib, tayanch doktorant Usubjonov Zaxriddin Vasliddin o’g’lining 08.00.11 – Marketing ixtisosligi bo’yicha “Qurilish materiallari bozorini marketing konsepsiyalari asosida rivojlantirish” mavzusidagi dissertatsiya ishi bo’yicha yetakchi tashkilot qilib Samarqand iqtisodiyot va servis instituti, rasmiy opponentlar etib, iqtisodiyot fanlari doktori, professor Akramov Toxir Abiraxmanovich va iqtisodiyot fanlari falsafa doktori, dotsent Raxmatov Ziyodulla Nosirovichlar belgilandi.
Usubjonov Zaxriddin Vasliddin o’g’lining 08.00.11 – Marketing ixtisosligi bo’yicha “Qurilish materiallari bozorini marketing konsepsiyalari asosida rivojlantirish” mavzusidagi 08.00.11 – Marketing ixtisosligida iqtisodiyot fanlari bo’yicha falsafa doktori ilmiy darajasi (PhD) ni olish uchun yozilgan dissertatsiyasi bo’yicha Ilmiy seminar quyidagicha xulosa qabul qildi.


ILMIY SEMINAR XULOSASI


Dissertatsiya mavzusining dolzarbligi va uning respublika ilmiy-tadqiqot ishlarining asosiy ustuvor yo’nalishlari bilan bog’liqligi. O’zbekiston qurilish materiallari sanoatini, savdosini va xizmatlarini jadal sur’atlarda rivojlantirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar ayniqsa, keyingi yillarda ishlab chiqilib, amaliyotda bajarilmoqda: sohada faoliyat yuritayotgan sanoat, qurilish, savdo va xizmat ko’rsatish korxonalar faoliyatini modernizatsiya qilish, ilm-fan yutuqlarini joriy etishga davlat tomonidan imtiyozlar berish, soliq yukini kamaytirish, eksport va import ishlari xarajatlarini bir qismini qoplab berish, kadrlar - mutaxassislarga bo’lgan talablarini to’laroq qondirish va boshqalarga sohada e’tibor kuchaymoqda. Jahon bozorlaridagi shiddatli raqobat muhitiga moslashish, zamonaviy qurilish materiallari ishlab chiqarishni, sotish va xizmat ko’rsatish jarayonlari samaradorligini oshirishga qaratilgan ilmiy tadqiqotlar keng qamrovli olib borilmoqda, natijada qurilish materiallari sanoati raqamlashmoqda, savdo va xizmatlar elektron tizimi yaratilmoqda. Sohaga sun’iy intellekt tizimini yaratish va joriy etish muammolari tadqiq etilmoqda. «O’zbekiston-2030» strategiyasida «Qurilish materiallari ishlab chiqarish hajmini 2 baravarga ko’paytirish va yangi turdagi energiya tejamkor materiallarini ishlab chiqarishni kengaytirish. Hududlarda 1 million xonadonli uy-joylar qurish…»; O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi PF-60 sonli «2022-2026 yillarga mo’ljallangan Yangi O’zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to’g’risida» gi farmonida mamlakatimizda qurilish materiallari ishlab chiqarish hajmini 2 barobarga ko’paytirish va 5 mlrd AQSh dollarlik loyihalarini amalga oshirish orqali qurilish materiallari sohasini yanada rivojlantirish dasturini ishlab chiqish vazifalari belgilandi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi «2022-2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasi toʻgʻrisida»gi PF-60-sonli farmoni, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 9-iyuldagi «Hududlarning sanoat salohiyatini oshirishga doir qo’shimcha chora-tadbirlar» to’g’risidagi PF-6244 sonli farmoni, 2021 yil 31-avgustdagi «Qurilish materiallari sanoatini qo’llab-quvvatlash chora-tabdirlari to’g’risida» PQ-5239 qarori, 2019 yil 20 fevraldagi PQ-4198-sonli «Qurilish materiallari sanoatini tubdan-takomillashtirish va kompleks rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida» qarori, 2019 yil 23 maydagi №PQ-4335-sonli «Qurilish materiallari sanoatini jadal rivojlantirishga oid qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida»gi qarorlari va mazkur sohaga tegishli boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishda ushbu dissertasiya tadqiqoti muayyan darajada xizmat qiladi..

Yüklə 277,2 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə