G. Q. Abdurahmanova


Tadqiqot natijalarining yangilik darajasi



Yüklə 277,2 Kb.
səhifə19/21
tarix30.12.2023
ölçüsü277,2 Kb.
#167582
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
Z.Usubjonov PKS bayoni1 (2)

Tadqiqot natijalarining yangilik darajasi. Tadqiqotning asosiy ilmiy yangiliklari quyidagilardan iborat:
-B2B bozorining o’ziga xos xususiyatlarini inobatga olgan holda, qurilish materiallarining xaridini amalga oshirishda mahsulotlarning sifati, yaroqlilik muddati, tovarlar reglamenti bo’yicha belgilangan standartlarga javob berishi, xom-ashyolar maxsus test loboratoriyalardan o’tkazilganligi kabi xususiyatlari asosida takomillashtirilgan;
-qurilish materiallari ishlab chiqarish, savdosi va qurilish xizmatlari raqobatbardoshligini yanada oshirishga imkoniyatlar yaratuvchi, yagona innovatsion - texnologik zanjirda faoliyat yurituvchi «NAMANGAN QURILISH MATERIALLARI VA XIZMATLARI» klasteri modeli ishlab chiqilgan;
-qurilish materiallari sadvo platformasi elektron axborotlar to’plash, tahlil qilish va foydalanish, yetkazib berish tizimi hamda ishlab chiqarish korxonalarining manzillarini kiritish asosida takomillashtirilgan;
-egri chiziqli matematik modellardan foydalanish asosida Namangan viloyatining qurilish materiallari bozoriga ta’sir etuvchi omillarning 2026 yilgacha prognoz ko’rsatkichlari ishlab chiqilgan.

  • Tadqiqot natijalarining ilmiy va amaliy ahamiyati.

Tadqiqot natijalarining ilmiy ahamiyati shundaki, qurilish materiallari bozori subyektlarining faoliyatida marketing tamoyillaridan foydalanish samaradorligini oshirish, unda zamonaviy bozorlar tendensiyalari talablarini inobatga olingan, zamonaviy klasterlashtirish modelini asoslab berilgani, elektron platformani joriy etish metodikasini ishlab chiqish bo’yicha takliflar tayorlanishi, qurilish materiallari savdosida zamonaviy xizmat turlarini ko’rsatishning taklif etilishining ilmiy – nazariy asoslarini boyitishda foydalanish mumkinligi bilan izohlanadi.
Tadqiqot natijalarining amaliy ahamiyati mamlakatimizda zamonaviy qurilish materiallari bozorini shakllantirish, unda xizmat ko’rsatish samaradorligini oshirish bo’yicha elektron tijorat - savdo faoliyatini rivojlantirish parametrlarini asoslashda hamda «B2B Marketing» , «Brendni boshqarish», «Internet marketing» fanlari bo’yicha keys-stadiylar, ma’ruzalar matni tayorlashda manba sifatida foydalanish mumkinligi bilan izohlanadi.

Yüklə 277,2 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə