G. Q. Abdurahmanova


Dissertatsiya ishining ixtisoslikka muvofiqligi



Yüklə 277,2 Kb.
səhifə20/21
tarix30.12.2023
ölçüsü277,2 Kb.
#167582
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
Z.Usubjonov PKS bayoni1 (2)

Dissertatsiya ishining ixtisoslikka muvofiqligi. Dissertant tomonidan ishlab chiqilgan xulosa va takliflar, erishilgan natijalar O’zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasining 08.00.11 – “Marketing” ixtisosligi pasportiga to’la mos keladi.
Dissertatsiya materiallarining muallif e’lon qilingan ilmiy ishlarda to’liq bayon etilganligi. Dissertatsiya mavzusiga doir jami 16 ta ilmiy ish, shu jumladan, Oliy attestatsiya komissiyasining doktorlik dissertatsiyalari asosiy ilmiy natijalarini chop etish tavsiya etilgan ilmiy nashrlarda 6 ta ilmiy maqola (shundan, nufuzli xorijiy jurnallarda 1 ta), xalqaro va respublika ilmiy-amaliy konferensiyalar tuplamlarida 9 ta ma’ruza tezislari, 1 ta o’quv qo’llanma nashr qilingan.
Ilmiy ish natijalarining joriy qilinishi. Qurilish materiallari bozorini marketing konsepsiyalari asosida rivojlantirish boʻyicha olingan ilmiy natijalar asosida:
B2B bozorining o’ziga xos xususiyatlarini inobatga olgan holda qurilish materiallarining xaridini amalga oshirishda mahsulotlarning sifati, yaroqlilik muddati, tovarlar reglamenti bo’yicha belgilangan standartlarga javob berishi, xom-ashyolar maxsus test loboratoriyalardan o’tkazilganligi kabi xususiyatlari asosida takomillashtirilgan uslubiy yondashuvdan magistratura talabalari va tadbirkorlar uchun «B2B marketing» fani bo’yicha yangi o’quv qo’llanma tayyorlandi va o’quv jarayoniga joriy etildi (O’zbekiston Respublkasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 18-avgustdagi 356-sonli buyrug’iga asosan «B2B Makreting» nomli o’quv qo’llanma nashr etildi.Natijada mazkur sohada faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar, magistratura talabalarining qurilish materiallari B2B bozori xususiyatlari bo’yicha yanada kengroq nazariy –uslubiy bilim va ko’nikmalar xosil qilish imkoniyati yaratilgan;
viloyatda qurilish materiallari ishlab chiqarish, savdosi va qurilish xizmatlari raqobatbardoshligini yanada oshirishga imkoniyatlar yaratuvchi, yagona innovatsion–texnologik zanjirda faoliyat yurituvchi «Namangan qurilish materiallari va xizmatlari» klasteri modeli bo’yicha taklif O’zbekiston qurilish materiallari sanoati korxonalari uyushmasi faoliyatiga joriy qilindi (O’zbekiston qurilish materiallari sanoati korxonalari uyushmasining 2023 yil 25 iyuldagi №05/13-1459-son ma’lumotnomasi). Natijada viloyatda faoliyat yuritayotgan qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi, qurilish ishlari amalga oshiruvchi hamda savdo korxonalari faoliyatiga ijobiy tas’ir ko’rsatishga erishilgan. Namangan qurilish materiallari sanoatini klaster strategiyasi asosida rivojlantirish imkoniyati yaratilgan;
qurilish materiallari sadvo platformasi elektron axborotlar to’plash, tahlil qilish va foydalanish, yetkazib berish tizimi hamda ishlab chiqarish korxonalarining manzillarini kiritish asosida takomillashtirish taklifi O’zbekiston qurilish materiallari sanoati korxonalari uyushmasi faoliyatiga joriy qilindi (O’zbekiston qurilish materiallari sanoati korxonalari uyushmasining 2023 yil 25 iyuldagi №05/13-1459-son ma’lumotnomasi).Natijada 2023 yilning 5 oyi davomida Namangan viloyatidagi «Quruvchi» XK da mahsulotlar sotuv hajmi 30 foizga oshdi va mijozlar soni 15 foizga ko’paydi, «Aktash global trade» XK da qurilish materiallari sotib olish harajatlari 35 foizga kamaydi va korxonada qurilish ishlari tannarxi pasayishiga erishilgan;
egri chiziqli matematik modellardan foydalanish asosida Namangan viloyatining qurilish materiallari bozoriga ta’sir etuvchi omillarning 2026 yilgacha bo’lgan prognoz ko’rsatkichlari ishlab chiqildi va O’zbekiston qurilish materiallari sanoati korxonalari uyushmasi faoliyatiga joriy qilindi (O’zbekiston qurilish materiallari sanoati korxonalari uyushmasining 2023 yil 25 iyuldagi №05/13-1459-son ma’lumotnomasi). Prognoz natijalariga ko’ra 2022-2026-yillarda Namangan viloyatida qurilish materiallari ishlab chiqarish, qurilish materiallari chakan savdo aylanmasi va qurilish ishlari hajmi 2,3 barobarga, aholi soni 1,1 barobarga, aholi jon boshiga umumiy daromadlar to’g’ri kelishi 1,5 barobarga o’sishi asoslangan.

Yüklə 277,2 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə