Ganchkorlik va yog’och o’ymakorligi san’ati va uning tarixi


Buxoro yog’och o’ymakorligi



Yüklə 0,7 Mb.
səhifə3/7
tarix11.12.2023
ölçüsü0,7 Mb.
#143806
1   2   3   4   5   6   7
Ganchkorlik va yog’och o’ymakorligi san’ati va uning tarixi

Buxoro yog’och o’ymakorligi
Buxoro yog’och o’ymakorligi – amaliy san’atning Buxoroda keng tarqalgan turlaridan biri. O’rta asrlarda barpo etilgan masjidlarning yog’ochdan yasalgan ustunlari, eshik va darvozalariga o’yilgan chiroylik naqshlar fikrimiz dalili bo’lib xizmat qiladi. Ayniqsa,Buxorodagi Shayx Sayfiddin Boxarziy (XIV asr) maqbarasidda yog’och o’ymakorligi namunalari g’oyat murakkab va nafisdir. Xo’ja Zayniddin va Baland masjidlari (XVI ars) hamda Baxouddin Naqshband majmuasidagi ayvon shiftlari va ustunlari, Baloxovuz masjidi ayvoni (XX asr)dagi yog’och o’ymakorligi namunalari Buxoro o’ymakorlik maktabining XVIII – XX asrlarda nihoyatda rivojlanganligidan darak berib turipdi.
Mustaqillik yillarida, Buxoroda hunarmandchilikning barcha turlari qatorida,yog’och o’ymakorligi ham rivojlanmoqda. Buugungi kunda yog’och o’ymakorligi an’analarini qayta tiklashda Shvakat Ashurov , Shonazar Jumayev va Akmal Muxiddinov kabi hunarmandlar jonbozlik ko’rsatib kelmoqdalar. Ular Bahouddin Naqshband majmuasida o’z san’atlarini yaqqol namoyon etishdi. Chinor daraxti yog’ochidan ishlangan darvoza, yog’och eshik va ustunlarda sirli naqshlar muxrlangan. Buxoro shahrida qurilgan yangi binolarda ham ular tomonidan tayyorlangan yog’och o’ymakorligi durdonalari savlat to’kib turipdi.
 
Ganch san’ati haqida 9 ta fakt
 
 

Начало формы
Конец формы
09:04 / 14.04.202202785
O‘zbek zamini qadimdan o‘zining boy madaniy merosi, boqiy an’analari, xalq amaliy san’ati bilan jahonga mashhurdir. Ayniqsa, hunarmandchilikning yog‘och o‘ymakorligi yo‘nalishida yaratilgan durdona asarlar necha asrlardan beri o‘z qadr-qimmatini yo‘qotgani yo‘q. Hunarmand Akmal Azlarov yog‘och o‘ymakorligida turli buyumlarni tayyorlashda va ularga murakkab naqsh tushirishda asosan yong‘oq daraxti yog‘ochidan foydalanadi. Ustaning aytishicha, undan yasalgan lavh, qalamdon, quticha, lagan, shuningdek, ro‘zg‘or va esdalik buyumlari xaridorgir va sifatli hisoblanar ekan.
 

 
1. Yog‘och o‘ymakorligi hunari ustadan bir qancha sohalarni mukammal o‘rganishni talab etadi. U yog‘och sifatini yaxshi biluvchi texnolog, tajribali duradgor, mahoratli naqqosh, matematikadan yetarli bilimga ega bo‘lishi kerak. Yog‘och o‘ymakorligida biror buyum tayyor holga kelgunicha yog‘och bir nechta murakkab bosqichlardan o‘tadi.
 

 
2. Ushbu san’atda qayrag‘och, archa, yong‘oq, tut, o‘rik, chinor, tol, terak daraxtlari yog‘ochidan ko‘proq foydalaniladi. Chunki ularning tarkibida smola (qatron) ko‘p bo‘lib, tezda chirimaydi, taxtasi to‘g‘ri va uzun, silliq bo‘lib, ishlov berish oson. Ayniqsa, yong‘oqdan yasalgan jihozlar suvga, turli ob-havoga chidamliligi sababli uzoq yillar xizmat qiladi. Odatda tajribali ustalar ishlov berish uchun kungay joyda o‘sgan va kam butoqli daraxtni tanlashadi. Butog‘i(ko‘zi) katta yog‘ochlardan tayyorlangan buyumlar yillar o‘tib yorilib ketishi mumkin.
 

 
3. Yog‘och ikki xil uslubda: g‘o‘la yoki maxsus uskunada o‘lchab kesilgan holda bo‘ladi. Rangi bir xilda ko‘rinishi, turli chiqindilardan tozalanishi uchun yog‘och uch oydan olti oygacha suvda saqlanadi. So‘ngra olti yildan o‘n yilgacha shaxmat ko‘rinishida soya joyga taxlab qo‘yiladi. O‘ymakorlikda eng muhimi, yog‘ochni e’tibor bilan quritish hisoblanadi. Bugungi kunda ba’zi hunarmandlar yog‘ochni xorijdan keltirilgan maxsus pechlarda quritishmoqda.
 

 
4. Me’yorida quritilgan yog‘ochdan buyum yasash uchun kerakli o‘lchamdagi taxtalar kesiladi va ular biriktirib yelimlanadi. So‘ngra yarim tayyor buyum yuzasi mayda qumli jilvir qog‘ozda silliqlanadi va baxmal mato bilan artiladi. Yog‘ochlar oralig‘ida qirindi yoki bo‘shliq qolmasligi kerak. Ishning murakkabligiga qarab, hunarmand bitta san’at asarini yaratish uchun ikki haftadan ikki oygacha vaqtini sarflaydi.
 

 
5. Dastlab, usta qattiq va qalin qog‘ozga mo‘ljallangan buyum o‘lchami asosida naqsh andozasini chizadi va eskizni maxsus xitoy qog‘oziga ko‘chiradi. So‘ngra naqshlar ustidan igna yordamida birma-bir nuqta teshadi. Xitoy qog‘ozini buyumga yopishtirib, matoga o‘ralgan ko‘mir kukunini uning ustidan ishqalab chiqadi. Natijada yog‘och yuzasida naqsh hosil bo‘ladi. O‘ymakorlik ishlari nihoyasiga yetgach, buyum ikki marta loklanadi.
 

 
6. Yog‘och o‘ymakorligida “islimiy” (o‘simliksimon ya’ni barg, gul, novda tasvirlaridan hosil qilingan kompozisiya), "pargori" (yog‘ochga sirkul yordamida chizilib, keyin o‘yiladigan naqsh turi), "bag‘dodi" (turli geometrik shakllar yig‘indisidan iborat naqshlar jamlanmasi) uslubida eshik, ustun, panjara va xontaxtalarga bezak beriladi. Naqsh qanchalik ehtiyotkorlik va did bilan ishlansa, buyum nafis va bejirim chiqadi. Naqsh mujassamotida girih va islimiy naqshlar hamohang ishlatiladi, mustaqil ravishda girih kamdan-kam hollarda qo‘llaniladi
 

 
7. Yog‘och o‘ymakorligi san’atida 50 dan ortiq maxsus asboblardan foydalaniladi. Jumaladan, kurakcha iskana, nova iskana, to‘g‘ri iskana, zamin iskanalar, chekma iskana, xovza iskana, morpech iskana, gurzi va boshqalar. Naqsh zamini o‘yib bo‘lingandan so‘ng gurzi bilan chakichlab chiqiladi.
 

 
8. Yurtimizda yog‘och o‘ymakorligining o‘ziga xos yo‘nalishlari mavjud. Masalan, xivalik hunarmandlar yasagan buyumlarda yog‘ochning tabiiy rangi saqlab qolinadi. Yuzasi va zamini lok va zig‘ir yog‘i bilan bo‘yaladi. Buxoro o‘ymakorligi esa jimjima naqshlari, zaminida ranglardan foydalanishi bilan ajralib turadi. Qo‘qonlik ustalar naqshni bo‘rtmali, pargori uslubida solishadi. Binolarni bezashda xususan, eshik va ustunlarga yirik, chuqur naqsh o‘yishadi. Ustalar o‘yilgan relyefning yuziga to‘qroq rang berib, keyin loklaydilar.
 

 
9. Toshkent yog‘och o‘ymakorligi maktabida naqshlar bir-ikki, ba’zan uch qavatli uslubda o‘yiladi. Endilikda toshkentlik ustalar tayyorlagan buyumlar kompozisiyasida o‘simliksimon, geometrik, gulli girih bilan bir qatorda ramziy ma’noni anglatuvchi tasvirlar paydo bo‘ldi. Toshkent yog‘och o‘ymakorligi boshqa viloyatlarnikidan o‘simliksimon naqsh novdalarining egiluvchan ishlanishi, mayda va zichligi, zaminining kamligi bilan ajralib turadi.

Mamlakatimiz xududida tasviriy san’at va amaliy san’at
bilan uyg’un xolda rivojlangan. Davr o’tib, diniy qarashlarning o’zgarishi
natijasida tasviriy bezak san’atida inson, jonzotlar tasviridan foydalanish muayyan
darajada to’xtab, uning o’rniga naqqoshlikning ganch, tosh va yog’och
o’ymakorligi kabi turlaridan foydalanilgan. Bu esa naqqoshlikning xamda islimiy
uslublarning rivojlanishiga, ustalarning tasavvuri, dunyoqarashlari va ilm
saloxiyatlari-yu – tajribalari o’sib, badiiy kompozitsion jihatdan mukammal asarlar
yaralishiga saba bo’lgan.
XIII asrda ganchkorlik juda rivojlangan. Bunga Afrosiyobda topilgan
ganch o’ymakorlik ishlari misoldir. XIV-XVIII asrlarda xam binolarning ichki
qismlarini bezatishda ganchkorlik san’atidan foydalanilgan. Ganchkorlikning
gullab-yashnagan davri XVIII asr oxiri - XIX asr boshiga to’gri keladi. Bu
davrda uz ishining ajoyib ustalari yetishib chiqqan. Abduraxim Noyotov, Usta
Murod, Usta Fuzayl, Usta Nosir, Usta Xayot Nosirov, Usta Xoji Xafiz, Usta
Nasrulloboy, Usta Abdujalil, Usta A’zim, Usta Omonulla, Usta Botir, Usta
Ibroxim, Usta Sarfi, Usta Abdufattox va boshqa ganchkorlar o’z davrining
mohir ustalaridir.
XX asr boshiga mansub ishlarda o’yma relyefli, juda mayin uslub
texnikasini ko’rishimiz mumkin. Ularda rangli ganchlar, bo’yoqlar, naqsh va
tasvirlar qo’llangan.
1913-1914 yillarda Buxoroda amir Axadxon tomonidan Sitorai Moxi Xosa
qurildi. “U ganch uymakorligi bilan bezatilib, o’z davridagi ganch
o’ymakorligining yorqin namunasi deya e’tirof etiladi. Buni, ayniqsa, “Oq uy”
(mexmonxona) oyna ganch o’ymakorligida bajarilganligini ko’rish mumkin. U
o’zining nozikligi, jimjimador bezatilishi bilan ajralib turadi. Mazkur saroyning
bezak ishlarini Usta SHirin bajargan. U o’sha davrda eng ko’zga ko’ringan
ganchkor ustalardan edi”. Bu davrda ganchkorlikka aloxida e’tibor qaratilgan.
1918-1920 yillarda xunarmandlar qo’mitasi, Toshkentda o’lkashunoslik,
xunarmandlar tashkiloti, o’quv namunaviy ustaxonalar va xunarmandlar ishlari
bo’yicha muzey tashkil etildi. Uzbekistan xunarmandlari o’z ishlari bilan 1937
yilda Parijda “San’at va texnika xozirgi kunda” nomli ko’rgazmada ishtirok etib,
2 ta “Gran pri”, 2 ta kumush va 1 ta oltin medal bilan mukofotlandilar.
Uzbekistonda o’ziga xos ganchkorlik maktablari mavjud bo’lib, shulardan
biri Xorazm ganchkorlik maktabidir. Xorazm ganchkorligida geometrik
naqshlarga aloxida e’tibor beriladi. U shu jixat bilan boshqa viloyatlar
ganchkorligidan ajralib turadi. Masalan, Xorazm ganchkorligida o’simliksimon
naqshlarning spiral shaklda aylanma xarakatlanishi, dinamikligi yaqqol seziladi.
Islimiy naqshlar ko’pincha yaxlit turunj madoxil qalampir va bodomga o’xshash
tanob shakllarining takrorlanishidan hosil bo’ladi. Ba’zan turunj madoxilli
tanoblar o’rniga yulduzsimon girixlar xam ishlatilgan. Islimiy naqshlarda novda
juda ko’p uchraydi va bundan tashqari, marg’ula, barg, shkufta, oyul, no’xotgul,
kurtak va g’unchalar ko’p qo’llaniladi.
Xiva ganchkorligining xarakterli jixatlaridan yana biri naqshlarning
erkinligi, xarakatchanligi va jo’shqinligidir. Bu maktab naqqosh ustalari
ko’pincha ko’k va yashil ranglardan foydalanishgan.
Buxoro ganchkorlik san’ati eng rivojlangan maskandir. Buxoro
ganchkorligi o’yma naqshlarning o’ziga xos mayinligi, jozibadorligi va boshqa
jixatlari bilan ajralib turadi.
Toshkent ganchkorlik maktabi xam san’atning bu turida o’ziga xos o’rin
egallaydi. U naqshlarining nozikligi, aniq simmetrik taqsimlanishi, egaligi,
jozibadorligi bilan ajralib turadi.
Samarqand dunyoga mashxur qadimiy shaxarlardan biri bo’lib, u yerda
ishlangan naqshlarning xar biri o’ziga xos maktabga ega. Boshqa ganchkorlik
maktablarining naqshlari tuzilishi jihatidan Toshkent naqshlariga o’xshab ketadi.
O’zbekistan me’morchiligida o’ziga xos o’rin tutgan Toshkent shaxridagi
Kurant binosi me’mor A. Muxamedshin boshchiligida 1947 yilda qurilgan. Bu
binoni bezashda buxorolik Usta SHirin qatnashgan.
Vatanimiz me’morchilshida aloxida o’rin egallagan O’zbekistan Davlat
opera va balet katta teatri 1947 yili akademik arxitektor Aleksey SHusevning
loyihasi va raxbarligi ostida qurib bitkazildi. SHusev O’zbekistan viloyatlaridagi
ganchkor ustalarni bir joyga yig’ib, muxim vazifani bajarish, ya’ni teatrning
zallarini xar bir viloyatning o’ziga xos milliy uslubida bezash xamda bezalgan
xonalar teatrning arxitektura badiiy obraziga mos tushushi kerakligi xaqidagi
masalani qo’ydi. Buning natijasida teatrning Xiva, Termiz zallari qadimda
ishlatilgan ganchkorlik uslubida ishlandi. Buxoro, Toshkent, Farg’ona va
Samarqand zallari esa zamonaviy xalq an’anasiga mos ganch o’ymakorligi bilan
bezatildi.
Har qanday binoni bezashda avval uning tuzilishiga mos ganch o’ymakorligi
turlarini tanlash, qo’llash muxim axamiyatga eta. Kichik xonalarga mayda tekis
o’yma va unga mos pardoz turi, katta mexmonxonalarga esa yirik yoyma va
o’ziga xos ganch o’ymakorligi qo’llaniladi.
Ganch o’ymakorligining yirik o’yma, chuquro’yma, yassi o’yma, qirma
zaminli ko’zguli o’yma, zamini rangli o’yma, chizma pardoz, panjarasimon
o’yma, zanjira, xajmli o’yma turlari mavjud. Bundan tashqari, ganch
uymakorligi zaminli va zaminsiz o’ymalarga bo’linadi. Ular orasida eng ko’p
qo’llaniladigani yassi o’ymadir. U interyerda ko’p qo’llaniladi. Uncha katta
bo’lmagan xonalarda o’ymasining chuqurligi 1-1,5 sm bo’lgan, unga xar xil
pardoz turlari ishlatiladi. O’yma naqshlarning zamini umumiy yuzaning 30-60
foizini egallaydi. Unga joyga moslab pax pardoz, choka pardoz, lo’la yoki
tabaqa pardoz beriladi. Qirma o’yilgan joylar rangli ganch qorishmasi bilan
to’ldiriladi.
Ganch o’ymakorligi bino, inshootlarning tashqi va ichki tomonini bezashda
qo’llaniladi. Xozirgi paytda san’atning bu turi xam zamonaviy ko’rinishda
namoyon bulmoqda. Interyer dizayni rivojlanib, milliylik ruxidagi uslublarni
yaratishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Amaliy san’atning boshqa turlari bilan
xamoxang tarzda ganchkorlikning yangi turlari va yunalishlari kashf etilmoqda.
San’atning bu yo’nalishi o’zining betakrorligi, maxobatli va jozibador ko’rinishi
bilan ulug’vorlik kasb etib, kishilarda xayrat va zavq uyg’otadi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Mirziyoev SH.M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan
birga quramiz. - T.: O’zbekistan, 2017. - 488 b.
2. Mirziyoev SH.M. Tanqidiy taxlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy
javobgarlik - xar bir raxbar faoliyatining kundalik qoidasi bo’lishi kerak.-
T.:O’zbekiston, 2017.-1046.
3. Xudoyberdiyev, M. (2021). “Manzara rangtasvirini” o ‘qitishda
talabalarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishning usullari. Журнал
музыки и искусства, 2(2).
4. Xudoyberdiyev, M. (2021). Umumiy o ‘rta ta’lim tizimida tasviriy san’at o
‘quv fanini o ‘qitishning ahamiyati. Физико-технологического
образование, (5).
5. Жабборов, А. Ж., & Пардаев, Б. А. (2020). Обучение в рамках
технологического и трудового образования. Научное знание
современности, (1), 19-22.
6. Pardayev, B. (2020). Ўқувчиларни касб-ҳунарга йўллаш
технологияларини ишлаб чиқиш ва ўқув-тарбия жараёнига татбиқ
этиш. Журнал музыки и искусства, 1(1).
7. Kholmuratovich, M. K., Mardanqulovich, A. S., Ravshanovich, J. R.,
Sharifovna, K. U., & Shodiyevna, B. O. (2020). Methodology of Improving
Independent Learning Skills of Future Fine Art Teachers (On the Example
of Still Life in Colorful Paintings). International Journal of Psychosocial
Rehabilitation, 24(05).
8. Khudoynazarova, O. Oliy pedagogik ta’limda talabalarga inson portretini
tasvirlashda plastik anatomiyaning nazariy asoslari.
9. Boltaboevich, B. B., & Ogiloy, K. (2008). Master of historical portrait genre,
a teacher who created a school in the field of fine arts people's artist of
Uzbekistan professor Malik Nabiev (1906-2008).

Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə