Ganchkorlik va yog’och o’ymakorligi san’ati va uning tarixi


MAMLAKATIMIZNING TURLI HUDUDLARIDA GANCHKORLIK



Yüklə 0,7 Mb.
səhifə5/7
tarix11.12.2023
ölçüsü0,7 Mb.
#143806
1   2   3   4   5   6   7
Ganchkorlik va yog’och o’ymakorligi san’ati va uning tarixi

MAMLAKATIMIZNING TURLI HUDUDLARIDA GANCHKORLIK
SAN'ATININING RIVOJLANISH TARIXI
“Tasviriy san‘at va muhandislik grafikasi” kafedrasi I-kurs magistiri NavDPI
ANNOTASIYA
Ushbu maqolada ganchkorlik san’atining mamlakatimizda rivojlanish tarixi va
Respublikamizning turli hududlariga oid turlarini shakillanishi hamda bu borada turli
hududlarning o‘ziga xos turlarini yaralishiga hissa qo‘shgan ustalarning hayoti va ijodi
haqida fikr boradi.
Kalit so’zlar: Ganchkorlik, naqshlar, san’at, badiiyli, obidalar, qurish, bezatish,
maqbara, ganch, o‘ymakorlik, o‘yma ganchlar, mayinlik, jozibadorlik, me’morchilik,
geometrik, naqshlar, binolar, bezash, tuzilish.
Ota-bobolarimiz qadimiy obidalarni nafis naqshlar bilan bezar ekanlar, zavq olish
bilan bir qatorda, ular orqali o‘z orzu-umidlarini, muhabbatlarini, tilaklarini aks
ettirganlar. Naqqosh ota-bobolarimiz inson ruhiyatini chuqur va har taraflama o‘rganib,
uylarni ajoyib naqsh-nigorlar bilan bezaganlar. Naqshlangan uyda kishilar xotirjam,
ruhiy osoyishtalik og‘ushida bo‘lishi, uzoq umr ko'rishini donishmand bobolarimiz
asrlar davomida, hayotiy tajriba asosida ilg‘aganlar. Keksa ustalarimizning aytishicha,
qadimda naqqoshiik san’ati shunchalik rivojlangan ekanki, ular chizgan yoki bo‘yagan
naqshlari orqali birbirlari bilan unsiz gaplasha olar ekanlar. Naqsh san’ati tilini
tushunish uchun naqshning har bir elementi va ranglarining ramziy alifbosini bilish
kerak bolgan.
Ganchkorlik qadimiy san’at turlaridan biridir. U Sharq mamlakatlari, xususan,
0‘rta Osiyo, Eron, Turkiya, Arabiston, Afg‘oniston va boshqa mamlakatlarda taraqqiy
etgan. Ayniqsa, 0‘rta Osiyoda yaratilgan asarlar badiiyligi, kompozitsiyasi va ishlanish
uslubi bilan farq qiladi. Ganch naqshlar O'zbekistondagi ko‘pgina obidalarga
ko‘rkamlik, go‘zallik baxsh etib turibdi. U Samarqand, Buxoro, Toshkent, Qo‘qon,
Marg‘ilon, Xiva, Shahrisabz va boshqa shaharlardagi tarixiy obidalarni qurish va
bezatishda ishlatilgan.
Ganch o‘ymakorligi san’ati asrlar davomida rivojlangan. Bu san’atning qadimgi,
o‘rta asrlardagi va XX asrdagi rivoji bir-biridan ancha farq qiladi. Qadimgi ganch
o‘ymakorligi hajmiy bo‘lib, unda realistik tasvir ustunlik qiladi. Ularda, ko‘pincha,
odamlar, hayvonlar, qushlar tasvirlangan. Eramizning birinchi asrlaridayoq kishilar
ganchning ajoyib xususiyatga ega ekanligini bilib saroylar va boshqa joylarni bezay
boshlaganlar.
Varaxshadan VII—VIII asrlarga oid ganch o‘ymakorligi namunalari topilgan.
Ularda qushlar, hayvonlar, baliqlar, o‘simliksimon va geometrik shakllar tasvirlangan.
X—XI asrlarda naqqoshlik, yog‘och, tosh va ganch o'ymakorligi yanada rivojlandi.
Murakkab abstrakt tasvirni aks ettiradigan naqshlar paydo bo‘ldi. Ganch o'ymakorligi
ishlari uyning ichki va nam tegmaydigan tashqi qismida ham qo‘llanildi. Termiz
maqbaralaridagi ganch o‘ymakorlik san’atirii o‘sha davrning yuqori cho‘qqisi desa
bo‘ladi.
XIII asrda ganchkorlik san’ati yanada yuksaldi. Bunga Afrosiyobdan topilgan
ajoyib ganch o‘ymakorligi ishlari misol bo‘la oladi. XIV-XVIII asrlarda ham
binolarning ichki qismlarini bezatishda ganchkorlik san’atidan foydalanilgan.
Ganchkorlikning gullab-yashnagan davri XVIII asrning oxiri XIX asrning boshlari
bo‘ldi. XIX—XX a srlard a buyuk ganch o‘ymakorlaridan Abdurahim Hayotov, Usta
Murod, Usta Fuzayl, Usta Hayot Nosir, Usta hoji Hafiz, Usta Nasrulloboy, Usta
Abdujalil, Usta Azim, Usta Omonullo, Usta Shamsiddin G ‘ofurov, Usta Ibrohim, Usta
Savri, Usta Abdufattoh va boshqalar faoliyat ko‘rsatdilar. XX asr boshlaridagi ishlarda
o‘yma relyefli mayin uslub paydo bo‘ldi. Rangli ganchlar, bo‘yoqlar, naqsh va tasvirlar
qo‘llanila boshladi.
0‘zbekistonda o‘ziga xos ganchkorlik maktablari mavjud bo‘lib, har – bir
hududning alohida uslublari bo‘lgan va bu uslublar bir-biridan tubdan farq qilgan.
Shulardan biri Xorazm ganchkorlik maktabidir. Xorazm me’morchiligida
geometrik naqshlarga keng o ‘rin berilgan bo‘lib, ular boshqa viloyatlarga qaraganda
o‘ziga xosligi bilan ajralib turadi. Ayniqsa, o‘simliksimon naqshlar spiral shaklida
aylanmaligi, dinamikligi bilan farq qiladi.Islimiy naqshlar ko‘pincha yaxlit-yaxlit
turunj, madohil, qalampir, bodomga o‘xshash tanob shakllarining takrorlanishidan hosil
bo'ladi. Ba’zi hollarda turunj, madohil tanoblari o‘rniga yulduzsimon girihlar ham
ishlatiladi. Islomiy naqshlarda novda juda ko‘p ishlatilib, marg‘ula, barg, uch barg,
shukufta, oygul, no‘xot gul, kurtak va g‘unchalar ko‘p qo‘llaniladi. Xiva
ganchkorligidagi eng xarakterli tomonlardan biri naqshlarning erkin va harakatchanligi,
jo‘shqinligidir. Bu maktab ustalari naqshlarni ko‘p hollarda ko‘k va yashil rang bilan
bezaganlar. Ro‘zimat Masharipov, Karimbergan Rahimov, Karimbergan Polvonov,
Yusuf Xudoyberganov, Bekjon Yoqubov, Odamboy Bobojonov, Odamboy Yoqubov
kabilar Xorazm ganchkorlik maktabi namoyandalaridir.
Agar ganchkorlikga chuqurroq nazar soladigan bo‘lsak Buxoro ganchkorlik
maktabi bu sohada eng mashhuri desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Buxoro maktabi ishlari
o‘yma ganchlarning yirikligi, mayinligi, jozibadorligi va boshqa tomonlari bilan ajralib
turadi. Buxoro ganchkorlik maktabining eng yirik namoyandalaridan biri akademik Usta
Shirin Murodovdir. Buxorolik Usta Safar, Usta Adis, Usta Savri, Usta Isom, Usta
Ikrom, Usta Jo‘ra, Usta Qurbon Yo‘ldoshev, Usta Ibrohim Hafizov, U sta Nazrullo
Yodgorov, Usta Hayot Nosirov va boshqa qator ustalarni sanab o‘tishimiz mumkin.
Toshkent ganchkorlik maktabi ham o‘ziga xos birqancha abzalliklarga ega. Bu
maktabga xos, boshqalarning ishlarida uchramaydigan naqshlar nozikligi, aniq
simmetrik taqsimga egaligi, jozibadorligi bilan ajralib turadi. Toshkent ganchkorlik
maktabi namoyandalari safida Usmon Ikrom ov, Toshpo‘lat Arslonqulov, Mahmud
Usmonov, Anvar Po‘latov, Mirmahmud Rahmatov, aka-uka Abdurahmon va Mo‘min
Sultonovlar, Hayot Abdullayev, Ziyodulla Yusupov, Umar Tohirov, Mirvohid
Usmonov kabi qator yetuk ustalarni misol keltirish mumkin.
Samarqand butun dunyoga mashhur eng qadimiy shaharlardan biri bo‘lib, u yerda
ishlangan naqshlarning har biri o‘ziga xos. Samarqand ganchkorlik maktabi
namoyandalari Usta Anvar Quliyev, Usta Tursunboy Ismoilov, Sharnsiddin G ‘ofurov,
Quli Jalilov va qator buyuk ustalarni sanab o‘tish mumkin.
Yuqorida misol keltirgan maktablarimizning asoschilari hamda shogirtlari
tomonidan, binolarning katta-kichkligi, xizmat qilish sohasi va boshqa jihatlariga qarab
turlich va bir-birini takrorlamaydigan ganchkorlik uslublari yaratilgan.
Har qanday binoni bezashda avval uning tuzilishiga mos ganch o‘ymakorligi
turini tanlash, qo‘llash muhim ahamiyatga ega ekanligi ahamiyatli. Masalan kichik
xonaga mayda tekis o‘yma va unga mos bo‘lgan pardoz turi, katta xonalarga esa yirik
o‘yma va shunga mos naqsh qo‘llanilgan. Respublikamizdagi 1950 yillargach bo‘gan
davirda qurilgan inshoatlarga e’tibor qaratsak ganch o‘ymakorligining yirik o‘yma,
chuqur o‘yma, yassi o‘yma, qirma, zamini ko‘zguli o‘yma, zamini rangli o‘yma, chizma
pardoz, panjarasimon o‘yma, zanjir, hajmli o‘yma turlaridan foydalanilganligini
kuzatish mumki.
Yuqoridagilardan shunday xulosa qilish mumkinki O‘zbekistonda ganchkorlik
san‘atining tarixi va uning rivoji uzoq utmishdan boshlanib hozirgi kungacha davom
etib takomillashib kelayotgan san‘at turlaridan biri bo‘lib, bu borada hali chuqur
izlanishlar olib borish zarurligini anglatadi. Biz yoshlar bu san‘at turini chuqurroq
o‘rganadigan bo‘lsak, zamonaviy binolarning qurilishida ham undan keng foydalanish
mumkin deb hisoblayman.
Qadim zamonlarda qayerda markazlashgan davlat shakllangan bo‘lsa, shu joyda hunarmandchilik, ilm-fan, san’at gurkirab rivojlangan. Yangi-yangi saroylar, uy-joylar, madrasa, masjidlar qurilgan, albatta ularni qurganda binoni mustahkamligini, go‘zalligini oshirish maqsadida ustunlar, darvozalar, eshiklar yog‘ochdan ishlangan. Ularning ko‘pchiligi naqshinkor bo‘lib bugungi kungacha kishilarni hayratga solib kelmoqda. XIX asr boshlarida Xiva xonligi taxtiga Qo‘ng‘irot sulolasi vakillari kelganlaridan keyin Xiva shahrini qayta qurish ishlari boshlanib ketdi va shaharda bir talay yangi inshootlar barpo qilindi. Xiva xonlari va amaldorlari tomonidan qurilgan binolarni Xorazmning yog‘och o‘ymakor ustalari o‘zlarining chiroyli, ulug‘vor ustunlari va bejirim darvoza hamda eshiklar, panjaralari bilan bezaganlar. Bu san’at asarlarini yaratgan ustalar o‘z davrida nomlari doston bo‘lgan insonlar bo‘lib, ularning ishlarini hozirda farzandlari hamda shogirdlari davom qildirmoqdalar.
XIX asr boshlarida Xiva xonligi taxtiga Qo‘ng‘irot sulolasi vakillari kelganlaridan keyin Xiva shahrini qayta qurish ishlari boshlanib ketdi va shaharda bir talay yangi inshootlar barpo qilindi. Xiva xonlari va amaldorlari tomonidan qurilgan binolarni Xorazmning yog‘och o‘ymakor ustalari o‘zlarining chiroyli, ulug‘vor ustunlari va bejirim darvoza hamda eshiklar, panjaralari bilan bezaganlar. Bu san’at asarlarini yaratgan ustalar o‘z davrida nomlari doston bo‘lgan insonlar bo‘lib, ularning ishlarini hozirda farzandlari hamda shogirdlari davom qildirmoqdalar. XIX asrda yaratilgan me’moriy inshootlardagi san’at asarlarida quyidagi yog‘och o‘ymakor ustalarning ismlari har zamonda islimiy naqshlar orasida uchrab turadi. 
Mashhur xalq ustasi koshinpaz, naqqosh Abdulla jin Shayxlar qishlog‘idan, Masharif naqqosh Mevaston mahallasidan, Matkarim naqqosh, Momit o‘rachi va o‘g‘illari Bolta o‘rachi, Xo‘ja o‘rachi, Abdurahmon usta Matkarim usta o‘g‘li (Sapo Bog‘bekovni bobosi), Ota Polvonov, Bog‘bek Abdurahmonov kabi ustalar o‘z hunarlari ila xon va uning amaldorlari tomonidan qurilgan inshootlardagi darvoza, eshik va ustunlarni qalb qo‘rlari ila yaratganlar. Qadim Xorazmda har bir usta yog‘och o‘ymakorligining ma’lum bir sohasi bo‘yicha ijod qilgan. Masalan: – mashhur ustalar avlodidan bo‘lgan Safo Bog‘bekov, otasi Bog‘bek Abdurahmonov, bobosi Abdurahmon Matkarimovlar faqat qo‘shtabaqali o‘yma darvoza va eshiklar ishlash bilan shug‘ullanganlar, ustalardan Momit o‘rachi va uning o‘g‘illari Bolta, Xo‘ja o‘rachilar faqat naqshinkor ustunlar ishlaganlar, Xivaning mashhur xalq ustasi Ota Polvonov ko‘pincha o‘ymakor ustun ishlab, ayrim vaqtlardagina qo‘shtabaqali eshiklar yasagan, Shayxlar qishlog‘ida yashagan mashhur xalq ustasi Abdulla jin bir vaqtda o‘ymakor ustunlar uchun tut va gujum daraxtlaridan ustun tagliklari hamda koshinpazlik, naqqoshlik san’ati bilan shug‘ullangan. Yog‘och o‘ymakorligi bilan shug‘ullanadigan ustalar naqqoshlar bilan hamkorlik qilib takrorlanmas san’at asarlarini yaratganlar. 
Deshon qal’aning Mevaston mahallasida yashovchi Masharif naqqosh ustun va ustun tagliklari uchun “ulgi” lar chizgan, Ichon qal’alik naqqosh Abdulla Boltaev bir vaqtning o‘zida qo‘shtabaqali darvoza, eshik, ustunlarga ulgilar chizib qolmasdan sangtaroshlar va ganchkorlarga ham islimiy va gireh naqshlarni Xorazmni aylanma naqshlari bilan uyg‘unlashtirib ulgilar chizib bergan. Mashhur xalq ustasi Ota Polvonov shogirdi Sapo Bog‘bekov bilan birgalikda naqqosh Abdulla Boltaev ulgisi asosida 1937 yilda ustun tayyorlagan, ushbu ustun Parijdagi xalqaro ko‘rgazmaga yuborilgan va yuqori baho olgan (oltin medal va 1-darajali diplom bilan taqdirlangan).
Ota Polvonov 1867 yilda Xivaning Gandimyon qishlog‘ida quruvchi usta Polvon oilasida tug‘ilgan. Uning bobosi Abdusattor va otasi Polvonlar o‘z zamonasining qo‘li gul ustalari bo‘lib, bir talay hunarlarni (quruvchilik, yog‘och o‘ymakorligi, duradgorlik, ganchkorlik) rivojlantirib, xalq xizmatiga ko‘plab shogirdlarni yetkazib berganlar. Ularning qadoq qo‘llarida sayqal topgan qo‘shtabaqali darvozalar, eshiklar, kichik va ulug‘vor o‘ymakor ustunlar bugungi kunda ham ularga tikilgan ko‘zlarni hayratga solib xorazmlik ustalar san’atini naqadar betakror ekanligini yana bir bora isbotlab turibdi. Ota Polvonov 13-15 yoshlarga kirganda yog‘och o‘ymakorligi sirlarini bobosidan o‘rgana boshlagan. Keyinchalik katta-katta qurilishlarda ustalarni yonlarida yurib usta bo‘lib etishgan. U yog‘och o‘ymakorligida juda ko‘p naqsh turlaridan foydalanib, takrorlanmaydigan naqsh kompozitsiyalarini yaratgan. 
Ota Polvonov o‘z ijodiy faoliyati davomida “besh qirrali”, “turunj”, “qo‘shtanop” naqshlar va aylanma cheksiz naqshlar ustida ish olib borgan hamda bu naqshlarni o‘z joyida o‘z vaqtida qo‘llab bilgan. 1935 yilda Xiva shahrida ochilgan “Umid” arteli qoshida naqqoshlik, o‘rachilik tsexi ochilib, unga Abdulla Boltaev va o‘rachilarning bosh ustasi Ota Polvonovlar boshchilik qilganlar, shu orada ularga Toshkentdan nodir bir ustun ishlash to‘g‘risida taklif kelgan, ustun naqshini Abdulla Boltaev tayyorlab, qolgan ishlarni Ota Polvonov ishlagan. 1943 yilda Toshkentdan injener-quruvchi S.N.Polupanov kelib “Umid” arteli bilan shartnoma tuzib, Alisher Navoiy teatri uchun o‘yma narvon (zinapoya), eshik va boshqa naqsh ishlarini buyurgan. Bu ishlarni naqshlari Abdulla Boltaev qo‘lidan chiqqan. Ota Polvonov va uning shogirdlari Dadajon Abdullaev, Sapo Bog‘bekov, Xo‘ja Ahmad Ollaevlarning samarali mehnatlarini mahsuli tayyor bo‘lgach, Abdulla Boltaev ularni Toshkentga yuborgan. Keyinchalik (1947) ustalar Alisher Navoiy teatrining Xiva zalini yog‘och o‘ymakorligi san’atining eng yaxshi namunalari bilan bezaganlar.
Quyida biz sizga jurnalist, “Ichon qal’a” davlat muzey qo‘riqxonasi “Amaliy san’at” muzeyini-yu ilmiy xodimi marhum Anvar Ismagilovni “Xalq ustalari” deb nomlangan ilmiy maqolasidagi Ota Polvonovning so‘zlarini keltiramiz: “Qadimda yog‘och o‘ymakor ustalari faqat buyurtma asosida ishlashgan. Yog‘och ishlanishdan oldin maxsus tayyorlangan, avvaliga bo‘yiga tomon qarab shoxlari kesilgan va go‘ng yoki somonga ko‘mib quritilgan. Daraxtlar naviga qarab uch yildan yetti yilgacha quritilgan. Keyin ishlash jarayoni boshlangan. Xiva ustalari yog‘ochning tabiiyligini saqlash va uzoq muddatga chidamli hamda chiroyli bo‘lib turishi uchun unga hech qanday bo‘yoq urishmagan. Yog‘och o‘ymakorligida ota-bobolarimiz qadimdan har xil yog‘ochlardan turli maqsadlarda foydalanib kelganlar. Yog‘och materiallari tabiiy guliga, rangiga, tovlanishiga, hidiga qarab aniqlanadi. Xiva ustalari o‘z ishlari uchun eng yaxshi gujum, qayrag‘och, tut, ko‘k terak, o‘rik, olmurut, qaramon kabi mahalliy daraxtlarning eng a’lo navlarini ishlatganlar. Yog‘och o‘ymakorligida naqsh kompozitsiyalarini chizish, o‘lchash va boshqa ishlarda bir qancha o‘lchov asboblari ishlatilgan. Masalan, chizg‘ichlar, pargor (tsirkul), qalamlar, knopkalar, o‘chirg‘ich, uchburchaklar, transportyor va boshqalar”.
Ko‘pchilik hollarda o‘ymakor ustalar naqsh ulgisini naqqoshlardan olishgan, shuning uchun ular naqqoshlar bilan hamkor bo‘lib ishlaganlar. Lekin ayrim hollarda ustaning o‘zi ham naqqosh, ham hattot va o‘ymakor bo‘lgan. Ota Polvonovning shogirdi mashhur xalq ustalarining zurriyodi Sapo otaning aytishicha, naqqoshlar madrasani tamomlagan, tarixni bilgan, musiqa va adabiyotdan yaqindan tanish bo‘lganlar. Ular “ulgi” chizish uchun 5-7 yil ustaga shogird tushishgan. Ko‘pchilik hollarda hunar otadan bolaga meros tariqasida o‘tgan. Ana shunday ustalar shajarasidan birini quyida keltiramiz.
Yog‘och o‘ymakor xalq ustasi Matkarim ibn Muhammad (1768-1859) Xivadagi Gandumkon qishlog‘ida yog‘och o‘ymakori oilasida tug‘ilgan. Naqqosh va o‘ymakor. Uning o‘g‘li Abdurahmon (1832-1928) Gandumkon qishlog‘ida tug‘ilgan. Xorazmda mashhur yog‘och o‘ymakori va naqqosh Bog‘bek Abdurahmon o‘g‘li (1873-1954) Gandumkon qishlog‘idan bo‘lib, otasidan hunarini o‘rganib, 16 yoshida usta darajasiga etgan. U Ota Palvonov, Abdulla Boltaevlar bilan hamkorlikda Isfandiyorxonning qabulxonasi, pochta, xastaxona (kasalxona), Islomxo‘ja madrasasi va minorasi qurilishida qatnashgan. O‘g‘li Sapo Bog‘bekov (1904-1978) ota-bobolarini an’anasini davom qildirib ko‘zga ko‘ringan usta bo‘lib etishadi va 1920 yildan keyin mustaqil eshik va ustunlar ishlab boshlagan.Mashhur usta Ota Polvanov va Abdulla Boltaevlardan naqqoshlik sirlarini yanada puxta o‘rgangan, ular bilan birga ishlab juda ko‘p san’at asarlarini yaratgan hamda avlodlar ishini davom qildirib ko‘plab shogirdlar tayyorlagan. 1972 yilda uning tashabbusi bilan Xiva shahrida ochilgan “Yog‘och o‘ymakorligi” guruhida har yili o‘nlab yoshlar o‘qib-o‘rganib, qadimgi Xorazm san’atini hozirgacha asrab avaylab kelmoqdalar. 
Xiva shahri yodgorliklaridagi o‘yma naqshlik eshik, darvoza, o‘ra (ustun) va o‘ra tosh (ustun tagi)lardagi naqshlarni tahlil qilib qaralsa, ularning naqshlaridan qaysi yuz yillikka mansub ekanligini bilish mumkin. Chunki bu o‘yma naqshlar bir-biridan naqshi bilan farq qilibgina qolmay, ularning ko‘pchiligida ishlangan yili va ustaning nomi, Qur’on oyatlari va hadislar hamda allomalarni ibratli so‘zlari bitiladi.
O‘zgalar g‘amini chekmasa odam, 
Anga noloyiqdir inson degan nom. 
Sa’diy Sheroziy.
Yaxshilar bilan hamsuhbat bo‘lish va donolar bilan muloqot qilish saodatga eltadi. Kimki baxt-iqboli, solih kishilarning etagini tutsa, u albatta murodiga erishib, xayr-u baraka topadi. 
Abulqosim az-Zamahshariy.
Rahmatli Sapo ota Bog‘bekov shogirdlariga shunday deb aytardi: –“Biz ishlagan buyumlar boshqa maktablarnikidan tubdan farq qiladi. Chunki bizlar naqshning eng kichik qismlarini ham nihoyatda nozik qilib ishlov berardik. Buxoroliklar va eronliklarning asosiy naqshlaridan biri “Tojigul” deb ataladi. Xiva naqshlari madohil, olmagul, bitav naqsh, aylanma naqsh, arqon, tirnoq va hokazo. Bularning soni yuzdan ziyoddir. Eng chiroyli naqsh ikki qatlam, ba’zan uch qatlam qilib bajariladi. Xiva ustalari hech qachon bir naqshni ikkinchi marta takrorlamaganlar va boshqa ustadan nusxa olmaganlar. Shuning uchun ham ishlari nihoyatda chiroyli chiqqan, har bir o‘yma naqsh zaminida ramziy ma’no yashiringan bo‘ladi, yana usta “usta-shogird” masalasiga to‘xtalib, shogird hunar o‘rganib ustasini tan olmay va ustasini oq fotihasini olmasdan o‘zim ustaman deb g‘o‘daysa el o‘rtasida beburd bo‘lgan, shogirdsiz ustani el orasida mevasiz daraxtga o‘xshatganlar” deb aytgan.
Hozirda ustalarning avlodlari Masharip, Abdusharif, Hayitboy Bog‘bekov, shogirdi Odamboy Masharipov, Ro‘zmat Otajonov, shogirdi Kamoladdin Kamolov, nevaralari Qo‘ziboy, Boltavoy, Hurmat, Anvar, Oybek, ularning shogirdlari Bahrom Odamboev, Otanazar Ismoilov (1958-2006), Quronboy Ismoilov, Shavkat Jumaniyozov (Qo‘ziboy Sapoev va Ro‘zmat Otajonovlarni shogirdi) Baxtiyor Sobirov, Komiljon, Qahramon, Maqsud, Orifjon, Ilhombek, Ergashbek, Hamrojon, Ne’matjonlar hamda chevara shogird Temurbek ota-bobolarini, ustozlarini ishlarini davom qildirib, xivalik yoshlarga bu hunarni sir-asrorlarini asrab-avaylab o‘rgatib kelmoqdalar.




































Ganchkorlik – qadimiy san’at turlaridan bo‘lib, o‘z aksini dunyo me’morchiligida, jumladan, O‘rta Osiyo, Eron, Turkiya va boshqa ko‘plab davlatlarda namoyon etib kelmoqda. Ganchkorlik san’ati O‘zbekiston me’morchiligi solnomasida muhim o‘rin tutib kelgan. Ko‘hna tarix yodgorliklari bo‘lmish osori atiqalarni kuzatar ekanmiz, o‘ymakorlik san’ati oddiy paxsa devorlardan boshlanib, keyinroq ganchkoriy bezaklarga o‘tganini ko‘ramiz. Hozirgi kunda ganch serquyosh O‘zbekistonimizda ardoqlanib va muhofaza qilinayotgan ko‘pgina yodgorlik obidalariga ko‘rkamlik, go‘zallik baxsh etib turibdi. Ganch qorishmasi yangiligida oson kesiladi, bu undan shakllar o‘yish, yasash imkonini beradi, lekin qotgandan so‘ng u toshga o‘xshab qoladi.
Ganch o‘ymakorligida naqshlar maxsus metall keskichlar vositasida tekis (2 — 3 mm) va chuqur (2—3 sm) o‘yib solinadi, o‘yilgan naqsh yuzi rangli va rangsiz gulganch bilan pardozlanadi. Pardoz turlaridan chok pardoz, pax pardoz, lo‘la pardoz, shabaqa pardozlar keng qo‘llaniladi. Naqsh mujassamotini an’anaviy o‘simliksimon (islimiy) va handasiy (girix) naqshlar tashkil etadi. Ganch o‘ymakorligi jamoat binolari, turar joylarni bezatishda keng qo‘llaniladi. Jumladan taxmon, tokcha, javonlar o‘yma naqshlar b-n, ularniig yuqori devor bilan shift tutashgan joylari sharafalar bilan bezatiladi, atroflari ensiz zanjira bilan o‘raladi.
Muhtaram Prezidentimiz Sh. M. Mirziyoyev huzurida 2020 yil 22 aprel kuni kengaytirilgan tarzda o‘tkazilgan “Karantin davrida aholi bandligini taьminlash va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi videoselektor yig‘ilishining 25-sonli BAYoNI 20-bandida “Hunarmand” uyushmasi, Savdo-sanoat palatasi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi ikki hafta muddatda raqobat muhitini so‘zsiz taьminlagan holda, barcha hunarmandlarga shogird olishdagi cheklovlarni bekor qilish bo‘yicha taklif kiritish vazifasi yuklatilganligi uchun Respublika “Hunarmand” uyushmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining 2000 yil 25 mayda qabul qilingan “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasining 2012 yil 2 mayda qabul qilingan O‘RQ-328-sonli Qonuni tahririda) o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida”gi Qonuni loyihasi (6-moddasi to‘rtinchi qismidagi “ko‘pi bilan besh nafar shogirdni” degan so‘zlar “shogirdlarni” degan so‘z bilan almashtirildi) ishlab chiqildi.
Hozirgi kunda respublikamizda faoliyat yuritayotgan hunarmandlar soni 37 mingtadan ortiq bo‘lib, keyingi uch yil ichida 98 mingdan ortiq shogirdlar hunarmandlarga biriktirildi. Bu ko‘rsatkich 2020 yilda 43 mingtani tashkil qiladi. 2020 yilda 24900 ta hunarmand ro‘yxatdan o‘tkazildi. Jami oxirgi uch yil ichida hunarmandchilik yo‘nalishlari bo‘yicha 157 mingta ish o‘rinlari yaratildi. Xalq amaliy san’ati ustalarining Milliy katalogiga kiritilgan hunarmandlar soni respublika bo‘yicha 340 tani, Turizm sohasida faoliyat yuritayotgan hunarmandlar Reyestriga kiritilgan hunarmandlar soni 1364 tani tashkil qiladi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 28 noyabrdagi “Hunarmandchilikni yanada rivojlantirish va hunarmandlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4539-son Farmonining 7-bandiga ko‘ra Milliy katalogga kiritilgan hunarmandlarga shogirdlar soni bo‘yicha cheklovlar bekor qilingan.
Prezidentimizning 2017 yildagi Farmon va qarorlarida ko‘rsatilgan topshiriqlarni bajarish bo‘yicha Ishsiz yurgan xotin-qizlar uchun “Usta-shogird” an’analari asosida hunarmandchilik yo‘nalishlari bo‘yicha respublikamizdagi 57 ta shahar, tumanlarda qisqa muddatli o‘quv kurslari tashkil qilindi. Bu o‘quv kurslarida jami 600 ga yaqin xotin-qizlar o‘qitish uchun jalb qilingan.
Respublikamiz bo‘yicha 22 ta “Mehribonlik uyi”dagi tarbiyalanuvchilar uchun ham o‘quv kurslari tashkil qilindi. Unda 300 dan ortiq tarbiyalanuvchilar o‘qib, sertifikatlar olishdi.
Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi bilan kelishilgan holda jazoni ijro etish muassasalarida hunar o‘rgatish maqsadida “Usta-shogird” maktablari tashkil qilindi. O‘qishni muvaffaqiyatli bitirganlarga jazoni o‘tab bo‘lganidan keyin hunarmandchilik faoliyati bilan shug‘ullanish huquqini beradigan sertifikatlar topshirildi.
Shuningdek, 2017 yilda beri Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan kelishilgan holda respublikamiz aholisi uchun “Usta-shogird” maktablari takshil etilib, unda minglab fuqarolarimiz o‘qitilmoqda. “Temir daftar” va “Ayollar daftari”ga kiritilgan oila aьzolari “Mahallabay” kesimida o‘rganib chiqilib, mazkur maktablarga keng jalb etilmoqda. Bunda vazirlik tomonidan ustalarga oylik ish haqi (ustaga har bir shogird uchun 0,5 foiz miqdorda BHM) va shogirdlarga (BHM ning bir baravari miqdorida) stipendiya to‘lanmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 17 noyabrdagi “Hunarmandchilikni yanada rivojlantirish va hunarmandlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5242-son Farmonida Hunarmandchilik faoliyatining asosiy yo‘nalishlari, hunarmandlar tomonidan ishlab chiqariladigan buyumlar va tovarlar (ish, xizmat ko‘rsatish) turlarining ro‘yxatida 34 ta yo‘nalish mavjud bo‘lib, ularda shogirdlar soni cheklab qo‘yilgan, masalan Ganch o‘ymakorligi yo‘nalishida 5 ta, Qo‘lda gilam to‘qishda 10 ta, Qo‘lda gazlamalar to‘qishda 10 ta, Milliy liboslar tayyorlashda 10 ta, Tosh o‘ymakorligida 5 ta, Zardo‘zlik buyumlari tikishda 10 ta va h.k. shogirdlar tayyorlash belgilangan. Lekin, mazkur shogirdlar soni bugungi kun talablariga javob bermaydi.
Bu o‘zgartirishning qabul qilinishining asosiy maqsadi mamlakatda hunarmandchilikni yanada rivojlantirish va hunarmandlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash borasida qulayliklar va imtiyozlar berilishi hamda aholining ish bilan taьminlanmagan qatlamini, yaьni kam taьminlangan oila aьzolari, yoshlar, uyda o‘tiradigan ayollar, maktab bitiruvchilarini ish bilan taьminlash uchun usta-hunarmandlarga shogirdlar olishni cheklovchi normalarni olib tashlashdan iborat. Bu esa mamlakatimizda ishsizlikni kamaytirish, yangi ish o‘rinlari yaratish, ishsiz yurgan aholini haq to‘lanadigan mehnatga jalb qilish, hunarmandlarninig huquq va manfaatlarini taьminlash hamda hunarmandchilik faoliyatini amalga oshirishni yanada soddalashtirilishiga olib keladi.
O‘zbekiston Respublikasining mazkur Qonuniga kiritiladigan o‘zgartirish O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi va qonunlari, boshqa normativ-huquqiy hujjatlar hamda qonunchilik texnologiyalari qoidalariga muvofiqdir va amalga oshirilayotgan islohotlarning maqsad va vazifalariga to‘liq mos keladi.
Mazkur Qonun loyihasi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi tomonidan ko‘rib chiqilib, 2020 yil 10 noyabr kuni qabul qilingan va Oliy Majlis Senatining 2020 yil 20 noyabrdagi qarori bilan ma’qullangan.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining ayrim Qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-653-son Qonuni 2020 yil 3 dekabr kuni qabul qilindi va rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiritildi.
Bu Qonunning 10-moddasi mazmun-mohiyatiga ko‘ra, respublikamizdagi O‘zbekiston Respublikasining “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonunining 6 moddasi (Yakka tartibdagi tadbirkorlik)to‘rtinchi qismi quyidagicha tahrir qilindi:
“Hunarmandchilik faoliyatini amalga oshirayotgan yakka tartibdagi tadbirkorlar tovarlar tayyorlash (ishlar bajarish, xizmatlar ko‘rsatish) uchun shogirdlarni ularga tegishlicha haq to‘lagan holda jalb etishga haqlidir”.
Buning mazmun-mohiyati shundan iboratki, 2020 yil 3 dekabrdan boshlab respublikamizda faoliyat ko‘rsatayotgan “Hunarmand” uyushmasi a’zolari o‘z yo‘nalishlari bo‘yicha mahalliy sharoitlaridan kelib chiqqan holda shogirdlar qabul qilishi mumkin va ularga shogirdlar soni cheklanmaydi.

Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə