G’anijon Abdurahmonov



Yüklə 287,68 Kb.
tarix26.05.2023
ölçüsü287,68 Kb.
#113254
G’anijon Abdurahmonov


G’anijon Abdurahmonov
G‘anijon Abdurahmonov 1925 yil 3 dekabrda Farg‘onada tug‘ilgan. 1946 yili Farg‘ona о‘qituvchilar va pedagoglar nnstitutini imtiyozli diplom bilan bitirgach, mehnat faoliyatinn ushbu institutning tilshunoslik kafedrasida boshladi. 1948-1951 yillarda Samarqand davlat universitetining aspiranturasida tahsil oldi. G‘.Abdurahmonov Farg‘ona Pedagogika institutida kafedra mudiri, 1956-1958 yillar institutning rektor о‘rinbosari vazifasida ishladi, 1958-1966 hamda 1988-1997 yillarda О‘zbekiston Fanlar akademiyasi Til va adabiyot instituti о‘zbek tili tarixi bо‘limida mudir va bosh ilmiy xodim, 1966-1971 yillarda Farg‘ona Pedagogika instituti rektori, 1971-1978 yillarda О‘zbekiston Respublikasi oliy va о‘rta maxsus ta’limi vaziri, 1978-1983 yillarda Toshkent davlat chet tillar instituti rektori, 1983-1988 yillarda Toshkent pedagogika instituti rektori, 1989-1991 yillarda О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Kengashi huzuridagi Atamashunoslik Qо‘mitasining raisi vazifasida ishladi. G‘.Abdurahmonov 1997-2014 yillarda Toshkent davlat sharqshunoslik institutining Turkshunoslik, Turkiy tillar kafedrasida professor lavozimida faoliyat kо‘rsatdi. G‘. Abdurahmonov vazirlik lavozimida ishlar ekan, Nukus universiteti, Buxoro davlat oziq-ovqat va yengil sanoati instituti va qirqqa yaqin о‘rta maxsus bilim yurtining, viloyatlarda oliy о‘quv yurtlarining yigirmata filialining ochilishida, respublikada 17 turdagi yangi mutaxassislikning joriy etilishida tashabbus kо‘rsatdi. G‘. Abdurahmonov oliy ta’lim muassasalarida о‘quv jarayonining takomillashuvida yetarli о‘quv binolari, laboratoriyalar bilan ta’minlashda katta ishlar qildi. Uning rahbarligi davrida о‘quv yurtlariga sarflangan mablag‘larning uchdan ikki qismi Ittifoq vazirliklari hisobidan ta’minlanishiga erishildi. Shu hisobdan о‘quv yurtlarida yotoqxonalar, madaniyat saroylari, dam olish maskanlari kurildi. G‘. Abdurahmonov uch oliy о‘quv yurtida rektor lavozimida ishlagan chog‘lar ushbu faoliyatini davom ettirdi. Farg‘ona, Chet tillar hamda Toshkent pedagogika institutlarining yubileylarini о‘tkazishga rahbarlik qildi. Uning xizmatlari tufayli Nizomiy nomidagi pedagogika instituti Ittifoq pedinstitutlari ichida birinchilardan bо‘lib keldi. G‘. Abdurahmonov tashabbusi bilan 1972 yili ulug‘ tilshunos Mahmud Qoshg‘ariyning «Devonu lug‘atit turk» asarining 900 yilligi nishonlandi. Ulug‘ anjuman Farg‘ona shahrida akademik A.N.Kononov, professor A.M.Shcherbak va boshqa taniqli turkshunoslar ishtirokida nishonlandi. G‘. Abdurahmonov О‘zR FA Til va adabiyot institutida о‘zbek tili tarixi bо‘limining boshlig‘i lavozimida ishlagan kezlar, ajoyib inson, ulug‘ olim A.Qayumov tashabbusi bilan G.Abdurahmonovning mas’ul muharrirligida turkiy xalqlarning tengi yо‘q yozma yodgorliklari «Devonu lug‘atit turk», «Qutadg‘u bilig» ning о‘zbekcha nashri tayyorlanib, chop etildi. О‘zbek tilshunoslik fanida G‘.Abdurahmonov tarix filologiya ilmining yirik bilimdonlaridan ekanligi tan olingan. G.Abdurahmonov 1950 yili Samarqandda nomzodlik va 1960 yili Toshkentda doktorlik dissertatsiyasini yoqladi. Uning nomzodlik dissertatsiyasiga о‘z paytida S.Ayniy va V.V. Reshetov, doktorlik dissertatsiyasiga esa A.N.Koionov, A.K.Borovkov, M.SH.Shiraliyev, S.K.Kenesbayev singari mashhur olimlar yuksak baho bergan edilar. G‘.Abdurahmonov maktablarning yuqori sinflari uchun о‘zbek tili, litseylar uchun esa dastur va darsliklar yozgan. G‘.Abdurahmonovning ilmiy tadqiqotlarida hozirgi о‘zbek tili, tilshunoslikning nazariy masalalari bayon etiladi. Jumladan, olim о‘zbek tilshunosligidagi gapning tuzilishiga kо‘ra uch turga - sodda, murakkab, qо‘shma gaplarga bо‘linishi, bog‘lovchisiz qо‘shma gaplarning alohida tur ekanligi, sodda gap turlarining darak, sо‘roq, buyruq va undov gaplarga bо‘linishi, ajratilgan gap bо‘laklari haqidagi yangi qarashlarni ilgari suradi. Turkshunoslikda о‘zbek tilining birinchi tarixiy grammatikasi, qadimgi turkiy til bо‘yicha yozilgan darslikda muallifdosh bо‘ldi. G‘. Abdurahmonovning Respublika atamashunoslik qо‘mitasining raisi sifatida olib borgan faoliyati ham tahsinga loyiq. Bu sohada uning о‘zi ham qator maqolalar chop ettirgan. 2009-2011 yillarda G‘anijon Abdurahmonov boshchiligida “Qutadg‘u bilik” asarining uch qо‘lyozmasi ilmiy-tanqidiy qiyoslanib asarning asl matni tiklandi va rus tiliga tarjima qilindi. Olimning ilmiy rahbarligida 5 doktorlik, 37 nomzodlik dissertatsiyalari yoqlandi, о‘nlab doktorlik va nomzodlik dissertatsiyalariga oponentlik qildi. G‘. Abdurahmonov Toshkent, Moskva, Sankt-Peterburg, Ashgabad, Baku va boshqa shaharlarda, Turkiya, Finlandiyada о‘tkazilgan xalqaro ilmiy anjumanlarda ma’ruzalar qilgan. «Turkologiya», «О‘zbek tili va adabiyoti», «О‘zbekistonda ijtimoiy fanlar» jurnallari tahrir hay’atining a’zosi, ixtisoslashgan kengashlarda rais va kengash a’zosi bо‘lib keldi. G‘. Abdurahmonovning xizmatlari hukumat tomonidan yuqori baholandi. U О‘zbekiston Respublikasining «Shuhrat» medali, Ittifoq ordenlari, faxriy yorliqlar bilan mukofotlandi. Ikki marta (1971,1980 yillar) oliy kengash deputati etib saylangan. Hozirgi kunda ham G‘. Abdurahmonov ilmiy va pedagogik faoliyatning qizg‘in pallasida. Uning oliy о‘quv yurtida talabalarga о‘qiyotgan ma’ruzalari yuksak saviyada. Olim aspirant va doktorantlarga rahbarlik qilmoqda, oliy va о‘rta maktablar, litseylar uchun darsliklar yaratmoqda.
Yüklə 287,68 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə