• Основные стратегические варианты


funksional muvozanatsizlik



Yüklə 3,1 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə26/169
tarix28.11.2023
ölçüsü3,1 Mb.
#138043
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   169
Strategik marketing (1)

funksional muvozanatsizlik
- marketing tashkiliy tizimida operasiyalar
moliya va kadrlar kabi boshqa funksiyalar kabi ierarxik darajani egallamaydi; 
-marketingning birinchi darajasi 
tijorat xizmati
bo‘lib, bu xizmat savdo-
sotiqni boshqarishga javob beradi va sotish tarmoqida faqat pirovard iste’molchi 
bilan emas, balki birinchi xaridor bilan o‘zaro ta’sirlashadi; 
-tovar bo‘yicha qarorlar ishlab chiqarish xizmati tomonidan qabul qilinadi, 
narxning shakllanishi va tovarni sotish istiqbollarini belgilashga esa moliya bo‘limi 
javob beradi. Bu erda marketing vositalari nuqtai nazaridan qaraganda 
javobgarlikning tarqalib ketishi
kuzatiladi. 
Bunday ko‘rinishdagi tashkilot ishlab chiqarishga yo‘naltirilganlikning 
rivojlanishini rag‘batlantiradi, bunday qarash firma iste’molchi uchun nima 
afzalligini yaxshi biladi, iste’molchi esa bu fikrni tasdiqlaydi, degan mavhum fikrga 
asoslangan. Buning ustiga, bunday firmalarning menejerlari ko‘pincha ajoyib tovar 
ishlab chiqaryapmiz, deb hisoblaydi va xaridorlar bundan keyin ham ularning 
tovarlarini ustun ko‘rishi tabiiydir, deb o‘ylaydilar. Bunday qarash iste’molchi talab 
qilgan yoki kutayotgan jihatlarga emas, balki ichki masalalarga qaratilgandir. Bunday 
nuqtai nazar xaridor tovarga muammoning echim sifatida qaraydi, degan g‘oyaga 
mutlaqo ziddir. 
Bunday fikrlash talabning taklifdan ustunligi bilan tavsiflanadigan, xaridorlar 
o‘zlari topa olgan har qanday tovarni sotib olishga tayyor bo‘lgan muhit uchun 
xosdir. Aslida bunday bozor sharoitlari favqulodda vaziyatlardagina mavjud bo‘ladi 
va shunday vaziyat hukm sursa ham, vaqtincha davom etadi. Tovar konsepsiyasining 
xavfliligi shundan iboratki, u firmaning uzoqni ko‘ra olmasligiga sabab bo‘ladi va 
faol xatti-harakatlarga, ya’ni muhitda o‘zgarishlar yuz berishini kutishni va ularga 
yarasha tayyorgarlik ko‘rishni ko‘zda tutuvchi xatti-harakatlarga undamaydi. 
Passiv marketing bugungi kunda sanoati rivojlangan mamlakatlardagi 
ko‘pchilik firmalar uchun xos bo‘lgan muhitga to‘g‘ri kelmay qoldi. SHunga 
qaramay, tovar konsepsiyasi asosan sanoat firmalari yoki sug‘urta kompaniyalari kabi 


28 
moliyaviy institutlarda saqlanib kelmoqda. Ko‘plab bankrotlik hollarining asosiy 
sababi bozorga yo‘naltirishning yo‘qligidir. 
So‘nggi paytlargacha tovar konsepsiyasi rivojlanayotgan mamlakatlarda 
ustunlik qilib keldi. Ammo marketing bu mamlakatlarda ham faol rol o‘ynashi va 
iqtisodiy taraqqiyotga o‘z hissasini qo‘shishi mumkin, ammo buning uchun uning 
usullari bu erdagi rivojlangan mamlakatlardagidan mutlaqo farq qiluvchi vaziyatlarga 
moslashgan bo‘lishi shart. 

Yüklə 3,1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   169




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə