• Основные стратегические варианты



Yüklə 3,1 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə27/169
tarix28.11.2023
ölçüsü3,1 Mb.
#138043
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   169
Strategik marketing (1)

Tashkiliy marketing
sotish konsepsiyasiga e’tiborni jalb etadi. Bu davrda 
talab tez o‘sdi, ishlab chiqarish quvvatlari etarli bo‘ldi, sotish tizimi esa ko‘pincha 
samarasiz va unumsiz edi. 
Marketing boshqaruviga yangi yondashuvning bo‘lishiga iqtisodiyotdagi 
quyidagi o‘zgarishlar sabab bo‘ldi: 
-ommaviy sotuv talablariga moslashmagan odatdagi sotish tarmoqlarida 
unumdorlikning yuksalishiga imkon bergan yangi sotuv shakllarining, asosan o‘z-
o‘ziga xizmat ko‘rsatish shakllarining paydo bo‘lishi; 
-bozorlar hududining kengayishi va buning natijasida ishlab chiqaruvchi va 
iste’molchi o‘rtasidagi jismoniy va ruhiy ajralish, bu esa o‘z navbatida 
kommunikasiyaning bevosita sotuvlar va ayniqsa ommaviy axborot vositalaridagi 
reklama kabi ko‘rinishlariga o‘tish zaruratini yuzaga keltirdi; 
-tovar markalari sohasidagi siyosatining rivojlantirilishi, bu siyosat savdoda 
o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish talablaridan kelib chiqqan va firmalar tomonidan
pirovard talabni boshqarish usuli sifatida foydalanilgan. 
Marketingning bu bosqichidagi ustuvor maqsadi samarali tijorat tashkilotini 
barpo etishdir. Marketingning roli tobora kamroq darajada passiv bo‘lib bormoqda. 
Endilikda vazifa tayyorlangan tovarlar uchun bozorlarni topish va tashkil qilishdan 
iborat bo‘lmoqda. Ko‘pchilik firmalar bu bosqichda tovarning asosiy yadrosini 
tashkil qiluvchi ehtiyojlarga va ko‘pchilik xaridorlarning ehtiyojlarini qondirishga 
ixtisoslashadilar. SHuning uchun bozorlar yaxshi segmentlanmagan, tovar siyosatiga 
oid strategik qarorlar qabul qilish esa ishlab chiqarish bo‘limining vakolatiga kiradi. 
Marketingning asosiy funksiyasi esa tovarlarning samarali sotilishini tashkil qilish va 


29 
tijoratlashtirish jarayoni tushunchasiga to‘g‘ri keladigan barcha vazifalarni 
bajarishdan iborat. 
Tashkiliy 
tizimga kelsak, ustuvor yo‘nalishlarning bunday o‘zgarishi sotish 
bo‘yicha direksiya yoki tijorat direksiyasining paydo bo‘lishiga olib keladi va 
funksiyalarning qayta taqsimlanishi kuzatiladi. Sotuvlar bo‘yicha direksiyaning 
vazifasi savdo tarmoqini shakllantirish, jismoniy sotish, reklama va o‘tkazuvni tashkil 
qilishdir. Bu direksiya, shuningdek bozorni tadqiq qilish dasturlari bilan 
shug‘ullanadi, bu dasturlar, masalan, xaridorlarning odatlarini, reklamaning 
samaradorligini, savdo markalari va o‘ramlari sohasidagi siyosatning ta’siri va 
boshqalarni tahlil qilishda tobora kattaroq ahamiyat kasb eta boshlamoqda. 
Faol marketing
bosqichida strategik marketing rivojlanadi va uning roli 
kuchayib boradi. Bu rivojlanishning zamirida uchta omil yotadi: 
-texnologik taraqqiyot tarqalish tezligining ortishi; 
-bozorlarning etukligi va asosiy bozor ehtiyojlarining progressiv 
to‘yinishi

-xalqaro savdo yo‘lidagi to‘siqlarning birin-ketin bekor qilinishi oqibatida 
bozorlarning yanada baynalminallashuvi. 
O‘zgarishlarning uchta omilini, shuningdek ularning marketing funksiyasiga 
ta’sirini ko‘rib chiqamiz.
Texnologik taraqqiyotga kelsak, bu davrni ixtirolar davridan ko‘ra 
innovasiyalar davri
deyish to‘g‘riroq bo‘ladi. Innovasiya bilan ixtiro o‘rtasidagi 
farqni ajratib olish muhim. 

Yüklə 3,1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   169




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə