1 Alohida ta’lim ehtiyoji bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan (aqliy rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalar uchun) maktab va maktab-internatlarining 5-sinflar uchun



Yüklə 2,88 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/25
tarix20.10.2023
ölçüsü2,88 Mb.
#128493
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   25
5-sinf Tarbiya fani Metodik qo\'llanma

 
 

 
 
 


40
Boylik nimaga xizmat qiladi (2 soat) 
Inson hayotida boylikning ham o‘z ahamiyati bor. Boylik keng 
qamrovli tushuncha bo‘lib, uni qanday yo‘l bilan topish va qaysi yo‘lga 
sarflash insonni o‘ziga bog‘liq. Inson farovon hayot kechirishi uchun 
qo‘lida sarmoya, mablag‘i bo‘lishi kerak.
Ota-bobolarimiz boqimandalik, yalqovlik va tamagirlikni yomon 
illat deb qarashgan. Shuning uchun insonlar kasb-kor qilishgan, hunar 
o‘rganishgan, savdo bilan shug‘ullanib, qo‘shimcha daromad topishga 
harakat qilishgan. Bu albatta yaxshi fazilat. Chunki boy inson ota-onasi, 
oilasi, yaqinlari va mahalladoshlariga yordam beradi.
Tarixdan ma’lumki, yurtimizda Alisher Navoiy, Xo‘ja Axror Valiy, 
Abdulla Avloniyga o‘xshagan boy-badavlat insonlar yashab o‘tgan. Ular 
o‘z boyliklaridan kambag‘al, nochor, bemor insonlarga doimo yordan 
berishgan. O‘z mablag‘laridan ko‘plab maktablar, madrasalar, 
karvonsaroylar va shifoxonalar qurdirishgan.
Konstitutsiyamizda ham mulkdor bo‘lish huquqi ko‘rsatilgan. Bu 
fuqarolarni boy-badavlat bo‘lishlariga, farovon hayot kechirishlariga 
zamin yaratib beradi. Shuni unutmaslik kerakki, boylik topaman deb 
birovlarning mulkiga ko‘z olaytirmaslik, o‘g‘irlik qilmaslik, ochko‘z va 
baxil bo‘lmaslik lozim. “Boylik pulning ko`pligida emas, ko‘ngilni 
to‘qligida–deydi dono xalqimiz.

Inson dunyoda boy bo‘lish uchun emas, baxtli bo‘lish uchun
yashaydi.

Puli yo‘q odam emas, maqsadi yo‘q odam qashshoqdir. 


41
Xayrli ish
Abdulhamid 
aka 
tumanning 
ko‘zga 
ko‘ringan 
tadbirkor 
fermerlaridan. Qo‘li ochiq, serharakat va kamtar inson. Uning tashabbusi 
bilan qishloqda chorvachilik rivojlandi. Tumandagi kam ta’minlangan, 
boquvchisini yo‘qotgan va imkoniyati cheklangan insonlarga doimo 
yordamini ayamaydi. Ularni moddiy va ma’naviy tarafdan qo‘llab-
quvvatlaydi.
Ularning holidan tez-tez xabar olib, duolarini oladi. 
Qilayotgan ishidan o‘zining ham qalbi quvonadi. Bir kuni ishdan 
charchab uyiga qartar ekan, ikki qishloqni bog‘lovchi ko‘prikni holati 
juda yomon edi. Shu ko‘prikni o‘z mablag‘i hisobidan ta’mirlab berishni 
o‘ylab qoldi. 
Bu xayrli ishni marhum otasining nomidan qilishni niyat qildi. 
O‘ylagan ezgu ishini kechiktirmay tezda amalga oshirishga kirishdi. 
Qishloq ahli bo‘layotgan ishlarni ko‘rib qalbi quvonar, yoshi ulug‘lar 
Abdulhamid akani haqqiga duo qilishar edi. Qarovsiz bo‘lib turgan 
ko‘prik tezda tekis, shinam, va ko‘rkam ko‘prikka aylandi. Bugun bu 
ko‘prikdan ko‘plab yo‘lovchilar o‘z manzillariga qatnamoqdalar. 


Yüklə 2,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə