43
•
Har bir insonda iste’dod bor, ammo uni dangasalik o‘ldiradi.
•
Baxt - yalqovga begona.
Go‘zal bog‘
Qadim zamonda bir bog‘bon bo‘lib, uning juda go‘zal bir bog‘i bor
edi. Bu bog‘da turli mevalar bo`lib, bog‘bon har yili bog‘idan mo‘l
hosil
olar edi. Buning sababi bog‘bon erinmay daraxtlarning tagini chopib
chiqar, yovvoyi o‘tlardan bog‘ni tozalar edi. Bog‘iga suv qo‘yishni
unutmas edi. Bog‘bonni ikki o‘g‘il farzandi bo‘lib, katta o‘g‘li
mehnatsevar, harakatchan yigit edi. Kichigi esa dangasa yalqov bo‘lib
voyaga yetdi. Kunlar o‘tib bog‘bonni yoshi ulg‘ayib, bog‘ning
ishiga
yaramay qoldi. Shunda o‘g‘illarini chaqirib bugundan boshlab bog‘ni
sizlarga topshirdim. Unga mehr berib qarasangiz, dasturxoningiz to‘kin,
44
hayotingiz farovon bo‘ladi, deb nasihat qildi. Bog‘bon yaxshi niyat bilan
haj safariga jo‘nab ketdi. Farzandlar shu yili otasining nasihatiga amal
qilib, mo‘l hosil olishdi. Bir kuni katta o‘g‘il
savdo safariga chiqishni
niyat qildi. Ukasiga bog‘ ishlarini bajarib turishni tayinladi. Tez orada
o‘zi karvon bilan qo‘shilib jo‘nab ketdi. Ukasi bo‘lsa
dangasalik va
yalqovlik qilib bog‘ga qaramadi. Buning oqibatida bog‘ning hosili
ozayib, hatto ayrim daraxtlar suvsizlikdan quriy boshladi.
Akasi safardan katta foyda bilan keldi. Ne ko‘z bilan ko‘rsinki,
bog‘ abgor holatga kelgan. Shunda ukasini chaqirib: “Bu nimasi? Odam
shunchalik ham dangasa, yalqov bo‘ladimi?
Otamizga nima deb javob
beramiz” –deb tanbeh beribdi. Akasining tanbehi o‘rinli edi. Otasining
qilgan mehnati zoye bo‘lganini ko‘rib afsuslandi
va akasidan kechirim
so‘radi.
Dostları ilə paylaş: