1 Alohida ta’lim ehtiyoji bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan (aqliy rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalar uchun) maktab va maktab-internatlarining 5-sinflar uchun



Yüklə 2,88 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə24/25
tarix20.10.2023
ölçüsü2,88 Mb.
#128493
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25
5-sinf Tarbiya fani Metodik qo\'llanma

50
Suv – bebaho ne’mat
Suv bu hayot. Odamlar yashash uchun suv bor joyga intiladilar. 
Yaqin o‘tmishda bir qabila bo‘lib, ular suvsizlikdan juda aziyat chekar 
ekan. Qabila oqsoqollari maslahatlashib suv bor joyga ko‘chib ketishga 
qaror qilishibdi. Jazirama bo‘lishiga qaramay, suv qidirib, o‘zlari 
yashayotgan makonni tashlab, ko‘ch-ko‘ronlari bilan, yo‘lga chiqibdilar. 
Cho‘l-u biyobonlardan o‘tibdilar. Bolalar, qariyalar, bemorlar 
suvsizlikdan qiynalib hatto, jon berar holatga kelibdilar.
Yaratganning inoyatini qarangki, kechga borib ko‘kda bir parcha 
bulut paydo bo‘lib, yomg‘ir sharros quyibdi.Odamlar xursandligidan 
quvonishar hatto, osmonga og‘zilarini ochib yotib ham olishibdi. 
Karvonga jon kiribdi. Shunda suvsizlikdan behush yotgan ayolni 
ko‘rgan bir yigit otning tuyog‘i izida qolgan suvni qoshiqda ayolning 
og‘ziga quyibdi. Ayol ko‘zini ochdi! Qabiladoshlar bu voqeadan juda 
xursand bo‘lishdi. Ular kechga borib, daryo yuzini ko‘rdilar. Bu joyni 
tabiati juda go‘zal, atrofda mevali daraxtlar ko‘p ekan. Tuprog‘i 
unumdor, havosi mo‘tadil edi. Qabila oqsoqollari shu joyda qo‘nim 
topib yashashga qaror qilibdilar.


51
 
1.Tabiat deganda nimani tushunasiz?
2.Tabiat ne’matlariga nimalar kiradi?
3.Suvni inson hayotidagi ahamiyatini so‘zlab bering? 
Insonning tabiat oldidagi burchlari nimalardan iborat. 
Jonivorlarga g‘amxo‘rlik qilish (1soat)
Tabiat bergan barcha ne’matlar inson, uning farovon hayotini 
ta’minlashga qaratilgan. Jonivorlar ham inson hayotining ajralmas bir 
qismi hisoblanadi. Ularga mehr berish, parvarish qilish insonlarni 
burchidir. Jonivorlar ikki xilga bo‘linadi. Bular qo‘lga o‘rgatilgan uy 
hayvonlari va o‘zi mustaqil yashaydigan yovvoyi hayvonlardan iborat.
Uy hayvonlariga mol, qo‘y, ot, tuya, echki, it va mushuk, parrandalarga 


52
esa tovuq, g‘oz, o‘rdak, kabutar, bedana va boshqalar kiradi. Yovvoyi 
hayvonlarga esa sher, yo‘lbars, qoplon, bo‘ri, tulki va boshqalar. Uy 
hayvonlaridan asosan go‘sht, yo‘g‘, sut, pishloq va tuxum olinadi.
Ularni terisi va junlari ham inson manfaatlariga xizmat qiladi.
Ularning har biri insonlar ko‘magiga muhtoj. Shuning uchun ularni 
chiroyli parvarish qilish yem-xashagi, suvini o‘z vaqtida berish lozim. It 
va mushuklarni boqishda ularga alohida yotoq joy tayyorlab, doimo 
sanitariya gigiyena talablariga rioya etish talab etiladi. Insonda 
insoniylik, rahmdillik, va mehribonlik tuyg‘ulari mavjud. Shu tuyg‘ularni 
inson yoshligidan shakllantirib borsa, kelajakda albatta, insonlarga, 
hayvonlarga va boshqa mavjudotlarga mehri rahmdillik bilan muomala 
qilishga odatlanadi. Bazi insonlar jonivorlarga nisbatan yomon 
muomala qilishadi. Ularni urib, so‘kib yoki vaqtida parvarish qilmaydilar. 
Bu esa ularni hayvonlarga nisbatan mehrining yo‘qligini bildiradi. Odobli 
va kuchli inson hech qachon jonivorlarga ozor bermaydi.

Toyni toy deb xo‘rlama, erta-indin ot bo‘lar. 

Kishining ulug‘ligi uning himmatidan bilinadi.

Yüklə 2,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə