1-Ma’ruza mavzusi: Boshlang‘ich ta’lim pedagogikasi fanining mazmuni, predmeti, metodologiyasi, ilmiy-tadqiqot obyekti, metodlari


Ota-onalarga pedagogik bilim berish tizimi



Yüklə 1,07 Mb.
səhifə151/171
tarix24.12.2023
ölçüsü1,07 Mb.
#158739
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   171
3-KURS SIRTQI MAJMUA INNOVATSIYA

Ota-onalarga pedagogik bilim berish tizimi.
Oila jamiyat xa¸tini olga suruvchi, uning yanada yuksak bosqichlarga kutarib ravnaq toptiruvchi, kelajak avlodlarni tarbiyalab etishtiruvchi, kamol toptirish uchun mas’ul bo‘lgan g‘oyat muhim boshlang‘ich guruhdir. Oila erkaqlar va ayollarning tula teng huquqligi, oila uchun bab-baravar javobgarligi asosida kuriladi.
YUqorida ta’kidlanganidek oiladagi daromadlarning oshishi, bir tomondan ota-onalarning bilim saviyalari va madaniy hayotlarining yaxshilanishiga sabab bo‘lsa, ikkinchi tomondan, oila a’zolarining yuqori ma’naviy ehtiyojlarining ijobiy shakillanishiga, oilaviy munosabatlarning takomillashuviga, boyishiga kattalar va kichiklar orasidagi mulokot mazmuniga ijobiy ta’sir ko‘rsatmikda. SHu sababli yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash davr talabiga aylanib bormokda.
Oila va oilaviy tarbiya muammolari ichida ota-onalarning tarbiyachilik madaniyatini oshirish va ularga umumiy tarbiyaga oid bilim berish davrimizning dolzarb masalalaridan biridir. Oilalarni pedagogik yutuqlari bilan tanishtirish, ularning mustahkamligini ta’minlash vositalaridan biridir. Ikkinchi tomondan esa, bu o‘z navbatida, bolalarning tarbiyasida tegishli shakl va metodlarni takomillashtirish yo‘llaridan biri hisoblanadi. SHuning uchun ham ota-onalarni, oilalarni tarbiyaga oid bilimlar, tarbiya metodlari bilan kurollantirish nixoyatda zarur.
Gap shundaki, jamiyatimizdagi har bir to‘laqonli shaxs bolalarning tarbiyachisi bo‘lishi, yangi insonni har tomonlama kamol toptiruvchi barcha holatlarda, shart-sharoitlarda ishtirok etish lozim.
Atokli pedagoglar tarbiyani maqsadga muvofiq tashkil etish shart-sharoitlaridan biri ota-onalarning savodxonligida, deb hisoblangan edilar. Masalan, Abdulla Avloniy o‘zining "Guliston yoki axloq" nomli asarida shunday deydi: "Tarbiyani kimlar kilur? qaerda kilur? " degan savol keladur. Bu savolga birinchi uy tarbiyasi, bu ona vazifasidir. Ikkinchidan maktab va madrasa tarbiyasi. Bu ota, muallim, muddaris va xukumat vazifasidur deb javob bersak, bu kishi deyurki "kaysi oilalarni aytursiz bilimsiz, boshi paxmok, kuli tumtok onalarmi? O‘zlarida yo‘q tarbiyani qanday olib berurlar", der. Otasiga nima dersiz, desak "kaysi ota? -Tuychi, ulokchi, bazmchi, dumbirachi, karnaychi, surnaychi, ilm qadrini bilmagan, ilm uchun bir pulni ko‘zlari kiymagan, zamondan xabarsiz otalarni aytursizmi? Avval o‘zlarini o‘qitmak, tarbiya kilmok lozimdur"1, der.
Demak, oila hayotini tarbiyaviy jihatdan to‘g‘ri tashkil qilish uchun o‘qituvchilar, keng jamiyatchilik pedagogika fani orqali aholiga yordam berish, ota-onalarga tarbiyaviy bilim berish tizimini ishlab chiqishlari lozim.
Pedagogik-olimlar tadkikotlarida isbotlanganidek, oilaviy tarbiyaga doir ishlar quyidagi sharoitlarda bajarilsa, uning samaradorligi yanada oshadi.
1. Maktab o‘zining barcha ta’sirlari majmuini oilaviy tarbiya jarayoniga izchil yo‘naltira olsa.
2. O‘quvchilar jamoasi oila bilan o‘zaro hamkorligi davrida o‘zlarining etik-pedagogik tarbiyaviy talablarini to‘g‘ri tashkil eta olsalar.
3. Xalq ta’limi bo‘limi va muassasalar tashkilotchi ota-onalarni tarbiyaviy jarayoniga olsalar.
O‘quvchilar tomonidan oilaviy tarbiyaga rahbarlik bolalar maktabga kelmasdan oldin boshlansa va bu ish ularning barcha o‘quv yillarida davom ettirilsa.
Hozirgi kunda jumxuriyatimizning shahar va qishloqlarida tarbiyaga oid bilimlarni targib qilishda quyidagi shakllardan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Aholi uchun ochilgan tarbiya madaniyatini targib qiluvchi xalq universitetlaridan; xalq ta’limi tomonidan yasli, bog‘cha va maktablarda bo‘lgan ota-onalar universitetlaridan;
jamoatchilik asosida ishlovchi oliy o‘quv yurtlari koshida ochilgan ota-onalar kulliyonidan; ota-onalar lektoriysi; seminarlar; kurslardan; tarbiyaviy huquqiy bilimlar maktablaridan; maktab yoshidagi bolalarni ota-onalari uchun tarbiyaviy va jiddiy maslahatnomalaridan; pedagogika va bolalar taraqqiyotiga doir masalalarni urganuvchi to‘garaklar va boshqalardan.
Bu va shunga uxshash ilmiy-ta’limiy ishlarni jamiyatlar, ruhshunoslar, pedagoglar jamiyatlari, maktab ota-onalar kumitasi, oilaga yordam beruvchi kengashlar, taxririyatlari va oynai-jahon ko‘rsatuvlari olib boradi.
Agar ota-onalarga umumiy ta’lim-tarbiya berishda olimlarning tavsiyalari, oilaviy tarbiyaga doir xalq pedagogikasi tajribalari, shahar, tuman, qishloq mehnat jamoalari, shuningdek, mehnat va urush faxriylarining maslahatlari, uchrashuvlaridagi tavsiyalariga tayanilsa, so‘zsiz shu ishning samaradorligi oshadi.
Tarbiyaviy madaniyatning samaradorligini oshirishda maktablarda o‘tkaziladigan ota-onalar majlisi muhim ahamiyat kasb etadi. Maktab va muning o‘qituvchilari ota-onalar majlisiga puxta tay¸rgarlik qurishlari lozim. Majlisdan oldin maktabni, sinflarni tartibga solish kerak. O‘quvchilarning chorak, yarim yillik va hokazo ish natijalariga bagishlab kurgazma osilsa yaxshi bo‘ladi. Agar o‘qituvchilar ota-onalar majlisiga ba/ishlab bolalarning bir nechta nomerlik badiiy o‘yin va tomoshalarini tayyorlasalar yomon bo‘lmaydi. Maqsadga muvofiq, mazmunli tashkil etilgan sinf majlislarida tarbiyaga oid munozaralar bo‘ladi, o‘zaro yoki jamoa ta’sir ko‘rsatishning yo‘l va uslublari mehnatsevarlik, vijdonli bo‘lish, mustaqillik, yaxshilikka mehr-muhabbat, do‘stlik va hokazolar haqida fikr yuritiladi. Ota-onalar majlisiga ma’lum davrdagi ishlarni yakunlovchi va o‘quv-tarbiya ishlariga doir umumiy masalalar kiritilishi lozim.
Hisobot davrida kaysi bolaning qanday o‘qiyotgani, o‘zini qanday tutayotganligini aytib berilishi, kaysi bolaning yaxshi yoki yomon o‘qib turgani va uning sabablari nima ekanligi, o‘z bolalarini yanada yaxshirok o‘qishlari uchun ota-onalar qanday tadbir qurishlari lozimligi tushuntirilishi kerak.
O‘qituvchi bolalarning ota-onalari bilan birinchi marta tanishgandayok ularga har zamonda bir ota-onalar majlisi o‘tkazajagini, hamma ota-onalarning bu majlisga qatnashishlari zarurligi tushuntiriladi.
Ota-onalarning majlisda tula ravishda hozir bo‘lishlarini ta’minlovchi eng asosiy shart-bu majlislarning qiziqarli, mazmunli qilib ustalik bilan o‘tkazilishidir.
Ota-onalar majlisida ota-onalarni va o‘qituvchilarni qiziqtira oladigan aniq va ravshan masalalar qo‘yilishi g‘oyat darajada muhimdir. Masalan, maktabga yuborishda bolani qanday qiyintirish, qanday narsalar bilan ta’minlash kerak?
- O‘quvchining kundalik ish tartibini qanday tashkil etish kerak?
- Uyda bolaning sog‘ligini qanday saqlash kerak?
- O‘quvchining kundalik daftarini qanday nazorat qilish lozim?
- Bolani qanday yo‘l bilan gapga kiradigan qilish mumkin?
- Bolani bush vaqtini nima bilan va qanday band eta bilsa bo‘ladi?
- Mehnat kaxramonlari haqida bolalarga qanday hikoya qilish mumkin? Eng muhimi ota-onalar va o‘qituvchi, tarbiyalarining olib boradigan tarbiyaviy ishlari umumiy bir maqsadga yo‘naltirilishi lozim.
Ayniqsa, o‘sib kelayotgan yosh avlodni axloqan pok, ma’naviy etuk, mehnatsevar bo‘lishi uchun barcha tadbirlardan unumli foydalanish lozim.

Yüklə 1,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   171




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə