1-Ma’ruza mavzusi: Boshlang‘ich ta’lim pedagogikasi fanining mazmuni, predmeti, metodologiyasi, ilmiy-tadqiqot obyekti, metodlari


Bolalar tarbiyasida oila, maktab va jamoatchilik hamkorligi



Yüklə 1,07 Mb.
səhifə152/171
tarix24.12.2023
ölçüsü1,07 Mb.
#158739
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   171
3-KURS SIRTQI MAJMUA INNOVATSIYA

Bolalar tarbiyasida oila, maktab va jamoatchilik hamkorligi.
Ma’lumki, bola maktabga kelgunga kadar ham, maktabda o‘qish davrida ham, asosan oilada tarbiyalanadi. Oila bolaning dunyoqarashi, xulqi va didiga ta’sir ko‘rsatishi tabiiy xoldir. Ota-onalarning bolalarni tarbiyalashdagi eng birinchi vazifalari-bolalarning sog‘ligini saqlashdir. Buning uchun ularning tuyib ovqatlanishlari, qozonga tushadigan maxsulotlardagi vitaminlarni talab darajada bo‘lishi va belgilangan tarbiyaga rioya qilishi, sog‘ligini yaxshi bo‘lishi o‘qishdagi muvaffaqiyatlarning garovidir.
Ayniqsa, ota-onalar o‘zlarining mehnat faoliyatlari, xulq-atvorlari orqali namuna bo‘lishlari lozim. O‘zaro oilaviy jamoada yaxshi iborali so‘zlashuvni tashkil etish ham maqsadga muvofiqdir.
Odatda ota-onalar maktab o‘quv vazifalarini yaxshi bajarilishini ta’minlash uchun quyidagilarga rioya etsalar ma’kul bo‘ladi.
- O‘quvchilarning mashg‘ulotlardan kechiqishlariga va darsga kech qolishlariga yo‘l kuymaslik;
- bolaning mashg‘uloti uchun uyda unga qanday joy tanlab berish, belgilangan soatlarda o‘quv ishi bilan band bo‘lish ko‘nikmasini shakllantirish, uy vazifalarini shoshilmay, aniq bajarish imkoniyatini vujudga keltirish;
- bolalarning uy vazifalariga xalollik bilan qarashga o‘rgatish, bolalarni gayrat va chidamini oshirish;
- o‘quvchilarni vijdonli va rostguy bo‘lishiga hamda o‘z bilmagan narsasini yashirish, aldash, mustaqil ishlashdan bo‘yin tovlash, boshqalardan uy vazifasini kuchirib olish kabi har qanday o‘rinishlarga nafrat bilan qarashga o‘rgatish lozim va hokazo.
Oila, maktab va jamoatchilik hamkorligi hozirgi kunimizning dolzarb masalasidir. CHunki, birinchidan, oila tarbiyasida oila, maktab va jamoatchilik hamkorligining o‘zi murakkab jarayon bo‘lib, bunda muallimlardan tashqari ishlab chiqarish jamoalari vakillari, yoshlar, kasaba uyushmalari ishtirok etadilar.
Ikkinchidan ota-onalar va qarindosh-urug‘lar turli mehnat jamoalarining vakillari bo‘lib, ishlab chiqarish va yoru-do‘stlarining ma’naviy hayotlarida omillarni muhokama qiladilar, ularning hayotga, san’atga, oilaviy majburiyatlarga bo‘lgan munosabatlari haqida gapiradilar. SHu sababli ham mana shunday toifa oilalarida tarbiya topayotgan bolalar boshqa ota-onalarning ko‘chada, jamoat joylaridagi hayot faoliyatlariga qarab o‘z ota-onalariga baho beradilar.
Uchinchidan, o‘zbek oilalari, ularning xat tarzi ijtimoiy voqealar natijasida sifat jihatidan o‘zgarishlar qilish uchun yangi samarali yo‘l va metodlar kidirilmokda.
Har bir ota-ona farzandi ta’lim olayotgan maktab jamoasining a’zosi aniqlanadi. Ota-onalar orasida turli kasb egalari va jamoatchi kishilar ko‘p. Ular umumiy majburiy ta’limni amalga oshirishda ota-onalar o‘rtasida ta’lim tarbiya targibotini olib borishda, maktabning iqtisodiy bazasini mustahkamlashda yordam beradilar.
Maktab bilan ota-onalarning hamkorligini mustahkamlash maqsadidia ota-onalar kumitasi tashkil qilinadi. Bu kumitaga maktab direktori rahbarlik qiladi. Bundan tashqari har bir sinfda ham sinf ota-onalari kumitasi tuziladi. Ularning ish mazmuni ota-onalar kumitasi to‘g‘risidagi Nizomda belgilangan. Hamma ota-onalar kumitalara har bir o‘quv yilining boshida butun o‘quv yili uchun tuziladi. Sinf ota-onalar kumitasi ota-onalar yiilishida 3-5 kishidan iborat qilib saylanadi. Sinf ota-onalar kumitasining raisi maktab ota-onalar kumitasiga a’zo qilib hisobga olinadi. SHu sababli maktab ota-onalar umumiy yig‘ilishda sinf ota-onalar majlisi tavsiya etgan kishilardan saylanadi. Maktab ota-onalar kumitasi a’zolarining soni har bir maktabning katta-kichikligi, ish sharoitiga qarab ota-onalar umumiy yig‘ilishi qarori bilan belgilanadi, lekin uning tuzilishida har bir sinf ota-onalar a’zosi bo‘lishi shart. Maktab ota-onalar kumitasi a’zolariga maktabni otalikka olgan tashkilotning vakillari ham kiritiladi. Kundalik ishlarni bajarish hamda ota-onalar kumitasi va nazorat ishlariga rahbarlik qilish uchun maktab ota-onalar kumitasi raisi va uning o‘rinbosari, kotibi va 5-7 a’zodan iborat xay’at saylanadi.
kumita a’zolari umumiy majburiy ta’limni amalga oshirishda, maktab yoshidagi bolalarni hisobga olishda, ularni maktabga tortishda, maktabni tamomlagunga kadar muvaffaqiyatli o‘qishini tamomlashda maktabda yordam beradilar.
Iqtisodiy ahvoli ogir bo‘lgan ayrim bolalarga umumiy ta’lim jamgarmasi yoki kasaba uyushmasi trmonidan yordam uyushtiradilar. Bolalarning ta’lim-tarbiyasiga e’tibor bermayotgan ota-onalar bilan suhbatlashadilar, zaruriyat bo‘lganda ularga ishlab turgan korxona yoki muassasa rahbariyati orqali ta’sir ko‘rsatadilar.
kumita a’zolari o‘zokdan katnab o‘qiydigan bolalarni transport vositalari bilan ta’minlash yoki ular uchun maktab koshida internat ochib issik ovqat bilan ta’minlashga yordam beradilar.
Ota-onalar kumitasi maktabda "Ota-onalar" burchagi tashkil qilib, u erga o‘quvchilarning namunali kundalik ish reja va tartibini, ota-onalar uchun nashr etilgan yangi adabiyotlarni, o‘quvchilar qoidasini, maktab tarbiyaviy ishlarining istiqbolli rejasini osib kuyadi. Bo‘lardan tashqari maktab ota-onalar bilan suhbatlar, majlislar va boshqa ko‘rinishdagi hamkorliklarni tashkil etadi.
Ota-onalarning o‘sayotgan yosh avlod rivojlanishiga, tarbiyasiga bevosita ta’siri ulkan ahamiyat kasb etadi. CHunki ularning ta’siri o‘ziga xos va qaytarilmasdir. SHuningdek, bolaning o‘ziga xos xususiyatlarini ota-onalargina yaxshi biladilar.
Pedagog buni hisobga olmasligi mumkii emas. Faqat ota-onadagi bolani bilishga xos tajribani hisobga olgandagina tarbiyachi o‘z faoliyatida muvaffaqiyatga erishadi. SHuning uchun ham ota-onalar bilan pedagoglar o‘rtasidagi yaqin hamkorlik tarbiya samaradorligini ta’minlaydi. Tarbiyachigina bolaga oilaning ta’sirini kuchaytirish yoki, aksincha, ularning ta’sirini chegaralash imkoniyatiga ega.
Jahon xalqlari pedagogikasida oiladagi bola tarbiyasiga oid juda ko‘plab fikrlar ilgari surilgan bo‘lib, ularda oilaning bola tarbiyasiga sog‘lom ta’sirini belgilovchi muhim odatlar keltirilgan va ularni bugungi kunda nazariy aspektda o‘rganish foydadan holi emas.
1.Bunday ta’sirning asosiy manbai oilaning xalq
turmushi bilan ijtimoiy birligi, ota-onalarning insoniylik burchini anglab etishi bilan belgilanadi. O‘zining ishdagi, hayotdagi muvaffaqiyatlarini birga baham ko‘rish, bolalar hayotining barcha sohalaridagi erishgan muvaffaqiyatlarini, quvonch va tashvishlarini birga muhokama qilish.

2.Oilada ota-onalar va bolalarning mehnat faoliyatida birgalikdagi ishtiroki, har bir oila a’zosini biron-bir mehnat turiga jalb etish, oilada kichiklar bilan kattalar, o‘g‘il va qizlar, ota-onalar o‘rtasidagi mehnat taqsimotiga rioya etish.

Yüklə 1,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   171




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə