1-Ma’ruza mavzusi: Boshlang‘ich ta’lim pedagogikasi fanining mazmuni, predmeti, metodologiyasi, ilmiy-tadqiqot obyekti, metodlari


Oila turmushini eng mayda-chuydasigacha hisobga olgan holda tashkil etish. Bu ayniqsa, oilaning iqtisodiy-maishiy tomoni uchun muhimdir



Yüklə 1,07 Mb.
səhifə153/171
tarix24.12.2023
ölçüsü1,07 Mb.
#158739
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   171
3-KURS SIRTQI MAJMUA INNOVATSIYA

3. Oila turmushini eng mayda-chuydasigacha hisobga olgan holda tashkil etish. Bu ayniqsa, oilaning iqtisodiy-maishiy tomoni uchun muhimdir.

  • Oila xo‘jaligida tartib, aniqlik va intizomga rioya qilish.

  • Bola ishtirokida oila moliyaviy byudjetining taqsimoti.

  • Oilada narsalarni saqlash tartibi.

  • Oilada kundalik rejimga rioya qilish.

  • Har bir oila a’zosining o‘z ish joyiga ega bo‘lishi.

  • Oiladagi doimiy qoidaga amal qilishga o‘rgatish. (Masalan, xarid qildingmi, qaytimini olib kel, ishga ketayotganda aytib ket, yoki yozib qo‘y, ishdan kelgan zahoti ustiboshni almashtir va b.)

4.Oilada eng qulay, samimiy, do‘stona, o‘zaro ishonch, hurmatga asoslangan muhitni yaratish. Doimiy mikroiqlim yuzaga kelishiga erishish.
5.Oilada bola tug‘ilganidan voyaga etgunicha uning o‘sish dinamikasini, undagi barcha o‘zgarishlarni, ayniqsa, o‘g‘il va qiz bolalar tarbiyasidagi, ularning shaxsiy gigienasidagi o‘ziga xoslikni alohida hisobga olish zarur.
Oilaviy tarbiyada o‘zbekona, qadimiy ajdodlar urf-odatlari, milliy o‘ziga xoslik, tartib-intizom va odob normalariga amal qilishda xalqimizning milliy tarbiya tizimini, samarali metod va vositalarini o‘rganish va ulardan unumli foydalanishga alohida z’tibor berish kerak. Bu borada, o‘zbek xalq pedagogikasining boy merosidan foydalanish, ko‘plab oilalar tajribasini o‘rganish va targ‘ib qilishga e’tiborni qaratish zarur.
Hamkorlikni yo‘lga qo‘yish shakl va metodlari

Na oila, na maktab, na jamoat tashkilotlari, alohida olib qaralganda, shaxsga ta’sir etuvchi juda ko‘plab salbiy ta’sirlarning oldini o‘z vaqtida ololmaydi. Buning uchun ularning kuchlarini birlashtirish va yagona tizim asosida qator samarali hamkorlik metod va shakllaridan unumli foydalanish zarur. Oila, maktab, jamoatchilik aloqalarini tashkil etishda turli homiy tashkilotlar, idora va muassasalar tomonidan tuzilgan oila va maktabga yordam kengashlarining roli qimmatlidir. Ularning vazifalarini esa pedagoglar juda yaxshi bilishi kerak. O‘zaro yordam kengashlariga tashkilot, korxona va turli ishlab chiqarishlarning rahbarlari, kasaba uyushmalari, yoshlar tashkilotlari va boshqa tashabbuskor guruhlar kirishi mumkin. Bunday kengashlar yig‘ilishlarida yosh avlodning axloq madaniyatini oshirish, ko‘plab oilalarning ilg‘or tajribalarini targ‘ib qilish, turli soha kishilari bilan uchrashuv va suhbatlar o‘tkazish kabi tadbirlar va tarbiya masalalari bo‘yicha vazifalar qarab chiqiladi.


Bu kengashlarning eng muhim o‘ziga xos tomoni maktab bilan mustahkam aloqa o‘rnatishdir. Ular otalik tashkilotlari orqali mazkur o‘quv yurta moddiy-texnik bazasini mustahkamlash uchun, ta’lim-tarbiyani amalga oshirish uchun etarli sharoitlar yaratadi, turli oilalarga moddiy va ma’naviy yordamlar uyushtiradi. Bolalar bilan turli sayohatlar, dam olish, sport-sog‘lomlashtirish, madaniy sohalarda tadbirlar tashkil etish va o‘tkazishda maktablarga yaqindan yordam beradi. Maktab esa, o‘z o‘rnida, kengash a’zolarini bolalar bilan olib boriladigan ta’lim-tarbiya ishlarining mazmuni, metodlari bilan tanishtiradi.
SHuningdek, bolalar tarbiyasi borasidagi hamkorlikni mahallalarda va turli yashash joylarida tashkil etilgan faxriylar va xotin-qizlar kengashlari, lektoriylar, markazlar faoliyati orqali yo‘lga qo‘yish mumkin.
Demak, maktab, oila va jamoatchilik hamkorligi bolalar tarbiyasida asosiy xal qiluvchi bo‘g‘in bo‘lib, bunda o‘qituvchi-tarbiyachilarning tashkilotchiliklari muammoni ijobiy xal etuvchi omil hisoblanadi.

Yüklə 1,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   171




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə