1-Ma’ruza mavzusi: Boshlang‘ich ta’lim pedagogikasi fanining mazmuni, predmeti, metodologiyasi, ilmiy-tadqiqot obyekti, metodlari


Pedagogik aksiologiyaning mazmuni



Yüklə 1,07 Mb.
səhifə156/171
tarix24.12.2023
ölçüsü1,07 Mb.
#158739
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   171
3-KURS SIRTQI MAJMUA INNOVATSIYA

Pedagogik aksiologiyaning mazmuni. Pedagogik aksiologiyaning mazkur vazifa va funktsiyalari ilmiylik, amaliylik, tajriba birligini ifoda etuvchi pedagogik aksiologiya mazmunini ochib beradi.
Ilmiy jihat (aspekt) boshqa barcha ijtimoiy jarayonlarni aniqlab beruvchi, asosiy qadriyat sifatida ta’limni ko’rib chiqish asosida ta’limiy qadriyatlarni o’rganuvchi pedagogikaning yangi ilmiy yo’nalishi – pedagogik aksiologiyaning muammolari bo’yicha ilmiy tadqiqotlar o’tkazishni talab etadi. Bu erda asosiy vazifalardan biri sifatida aniq shart-sharoitlarni hisobga olgan holda, ta’limni qadriyatli bashoratlashni ilmiy asoslash aks etadi. Aksiologik bilimlarni tizimlashtirish maqsadida pedagogikadagi qadriyatli merosni o’rganish va pedagogik aksiologiyaning kategorial apparatini aniqlash ham kam bo’lmagan vazifa hisoblanadi.
Amaliy jihat o’quv rejalari va dasturlari tuzish, darslik va o’quv qo’llanmalarni yaratish, didaktik va metodik materiallarni ishlab chiqish, ta’lim va tarbiya kontseptsiyasini yaratishda ta’lim sohasi xodimlarining aksiologik bilimlardan foydalana olishini tahlil etadi.
Tajribaviy(praktik) jihat o’quvchi, talaba, o’qituvchilarning aksiologik ongi, munosabati, xulq-atvorini shakllantirish, ularni aksiologik yo’nalganligini rivojlantirishga doir aniq muammolarini hal etishga qaratilgan ta’lim muassasalari faoliyatini o’z ichiga oladi. Ularning vazifasi hozirgi vaqtda pedagogik aksiologiya nimani taqozo etsa, shularning barchasidan mohirona foydalanishni o’zida aks ettira olishdir.
Amaliy jihatni amalga oshirish to’liq ravishda aksiologik yo’nalganlikning nazariy asoslarini aniqlab beradigan ilmiy jihatni rivojlanganligiga va ta’lim sohasi barcha bo’g’inlari faoliyati yo’nalganligini shakllantirilganligiga bog’liq bo’ladi.
Pedagogik aksiologiyaning asosiy tushunchalari qatoriga quyidagilar kiradi: qadriyat, aksiologik ong, aksiologik dunyoqarash, aksiologik baholash, aksiologik munosabat, qadriyatli xulq-atvor, qadriyatli ustanovka, aksiologik yo’nalganlik, ta’lim, tarbiya.
Qadriyatlar qachonki, insonda aksiologik ong, aksiologik munosabat va ustanovkalar shakllantirilgan sharoitdagina, uning faoliyati va xulq-atvorini mo’ljalga olishga imkon beradi. Aksiologik yo’nalganlik yaxlitlikda shaxsning faoliyat va xulq-atvordagi aniq qadriyatlarga yo’nalganligini aks ettiradi, har bir aniq vaziyatlarda esa shaxs qadriyatli ong va qadriyatli munosabatlarga rahbarlik qiladi.
Aksiologik ong. “Ong”, “munosabat”, “xulq-atvor” kategoriyalarini psixologiya va falsafa o’rganadi. Ijtimoiy ong, ijtimoiy xulq-atvorni shakllantirish metodlarini esa pedagogika aniqlab beradi.
Falsafada ong odatiy usullar bilan tushuntirish va tadqiq etish mumkin bo’lmagan muhim ob’ekt sifatida qaraladi. Ong biologik substantsiyani aks ettirmaydi; u insonga hayotiy faoliyatni jismu joni doirasida amalga oshirishga imkon beradi; bevosita aloqasiz xilma-xil faoliyat turlariga kirishish, odamlar, madaniy qadriyatlar bilan o’zaro harakatida yuzaga chiqadi. Ya’ni, ong tufayli inson nafaqat aniq, balki mavhum muhitda ham yashay oladi.
Keng ma’noda “ong” inson hayotining muammosi va ijtimoiy jarayonlarning muammoliligini aks ettirish usullari sifatida izohlanadi.
Aniqroq qilib aytganda esa, ong deganda faqat insonga xos ob’ektiv borliqni aks ettirishning oliy shakli; uning dunyoga va o’z-o’ziga munosabat usuli; insonning ob’ektiv dunyo va shaxsiy hayoti mazmunini anglashida faol ishtirok etuvchi psixik jarayonlar birligi tushuniladi.
Inson falsafada ong tashuvchisi sifatida qaraladi. Inson hayotining maqsadi shaxsiy ongni yaratish, ya’ni o’z dunyosini anglashni aks ettiradi. Ong o’zida yuksak qadriyatni aks ettiradi. “Ong” tushunchasi (lotinchadan tarjima qilingandi conscire – bilish, xabardor bo’lish degani) ongsiz va ong osti holatdan farqli ravishda, o’zida ruhning o’rnini anglash uchun qo’llaniladi.
Falsafada ijtimoiy ong va individ ongi farqlanadi. Ijtimoiy ong deganda, uning iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy hayotini aks ettiruvchi jamiyat rivojining ma’naviy natijasi tushuniladi. Individ ongi esa, o’zida uning ichki ma’naviy dunyosini aks ettiradi. Bundan tashqari, u individning o’zidagi ijtimoiy aloqalarni ham qayd etadi (soznanie) – hamkorlikdagi bilish).
Aksiologik ong – axloqiy-ma’naviy tarzda o’z hayotiy faoliyati sohasi sub’ektlarini aniqlashga imkon beruvchi ob’ektiv borliqni aks ettirish shakli; ma’naviy qadriyatlar dunyosi sifatida borliqni aks ettirish asosida insonda dunyoni va o’zining shaxsiy dunyosini anglashida faol ishtirok etuvchi psixik jarayonlar birligi.
Aksiologik ong ijtimoiy ongning maxsus shakli bo’lib, pedagogik voqelik va hayotni qadrlash tuyg’usi asosida o’ziga xos tarzda aks etadi. Unga asoslangan munosabat, yondashuv, amaliyot va faoliyat xam boshqalardan farq kiladi.
Aksiologik ong o’z navbatida aksiologik hissiyot, idrok, qadrlash tuyg’usi, aksiologik kechinmalar, qadriyat mazmunini ifodalaydigan tushuncha, xulq-atvor va tafakkur bilan uzviy bog’liq. Kimdadir aksiologik idrok va qadrlash tuyg’usi boshqalardan ko’ra kuchli bo’lsa, uning qalbida qadrlash tuyg’usi bilan bog’liq hissiyot ko’proq namoyon bo’lishi mumkin. Bunday kishida muayyan qadriyatni qadrlash bilan bog’liq mas’uliyat va unga asoslangan faoliyat ham boshqalarga qaraganda yaqqolroq ko’zga tashlanib turishi tabiiy.
Aksiologik bilishda qadrlash tuyg’usi va aksiologik idrok muhim ahamiyat kasb etadi. “Qadrlash tuyg’usi” aksio­logik ongning eng asosiy komponentlaridan biri bo’lib, tabiiy va ijtimoiy hodisalarning qadrini anglash, zavq olish, lazzatlanish, mas’uliyat hissini sezish kabilarda namoyon bo’ladigan tushunchadir. Olam va odam o’z ahamiyati bilan qadrlidir. Olamdagi voqea, hodisa va jarayonlar odamlar uchun qadrlash tuyg’usini uyg’otuvchi asosdir.
Shu ma’noda, ob’ektiv vokelikka, uning namoyon bo’lish shakllari, ko’rinishlariga bevosita va bilvosita bog’liq bo’lmagan qadrlash tuyg’usi hamda uning mutlaq sub’ektiv xususiyat ekanini e’tirof etish qiyin. Zero, qadrlash uchun kadrlanadigan “nimadir”, ya’ni moddiylik yoki ma’naviylik bo’lmog’i, qadrlash tuyg’usini uyg’otish uchun esa ana shy tuyg’uning vujudga kelishi uchun sabab bo’ladigai “ob’ekt” bo’lmog’i lozim. Shu ma’noda, olam, odam va hayot deb atalmish serqirra ma’volar qadrlash tuyg’usini shakllantiradigan asosiy mezonlardir.
Aksiologik dunyoqarash – ijtimoiy dunyoqarashning o’ziga xos tarkibiy qismlaridan biri sifatida, kishilarning voqelikka qadriyatli munosabati va faoliyatining yo’nalishini belgilaydigan aksiologik qarashlar, tamoyil va maslaklar majmuasi. Dunyoqarashning aksio­logik shakli qadriyatli yondashuv, aksiologik munosabat. aksiologik baxolash kabilarni kamrab oladi.
Aksiologik yondashuv. Pedagogik voqelikni o’rganishda ilmiy bilishning boshqa usullari bilan birga aksiologik yondashuv ham katta ahamiyat kasb etadi. Ilmiy bilishda olam, undagi narsa, voqea, hodisa va boshqalar qadriyatning inson ongida aks etishi, qadriyatni anglashning reallikka mos kelish qonunlari, daraja va imkoniyatlari, uning me’yor va mezonlarini aniklash nihoyatda muhim.
Bunga umumiy bilish nazariyasi (gnoseologiya) bilan bir qatorda ijtimoiy va tabiiy fanlarning ma’lumotlariga, ayniqsa, valeologik va aqliy faoliyatning dalillariga, mantiq, tilshunoslik kabi fanlarning yutuqlariga tayaniladi. Qadriyatlarni anglash, o’rganishda hissiy va aqliy bilishning uyg’unligi, hukm, xulosalarning tushuncha, atama va belgilarni umumlashtirishi, tabiiy va ijtimoiy voqelikdagi aksiologik jarayonlarni tahlil qilish, ularga tayanib amaliy faoliyat yuritish bir-biri bilan bog’liq uzviy jarayonni anglatadi.
Pedagogik hodisalarga ijtimoiy-sotsiologik yondashilganda voqea va jarayonlar orasidagi o’zaro bog’liklik, tarixiy aloqadorlik, sabab va oqibat bog’lanishining ifodasi bo’lgan uzluksizlikning ahamiyati ortadi. Bunday yondashuv qadriyatlarga, ular bilan bog’lik jarayonlarga nisbatan qo’llanilganda ijobiy ilmiy va amaliy natija beradi.
Bunda pedagogik qadriyatlar tartibsiz namoyon bo’ladigan va bir-biri bilan bog’lanmagan ijtimoiy hodisa sifatida emas, balki u yoki bu davr, ijtimoiy sub’ekt va boshqalar bi­lan bog’langan aksiologik tizimlar xamda ularning elementlari sifatida namoyon bo’ladi. Qadriyatlarga bunday yondashishda ijtimoiy fanlarning yutuqlari, tarix, et­nografiya, demografiya va sotsiologik tadqiqotlarning natijalariga tayanish yaxshi natija beradi.
Ammo qadriyatlarni o’rganishda faqat ana shular bilan chegaralanib qolish yaramaydi. Balki reallik, uni namoyon bo’lish shakllari, voqea-hodisa va jarayonlarning qadri, ijtimoiy ahamiyatini anglash ham nihoyatda muhim. Bunda ularning ijtimoiy funktsiyalari, o’ziga xos tashqi ta’sirini anglash katta ahamiyat kasb etadi. Faqat aksiologik yondashuv asosida qadriyatlarning ilmiy kategoriya sifati­dagi mohiyati, boshqa tushunchalardan farqi, ob’ektiv asoslari va sub’ektiv anglab olinishi, namoyon bo’lish shaklla­ri haqida to’g’ri ma’lumotlar olish mumkin.
Demak, olamni o’rganish va voqelikning qonuniyatlarini tavsiflashda gnoseologik, sotsiologik va aksiologik yondashuvlarning uyg’unligi, zarur bo’lganda ulardan foydalanishda kompleks munosabat lozim. Koinotdagi hodisalarning sayyoramiz hayotiga, Er yuzida ro’y berayotgan jarayonlarning odamlar umri va turmush tarziga ta’siri, ekologik halokat va urush xavfi natijasida insoniyatni saqlab qolish ehtiyojlari, odam zoti va tiriklikning eng qadrli ma’volar sifatidagi ahamiyatini to’g’ri anglash uchun aksiologik yondashuvga tayangan ma’qul.

Yüklə 1,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   171




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə