1-Ma’ruza mavzusi: Boshlang‘ich ta’lim pedagogikasi fanining mazmuni, predmeti, metodologiyasi, ilmiy-tadqiqot obyekti, metodlari



Yüklə 1,07 Mb.
səhifə157/171
tarix24.12.2023
ölçüsü1,07 Mb.
#158739
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   171
3-KURS SIRTQI MAJMUA INNOVATSIYA

Aksiologik munosabat. Falsafada munosabat deganda, undagi yashirin xususiyatlarni aniqlash va amalga oshirish sharti sifatida hayotiy narsa-hodisalarga aloqadorlik usuli tushuniladi. Munosabat narsada aks etmaydi va narsalarning xususiyatlarini ham aks ettirmaydi, u nimanidir qilishda ishtirok etish shakli sifatida, nimanidir ahamiyatini ochib beradi. Munosabat ikkinchisi uchun birinchisining ahamiyatini tavsiflovchi narsa-hodisalar va sub’ekt orasidagi aloqalarni ko’rsatib beradi. Falsafada “qadriyat” tushunchasi “ahamiyat” tushunchasi bilan yaqin. Qachonki, sub’ekt ob’ekt bilan harakatga kirishganda, inson faoliyatining moddiy va ma’naviy dunyosini qamrab olganda ob’ektning yoki uning xususiyatlarining aniq ahamiyati namoyon bo’ladi. Faqat faoliyatdagina qadriyat o’zining muhim mavjudlik maqomini oladi.
Aksiologik munosabat – shaxsiy va ijtimoiy ahamiyatlilikning o’zaro aloqadorligini aks ettiruvchi shaxsning ichki pozitsiyasi.
Olamga aksiologik munosabat shakllanishi xar bir kishining etuk inson sifatida voyaga etishi jarayonining tarkibiy kismidir. Kishi kamolot sari borar ekan, o’zi, o’zgalar, tashqi muhit, olam, umr, vaqt, davr va boshqalarning xaqiqiy qadrini anglayveradi. Bu foniy dunyoning o’tkinchiligi, umr mazmuni, yashashning maksadi, olamning abadiyligi karshisidagi lahzalar kadriga etishni o’rgana boradi. Bu esa mazkur kishida aksiologik muno­sabat shakllanishining shaxsiy jarayonini anglatadi.
Aksiologik munosabat fakat yakka. alohida shaxsgagina tegishli xodisa emas. Balki u ijtimoiy guruh, qatlam, millat, davlat, jamiyatga xam tegishli bo’lishi mum­kin. Shu ma’noda, aksiologik yondashuv va kadriyatli munosabatning individual xamda ijtimoiy namoyon bo’lish darajalarining alohida, xususiy va umumiy shakllarini ajratib ko’rsatish mumkin.
Aksiologik baholash. Voqelikka, undagi narsa va hodisalarga nisbatan qadriyatli munosabat hamda ularni qadrlash tuyg’usi asosida shakllangan hukm va xulosalar aksiologik bahoda aks etadi. Aksiologik baho iqtisodiy qiymatdan farq qiladi, unda qadrlash tuyg’usi asosiy ahamiyat kasb etadi. SHu nuqtai nazardan olganda, aksiologik baholash narsa, hodisa yoki jarayonning iqtisodiy qiymatini, foydaliligini belgilash orqali emas. balki uning sub’ekt ma’naviy olami uchun qanday axamiyat kasb etishini aniqlash orqali amalga oshadi.
Ikkinchi tomondan esa, aksiologik baholashni narsa va voqealarning iqtisodiy qiymati bilan mutlaqo aloqasi yo’q, deb bo’lmaydi. Aslida, voqelikni namoyon bo’lish shakllarining iqtisodiy qiymatini aniqlash, ularning ijti­moiy zarurligini, keraklilik darajasini belgilash, ularga axloxiy-estetik yondashish va aksiologik baholash bir-biri bilan uzviy bog’langan hodisalardir.
Pedagogik vokelikni aksiologik baholash istalgan ijtimoiy voqelikni baholashdan o’ziga xos jihati bilan farq qiladi. Bunda ta’limning maqsadi, mazmuni, pedagogika nazariyasi va amaliyotining so’nggi yutuqlari kabilar e’tiborga olinadi, voqelikni baxolash va unga nisbatan munosabatni taxlil kilganda ta’lim oluvchi shaxsiga qadriyat nuqtai nazaridan yondashuv ustuvor bo’ladi.
Muayyan pedagogik hodisaga aksiologik yonda­shuv asosida baxo berilganida uning muayyan bir davrda ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etishdagi ahamiyati, qadr-qimmati nuqtai nazaridan ajralib turishi, o’ziga xosligiga e’tibor beriladi. Bunda mazkur davrning yutuqlari, pedagogik fikrlar taraqqiyotidagi hissasi, ularning keyingi davrlar uchun qay darajada qadrli bo’lgani hisobga olinadi. Bu ayniqsa, pedagogik fikrlar, nazariya va yondashuvlarga aksiologik baho berganda yaqqol ko’rinadi.
Pedagogik jarayonni aksiologik baholashda nafaqat o’quvchining iqtidori, qobiliyati, iste’dodi, uning bilish imkoniyatlari, balki “noyob hodisa (fenomen)” sifatida qarash ustuvor bo’la­di. Bunda kuyidagilar e’tirof etiladi:
- shaxs pedagogik jarayonning ob’ekti emas, sub’ekti sifatida aks etadi;
- shaxs – qandaydir tashqi maqsadlarga erishish vositasi emas, ta’lim tizimi maqsadi;
- har bir ta’lim oluvchi qobiliyatli, ko’plab ta’lim oluvchilar iqtidorli;
- shaxsning muhim sifatlari sifatida yuksak axloqiy qadriyatlar (yaxshilik, sevgi, mehnatsevarlik, vijdon, qadr-qimmat, fuqarolik va boshqalar) aks etadi;
- pedagogik muhabbat, ta’lim oluvchilar taqdiriga qiziqish bilan qarash;
- ta’lim oluvchiga yuksak ishonch bilan qarash;
- hamkorlik, muloqot mahorati;
- to’g’ridan-to’g’ri majburlashdan voz kechish;
- ijobiy rag’batlantirishning muhimligi;
- ta’lim oluvchi shaxsiga ta’lim sub’ekti, faollik va erkin tanlash sohibi sifatidagi munosabat.

Yüklə 1,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   171




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə