5.O‟z-o‟zini takomillashtirish ehtiyoji. O‘z
qobiliyatini yanada namoyon
qilish, ularni rivojlantirish, ijodiy faoliyatda bo‘lish, o‘z hayoti mazmunini anglab
yetishga intilish.
A.Maslou fikricha, yuqori pog‘onadagi motivlar 1 va 2 pog‘onadaga
ehtiyojlar yetarli ravishda qondirilgandan so‘nggina o‘z faolligini namoyon etadi.
Rahbar o‘z itoatidagi xodimga xos dolzarb ehtiyojni bilgan taqdirdagina unga mos
munosabat turini qo‘llash imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Demak, qondirilgan ehtiyoj faoliyatga turtki bo‘ladi va dolzarb ehtiyoj esa
faoliyatni boshqaruvchi asosiy zahiradir. «Odamlarga pul kerak bo‘lsa ham, lekin
ular bajarayotgan ishlaridan qoniqishni va bu bilan faxrlanishni xohlaydilar».
Yuqoridagi motivlar iyerarxiyasi haqidagi A.Maslou ta‘limoti
tashkilot
xodimlari xulqini tushunishga, ularni maqsadli yo‘nalishda boshqarish uchun zarur
sharoitlarni yaratishda ancha qo‘l keladi. Tan olinish ehtiyojini tashkilot miqyosida
qondirish xodimni tashkilot hayotiga, boshqaruv qarorlariga
jalb etish orqali
amalga oshirilishi mumkin. Aynan shu ehtiyoj insonni o‘z kasbining mohir ustasi
bo‘lishga undaydi, uni yetuk mutaxassis sifatida boshqalar tan olishi uchun
yetakchi omil bo‘ladi.
Maslou fikricha o‘z-o‘zini takomillashitirsh ehtiyoji
ayrim kimsalargagina
tegishli, chunki ko‘pchilik odamlar birlamchi va quyi ehtiyojlarni qondirish
g‘amida bo‘ladilar.
Quyida bayon etiluvchi D.Makkeland ta‘limoti esa yuqoridagi A.Maslou
nazariyasi bilan qisman hamohang va bu ta‘limot mazmuni ko‘proq rahbarlarga
oid xulqni tushunishga imkon beradi. D.Makkeland ta‘limotiga
binoan u yoki bu
rahbar o‘z boshqaruv faoliyatini quyidagi ehtiyojlardan birontasi doirasida amalga
oshirishi mumkin:
Dostları ilə paylaş: