1-mavzu Hayot faoliyati xavfsizligi faniga kirish. Reja: Hayot faoliyati xavfsizligini ta`minlash. Hayot faoliyati xavfsizligi haqida tushuncha


Ishlab chiqarish binonalarini isitish



Yüklə 1,07 Mb.
səhifə36/75
tarix11.10.2023
ölçüsü1,07 Mb.
#126735
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   75
1-maruza sirtqi

Ishlab chiqarish binonalarini isitish
Ishchi-xizmatchi xodimlar uzoq va doimo bo‘ ladigan ishlab chiqarish binolarini ma’lum haroratda ushlab turish uchun isitish qurilmalaridan foydalaniladi. Isitish tizimi mahalliy va markazlashgan holda bo‘!ishi mumkin. Yuzasi 500 mi gacha bo‘lgan oddiy binolami isitishda mahalliy isitish qurilmalaridan foydalaniladi. Yong‘in xavfsizligi jihatidan A,B,D kategoryalarga mansub ishlab chiqarish korxonalarida mahalliy isitish qurilmalaridan foydalanishga berilmaydi.
Kimyo sanoati korxonalarida markazlashgan isitish tizimidan foydalaniladi. Isitish esa bug1, suv va havo yordamida amalga oshirilishi mumkin. Lekin ishqoriy metallar, metall-organik birikmalar, karbidlar va portlovchi. zaharli moddalar ajralib chiqishi mumkin bo‘lgan binolarda suv va suv bugi bilan isitishga yo‘l qo‘yilmaydi. Bunday ishlab chiqarish binolarida havo bilan isitish usulidan foydalaniladi. Bunda issiq suv yoki bug1 bilan qizdirilgan kaloriferlar orqali havo juftlashib, so‘ngra binoga beriladi. Havo bilan isitish shamollatgich bilan birga qo‘llaniladi. Bunda kalorifeming xavfsiz va unumli ishlashi uchun shamollatgich bilan bog‘langan holda foydahaniladi. 70°C gacha qizdirilgan havo ish zonasiga 3,5 m balandlikdan, 45°C haroratli havo esa poldan 2 m balandlikdan beriladi. Suv va havo bilan isitish yong‘in nuqtayi nazaridan xavfsiz, gigiyena jihatidan ham qulay hisoblanadi. Suv bilan isitishda radiatorlar yuzasi harorati 85°C da noshmaydi. Bunday haroratda changlaming yonishi uchun imkoniyat bo‘imaydi.
Hozirgi vaqtda ishlab chiqarish binolarini qurishda devor, pol, tom oralig'ida joylashtiriladigan va issiq suv yoki bug1 bilan isitiladigan isitish panellarini keng qo‘llash hisobga olingan. Ular gigiyena jihatidan juda qulay bo‘lib, ishlatilishi mumkin bo‘lgan binolarda qo‘llanilmoqda
2.Ishlab chiqarishda yoritish va uni meyorlari. Tabiiy va sun’iy yoritish. Yoritishga qо‘yiladigan sanitar-gigiyenik talablar. Yoritish vositalari va turlari.
Yorug’lik insonning hayoti faoliyati davomida juda muhim o’ringa ega hisoblanadi. Ko’rish inson uchun asosiy ma’lumot manbai hisoblanib, umumiy olinadigan ma’lumotning taxminan 90% ko’z orqali olinadi.
Ishlab chiqarish sharoitida yoritilganlik ishchilar salomatligiga zarar yetkazmasligi uchun u ko’zni zo’riqtirmaydigan, ish vaqtida binoning hamma qismlarida bir tekis taqsimlangan bo’lishi talab qilinadi. Yorug’lik ko’zni qamashtirmaydigan bo’lishi, boshqacha qilib aytganda, yorug’lik nurlari ko’zga to’g’ridan-to’g’ri tushmasligi kerak.
Yorug’likning spektral tarkibi shunday tanlanishi kerakki, natijada kishi atrofdagi buyumlarning ranglarini to’g’ri qabul qilsin. Ish joylarida keskin ajralib turuvchi soyalar bo’lishi va ish joylari bilan atrofdagi muhitning yoritilganligi juda katta farq qilmasligi kerak, aks holda kishi ko’zini bir sharoitdan ikkinchi sharoitga tez-tez o’zgartirib turishi natijasida ko’zining akkomodatsiya xususiyati buzilib, ko’rish organlarining toliqish holati ro’y beradi.
Shuning uchun ham korxonalarni me’yoriy yoritish sifatli mahsulot ishlab chiqarishni ta’minlash bilan birga ishlab chiqarish sharoitini yaxshilaydi, ishchilarni charchashdan saqlaydi va mehnat unumdorligini oshiradi.
Me’yoriy talablar darajasida yoritilgan hududlarda ishlayotgan ishchilarning kayfiyati yaxshi bo’ladi, shuningdek xavfsiz mehnat sharoiti yaratiladi va buning natijasida baxtsiz hodisalar keskin kamayadi.
Inson ko’zi orqali binafsha rangdan to qizil ranggacha bo’lgan yorug’lik nurlarini sezadi. Ishlab chiqarish korxonalarini yoritishning mukammalligi sifat va son ko’rsatkichlari bilan tavsiflanadi.
Son ko’rsatkichlariga nur oqimi (lm), yorug’lik kuchi kandela (kd), yoritilganlik (lyuks), nur qaytarish koeffitsientlari kiradi.
Yuzaga tushayotgan nur oqimi shu yuzadan qaytsa, bu nur qaytarish koeffitsienti bilan belgilanadi(0,02-0,95 gacha)*.

Yüklə 1,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   75




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə