1-mavzu Hayot faoliyati xavfsizligi faniga kirish. Reja: Hayot faoliyati xavfsizligini ta`minlash. Hayot faoliyati xavfsizligi haqida tushuncha


Ishlab chiqarishdagi zaharli moddalarning inson organizmiga ta’siri va ularga qarshi chora-tadbirlar



Yüklə 1,07 Mb.
səhifə41/75
tarix11.10.2023
ölçüsü1,07 Mb.
#126735
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   75
1-maruza sirtqi

3.Ishlab chiqarishdagi zaharli moddalarning inson organizmiga ta’siri va ularga qarshi chora-tadbirlar
Ma’lumotlarga qaraganda hozirgi kunda dunyoda 5 mln. dan ortiq kimyoviy moddalar ma’lum bo‘lib, shulardan 600 mingga yaqini ishlab chiqarishlarda qo‘llaniladi. Bu mahsulotlar bir qator korxonalarda xomashyo sifatida foydalanilsa, boshqa ishlab chiqarish tarmoqlarida yarim mahsulot, tayyor mahsulot, chiqindi aralash mahsulotlar va boshqa ko‘rinishda qollaniladi. Lekin hamma kimyoviy moddalar zaharli xususiyatga ega bo‘lib, ular inson organizmiga oz miqdorda tushsa ham kimyoviy zaharlanishga, sog‘liqning buzilishiga olib keladi. Bu moddalar qattiq, suyuq, gaz yoki bug‘ holatlarda bo‘lishi mumkin. Zaharli moddalar organizmga umumiy yoki mahalliy ta’sir qilishi mumkin. Umumiy zaharlanishda zaharli moddalar qonga so‘rilb ayrim organlar - asab, nafas olish, yurak- qon tizimlarini ishdan chiqaradi. Mahalliy zaharlanishda ayrim to‘qimalar

  • terming yallig‘lanishi, kuyishi va boshqa salbiy oqibatlar yuz beradi. Zaharlanishning ikki shakli mavjud: a) o‘tkir zaharlanish; b) surunkali zaharlanish. o‘tkir zaharlanish qisqa muddatda yuz berib, katta hajmdagi talafotni yuzaga keltiradi. Surunkali zaharlaninsh organizmga oz miqdorda tushadigan zaharli moddalarning uzoq ta’siri natijasida ro‘y beradi. Zaharli moddalar quyidagi salbiy oqibatlarga sabab bo‘ladi:

  • yuqori nafas yo’llarining izdan chiqishi;

  • sil, buyrak yetishmovchiligi, yurak-qon tomirlar tizimi kasalliklarining avj olishi;

  • allergik (astma, ekzema) kasalliklarning yuzaga keltirishi,

  • mayib-majruhlikka olib kelishi;

  • o‘sma kasalligining rivojlanishi va boshqalar.

Zaharli moddalarning organizmga tushishi, nafas yo‘li, teri qoplamasi va oshqozon-ichak yo‘li orqali bo‘lishi mumkin. Kimyoviy moddalarning zaharli ta’siri bir qator ko‘rsatkichlarga bog‘liq, jumladan: organizmning ta’sirchanligi, organizm turi, jinsi, yoshi, zaharli moddaning kimyoviy tuzilishi, kimyoviy xususiyatlari, miqdori, ta’sir harorati, bosimi va boshqalar. Zaharli moddalarning organizmga ta’sir ko‘rsatish darajasiga qarab 4 sinfga boMinadi: o‘ta xavfli, yuqori xavfli, o‘rtacha xavfli va kam xavfli moddalar (GOST 12.01.2007-76 ga asosan). Zaharli moddalarning ish zonasidagi miqdori quyidagi usullar yordamida aniqlanadi:

  • laboratoriya usulida;

  • ekspres-tahlil uslubi;

  • avtomatik gaz tahlil qilish uslubi.

Laboratoriya uslubi bilan zaharli moddalarning miqdori miqdoriy tahlii uslublari yordamida aniqlanadi. Ekspres-tahlil uslubida havodagi zaharli moddalar kimyoviy razvedka qo‘shin asbobi VPXR orqali Q metodlari asosida indikatorli trubkalarning bo‘yalishi yordamida aniqla­nadi. Avtomatik tahlil uslubida zaharlangan havo gazanalizatorlar yor­damida topiladi.
Ish zonasidagi zaharli moddalarga qarshi quyidagi tadbirlar qo‘llaniladi:
zaharli moddalami texnologik jarayonlardan bartaraf etish;
ishlab chiqarish texnologiyasida qo‘llaniladigan asbob-uskunalarni takomillashtirish;
sanitar-gigiyenik tadbirlami o‘tkazish.
Bunga xomashyoni gigiyenik standartlash, ish zonasidagi havoni nazorat qilish, havo larkibidagi zaharli modda miqdori oshganda gigiyenik talablami amalga oshirish, shaxsiy himoya vositalarini qo‘llash, samarali shamollatish tizimlarini o‘matish, ishchilarga sanitariya yo‘riqnomalarini berish va boshqa omillar kiradi.
Sanitariya va davoiash-profilaktika tadbirlari. Bu tadbirda zaharli moddalar bilan ishlaydigart shaxslarga mehnat qilish qonuniyatida: ish kunini chegaralash, mehnat ta’tilini ko‘paytirish, nafaqaga birmuncha erta muddatlarda chiqarish ko‘zda tutiladi. Zaharli moddalar ta’siri yuqori bo‘lgan korxona, zavodlarda ayollar va o‘smirlaming ishlashiga ruxsat etilmaydi. Zaharli moddalarning ish zonasi havosida yo‘I qo‘yiladigan oxirgi darajasi (YQOD) GOST 12. 1005 -76 ning «Ish zonasi havosi » bo‘limida ko'rsatib o‘tilgan. Bu me’yoriy hujjatda ishchining zaharli moddalarning kunlik 8 soat ish davomidagi yoki haftasiga 41 soatdan oshmagan mehnat faoliyati davrida sog‘lig'iga yoki kasallanishiga yetarli ta’sir qilmaydigan miqdori tushiniladi. Ba’zi bir zaharii moddalarning ish zonasida yo‘l qo‘ysa bo‘ladigan oxirgi darajalari (YQOD) jadvalda berilgan.



Yüklə 1,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   75




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə