1-mavzu Hayot faoliyati xavfsizligi faniga kirish. Reja: Hayot faoliyati xavfsizligini ta`minlash. Hayot faoliyati xavfsizligi haqida tushuncha


Changlarga qarshi chora-tadbirlar



Yüklə 1,07 Mb.
səhifə40/75
tarix11.10.2023
ölçüsü1,07 Mb.
#126735
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   75
1-maruza sirtqi

2.Changlarga qarshi chora-tadbirlar.
Chang kasalligining oldini olishda quyidagi chora-tadbirlar qo’llaniladi:

  • qonuniy tartibdagi choralar;

  • changning hosil bo’lishi va tarqalishiga qarshi chora-tadbirlar;

  • shaxsiy muhofaza tadbirlari.

O‘zbekiston Respublikasining Mehnat Kodeksiga asosan, ishlab chiqarish changlarining ta’sirida ishchilar ishga kirishdan oldin tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi. o‘pka sili va uning o‘pkadan tashqaridagi turlari, yuqori nafas yo’llari va bronxlar kasalligi, yurak-tomir tizimlari kasalliklari va boshqalar bilan og‘rigan kishilar changli ishlarga qabul qilinmaydi. Jumladan, 20 yoshgacha bo’lgan shaxslar changli ishlarga qo‘yilmaydi. Chunki pnevmokonioz yoshlarda tezroq rivojlanadi va kattalardagiga qaraganda og’irroq o‘tadi.
Sanoat korxonalaridagi xonalar va ish joylaridagi havo muhitidagi changlar ishlayotganlar sog’ligiga xavf solmasligini ta’minlash maqsadida chang miqdorining yol qo‘yiladigan oxirgi darajasi (YQOD), sanitargiь юбдббюэ giyenik me’yorlari belgilangan hujjatlar asosida tashkil etiladi. Eng ko‘p tarqalgan va xavfli changlarning umumiy sanitariya (YQOD)si SN245-71 va GOST 12.01.005-76 da «Ishchi zonasining havosi» umumiy sanitari- ya-gigiyena talablari keltirilgan. Eng zararli changlarga eng past miqdor belgilangan yo‘riqnoma yoki ba’zi bir changlarning yo`l qo‘yiladigan ox­irgi darajasi (YQOD) jadvalda keltirilgan.


Ba’zi bir changlaming yo‘l qolyiladigan oxirgi darajasi




Moddalar nomi

YQOD mg/mi

Xavflilik
sinfi

Aluminiy va uning qotishmalari (aluminiyga hisob qil- ganda)

2

4

Aluminiyning dezintegratsiya ko'rinishdagi oksidi (glinazyom, elektrokorund, monokorund bo‘lishiga qa- ramay)

4

4

Kremniy saqlovchi changlar:
a) kristall kremniy (II) oksid, kvars, kristobalit. tridimit, changda ular 70% dan yuqori;

1

3

b) tumansimon aerozolli ko'rinishdagi amort kremniy (11) oksidi, changda u 70% dan yuqori bo'lganda;

1

3

d) kristall kremniy (11) oksid changda 10 dan 70% gacha bo‘lganda (granit, shamot, sluda xomashyo, ko‘mirtog' jinsining changi va boshqalar);

2

4

e) kristall kremniy (11) oksid changda 2 dan 10% ga­cha bo‘lganda (yonadigan slanetslar, ko‘mir tog‘ jinsi tuproq changlari va boshqalar);

4

4

o‘simlik va hayvon mahsulotlarining changi: 10% dan ortiq kremniy (11) oksid aralashganda (kanop. paxta. zig‘ir poyasi, jun, momiq va boshqalar);

2

4

2 dan 10% gacha kremniy (II) oksidi aralashsa:

4

4

2% dan kam kremniy (11) oksidi bo'Isa (un va yog‘ changlari);

6

4

ularda 10% dan ortiq asbest bo‘ganda:

4

4

shisha va mineral tola, sement, apatit, tuproq changlari;

6

4

uglerod changi: neft, slanets. elektrod koksi.

6

4

Ishlab chiqarishda changning hosil bo’lishi va tarqalishining oldini olishda texnologik tadbirlar muhim o‘rin tutadi. Bunday tadbirlarga qo‘lda bajariladigan ishlarni avtomatik usullarga o‘tkazish, mexanizatsiyalash, changli xorialaming zichligini (germetik) oshirish, texnologik jarayonlarni uzoqdan boshqarish, xonalarni havo almashtirgichlar bilan jihozlash va boshqa uslublar qoMlaniladi. Masalan, mashinasozlik sanoatida qo‘llaniladigan quyma mahsulotlami qum oqimida tozalashni suv bilan tozalashga o‘tkazish, ishlab chiqarishlarda qo‘llaniladigan mayda kukun holdagi mahsulotlami donador holga o'tkazib yoki pasta ko‘rinishda ishlatish va boshqalar chang ajralish jarayonining keskin kamayishiga olib keladi. Shuningdek, shaxsiy saqlovchi vositalardan resperatorlar ish zonasidagi changlarning inson organizmiga tushishidan saqlaydi. Bunday resperatorlar qatorida bir marta ishlatiladigan «Lepestok» va havodagi changlami tozalab beradigan «Astra-2» rusumlisi qo‘llaniladi. Ishlab chiqarish zonasi (texnosfera)da hosil bo’ladigan changlar inson organizmiga asosan nafas yo`li va teri orqali ta’sir ko‘rsatadi. Uning ta’sir xususiyati quyidagi omillarga bog’liq bo’ladi, jumladan, chang zarrachalarining fizik-kimyoviy xossalari, katta-kichikligi, shakli, konsentratsiyasi, ta’sir muddati, kasb turi, metereologik sharoitlar, organizmning shaxsiy reaksiyasi, nafas yo’llarining filtrlash xususiyati, organizmning qarshilik ko‘rsatish qobiliyati va boshqa ko‘rsatkichlar. Texnosferadagi changni va uning miqdorini nazorat qilish muhim ahamiyatga ega. Buning uchun ishlab chiqarishdagi chang manbalari, uning hosil bo’lish sabablari, ma’lum hajmdagi havoda bo’lgan changning sifat tarkibi va uning miqdorini hisobga olgan holda gigiyenik baho beriladi. Olingan ma’lumotlar asosida ishchilar salomatligini saqlash va sog‘aytirish choralari belgilanadi. Buning uchun ishlab chiqarish jarayonini, jihozlarni, xomashyoni, uni tashish va ishlatish usullarini o‘rganish orqali hosil bo’ladigan changning kimyoviy tarkibiga baho beriladi. Xomashyoni ishlatish texnologiyasiga (mexanik, termik, kimyoviy) ko‘ra ishlab chiqarish jarayonlaridaturli tartibli changiar hosil bo’ladi, shuningdek, tayyor mahsulotni qayta ishlash jarayonida ham (maydalash, charxlash, sayqal berish, silliqlash, jilo berish, tashish, sochiluvchan mahsulotlami tortish, qadoqlash, metalli materiallarni qayta ishlash (termik, kimyoviy) zararli changiar hosil bo’ladi.

Ish zonasidagi havo tarkibidagi chang miqdori havo sinamasi jihozida aniqlanadi. Buning uchun changli havo taxminan poldan 1,5 metr, balandlikdagi ish joyidan 1-3,5 m va undan ortiq masofalardan nainunalar

olinib tekshiriladi.Tekshirishda tortish usuli qo‘llaniladi. Ish zonasidan chang miqdorini havoning hajm birligida (1 I yoki 1 m3) changning og‘irligi milligramlarda aniqlanadi. Bundan tashqari, changlaming dispersligi ham aniqlanib, uning yo‘l qo'ysa bo’ladigan oxirgi darajasiga (YQOD) solishtiriladi.

Yüklə 1,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   75




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə