1-mavzu: Kirish. Adabiyot(bolalar adabiyoti) fanining maqsad va vazifalari Reja: O`zbek bolalar adabiyoti istilohi va uning paydo bo`lishi



Yüklə 0,93 Mb.
səhifə23/70
tarix04.05.2023
ölçüsü0,93 Mb.
#108478
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   70
1-mavzu Kirish. Adabiyot(bolalar adabiyoti) fanining maqsad va

IPT-sharhlovchi ma’ruza.
IAT- mavzuga doir video ma’ruza, slayd.
Adabiyotlar: I [1,2,]; II [3,4,6]; III [16,17,19,20,21], IV, V,VI
Tayanch so’z va iboralar: Miraziz A’zam,shoir, ijod, «G’alati tush» , «Metallurg», «Aqlli bolalar» (1969, doston), «Senga nima bo‘ldi» (1970), «Yer aylanadi» (1973), «Yerga dovruq solamiz» (1970), «Bir cho‘ntak yong‘oq»,“Kamolning olmasi” (1964), “Biz sayohatchilar” (1966), “Arslonbob sharsharasi” (1969), “Nur daryo” (1975), “Olatogʻ ‒ lolatogʻ” (1978), “Guldesta” (qirgʻiz tilida, 1979), “Oslik na shesti nogax” (“Olti oyoqli xoʻtikcha” latish tilida, 1983, tarjimon Leons Briyedis), “Quyushqon” (1984), “Arslonbob afsonasi” (1988), “Pesnya javoronka” (rus tilida, tarjimon Yunna Morits), “Uch boʻtaloq va sirli qovoq” (1990), “Top jildiz” (qirgʻiz tilida, 1991), “Topishmoqli alifbe” (1997), “Hushtak chalib turasiz” (A. Obidjon bilan hamkorlikda, 2002), “Oltin yolli tulpor qissasi” (2003), “Orzularim ‒ qoʻsh qanotim” (2003), “Parodiyalar” (kinoya, muqallid, lutf, 2010), “Osmondagi darvoza” (saylanma, 2012), “Qirq yolgʻondan bir yolgʻon”, “Gʻoz karnaychi boʻlmasin” (2015), “Maxfiy jang” (parodiyalar kitobining toʻldirilgan nashri, 2016), “Orzularim qoʻsh qanotim”, “Sichqonning orzusi”, “Maqtanchoq chumoli”.


  1. M.A’zam shehrlarida hayotga munosabat, ijtimoiy ziddiyatlarning badiiy talqini. Adib dramalarining maktab sahnasidagi ahamiyati.



Miraziz A’zam ham bolalar, ham kattalar shoiri, ayni chog’da o‘tkir publitsist, yetuk tarjimon hamdir. U 1936 yili Toshkentda tavallud topgan. Toshkent Davlat dorilfununini tugatgach, Toshkent telestudiyasida, «G’uncha» bolalar oynomasida, so‘ngra «Yosh gvardiya», G’afur G’ulom nashriyotlarida muharrir bo‘lib ishlagan. Ko‘p yillar O’zbekiston Yozuvchilari uyushmasida maslahatchi, sarkotib yordamchisi bo‘lib ishlagan.

Uning ijodi talabalik yillaridayoq boshlangan. Uning birinchi she’ri 1960 yilda «G’alati tush» nomi bilan chop bo‘lgan. Keyinchalik u 1972 yilda alohida kitob holida bolalarga sovg‘a qilingan. Uning birinchi she’riy to‘plami «Metallurg» (1964) nomi bilan chop bo‘lgan. Shundan so‘ng bolalar uchun «Aqlli bolalar» (1969, doston), «Senga nima bo‘ldi» (1970), «Yer aylanadi» (1973), «Yerga dovruq solamiz» (1970), «Bir cho‘ntak yong‘oq» (1990, saylanma) kabi bir qator ajoyib she’riy to‘plamlari bosilib chiqdi. Ularda bolalarning qalbi va tuyg‘ulari orqali olamni, odamni bilishga, yaxshilik bilan yomonlikni farqlashga, halol va pokiza mehnatni ulug’lashga intiladi.

Adib kattalar uchun ham bir qator salmoqli she’riy guldastalar yaratgan. Jumladan, «Sevaman» 1977), «Tuyg‘ular» (1980), «Sabot» (1983) kabi to‘plamlaridagi ko‘pchilik she’rlar o‘zining hayotiy va jozibaliligi bilan o‘quvchi qalbini zabt etadi. Shoir ana shu she’riy to‘plamlaridagi eng yaxshi she’rlarini va yangi yozilgan asarlari sarasini o‘zining «Haqiqatning ko‘zlari» (1988) saylanmasiga jamlab, talabchan o‘quvchisiga havola etdi.

Miraziz A’zam haroratli, shijoatli publitsist hamdir. Uning madaniy-adabiy merosni ko‘z qorachig‘idek asrashga da’vat etuvchi bir qator tarixiy-adabiy maqolalari shular jumlasidandir.

Bolalar va kattalar shoiri, ayni chog‘da tarjimon. Miraziz A’zam o‘z faoliyatini talabalik yillaridan boshlagan. O‘ttizdan ziyod hikoyalar, she’rlar, romanlar, turk adabiyoti dostonlarini tarjima qilgan.


1936 yil Toshkentda tug‘ilgan. Toshkent davlat universitetini tamomlagach, Toshkent telestudiyasida, “G‘uncha” oynomasida va boshqa tahririyatlarda muharrir bo‘lib ishlagan. Ko‘p yillar davomida O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi ma’muriyatida maslahatchi bo‘lib faoliyat yuritgan.


Ilk she’rlari 1960 yil nashr etilgan, 1964 yil “Metallurg” nomli she’riy to‘plami chop etilgan. Shundan so‘ng “Aqlli bolalar” (1969), “Senga nima bo‘ldi” (1970), “Bir cho‘ntak yong‘oq” (1990) nomli bolalar uchun she’riy to‘plamlari bosmadan chiqqan. Shoir o‘z she’rlarida bolalar tuyg‘ulari orqali odamlarni va dunyoni yaxshilik va yovuzlikni anglashga chorlaydi.


Shoir, shuningdek, kattalar uchun ham yozgan. Masalan, “Sevaman” (1977), “Tuyg‘ular” (1980), “Sabot” (1983) kabi she’rlari o‘zining hayotiyligi va go‘zalligi bilan kitobxon qalbini egallab oladi.


Miraziz A’zam, shuningdek, shijoatli va dadil publitsistdir. Adabiy merosni saqlashga qaratilgan bir nechta maqolalari ham bor. U tomonidan qilingan turk, rus, nemis adabiyotshunoslarining kitoblarini tarjimasi ko‘plab mutaxassislar va kitobxonlar e’tiborini tortgan.


Shuningdek, u o‘ttizdan ziyod hikoyalar, she’rlar, romanlar, Nozima Hikmat, Najiba Xoji, Mahmat Osif, Badiuzzamon Ali Oqbosh, Urfon Kamol kabi turk adabiyotshunoslarining dostonlarini tarjima qilgan.


Ushbu xizmatlari uchun u Turkiyaning adabiy jamiyati tomonidan e’tirof etilgan. 1993 yilning dekabrida Turkiyning Yozuvchilar uyushmasi uni o’zining O‘zbekistondagi ramzi deb e’lon qildi.



  1. Tursunboy Adashboyev ijodida ona-tabiat va Vatan madhi.Vatan mavzusidagi she’rlari badiiyati.

Tursunboy Adashboyev 1939 yil 1 yanvarda Qirgʻiziston Respublikasining Oʻsh viloyati, Olabuqa tumanidagi Safed Bulon qishlogʻida tugʻildi. Qishloqdagi 57-oʻrta maktabni bitirgach, Toshkent davlat universitetining jurnalistika fakultetida (1961–1966), Moskvadagi M. Gorkiy nomidagi Adabiyot institutida (1978–1982) tahsil oldi.
“Buni toping, bolalar, aytib bermang, onalar” nomli birinchi sheʼriy toʻplami 1962 yilda chop etildi. Shundan soʻng shoirning “Kamolning olmasi” (1964), “Biz sayohatchilar” (1966), “Arslonbob sharsharasi” (1969), “Nur daryo” (1975), “Olatogʻ ‒ lolatogʻ” (1978), “Guldesta” (qirgʻiz tilida, 1979), “Oslik na shesti nogax” (“Olti oyoqli xoʻtikcha” latish tilida, 1983, tarjimon Leons Briyedis), “Quyushqon” (1984), “Arslonbob afsonasi” (1988), “Pesnya javoronka” (rus tilida, tarjimon Yunna Morits), “Uch boʻtaloq va sirli qovoq” (1990), “Top jildiz” (qirgʻiz tilida, 1991), “Topishmoqli alifbe” (1997), “Hushtak chalib turasiz” (A. Obidjon bilan hamkorlikda, 2002), “Oltin yolli tulpor qissasi” (2003), “Orzularim ‒ qoʻsh qanotim” (2003), “Parodiyalar” (kinoya, muqallid, lutf, 2010), “Osmondagi darvoza” (saylanma, 2012), “Qirq yolgʻondan bir yolgʻon”, “Gʻoz karnaychi boʻlmasin” (2015), “Maxfiy jang” (parodiyalar kitobining toʻldirilgan nashri, 2016), “Orzularim qoʻsh qanotim”, “Sichqonning orzusi”, “Maqtanchoq chumoli” (2016) kabi sheʼriy kitoblari dunyoga keldi. Rus, turkman, qirgʻiz, tojik va qozoq tillaridagi adabiy almanaxlarda turkum sheʼrlari bosildi. Shuningdek, T. Adashboyevning “Jashtik sapar” (qirgʻiz tilida, 1964), “Biz sayohatchilar” (1966), “Guldasta” (1968), “Bizdin belek” (qirgʻiz tilida, 1967), “Ir mayrami” (qirgʻiz tilida, 1967), “Zvonkoye detstvo” (rus tilida, 1981), “Chashmalarin ovozi” (turkman tilida, 1982), “Raduga nad arikom” (belorus tilida, 1986), “Navohoi guldara” (tojik tilida, 1988), “Solniʼshko na listyax” (1990), “Gʻaroyib qishloqning ajoyib odamlari” (2015) kabi turli yil va turfa tillarda chop etilgan kitoblarini ham sanab oʻtish joiz.
Shoir “Oʻzbek bolalar adabiyoti antologiyasi” (Sheʼriyat, 1-jild, 1995) va mazkur kitobning rus tilidagi “Pro solnse jarkoye rasskaz, Pro nashu zemlyu i pro nas” (Poeziya, 2007) nashrlariga muharrirlik qildi.
Tursunboy Adashboyev tarjima sohasida ham samarali fqaoliyat yuritib, Temirqul Umetaliyevning “Toʻrgʻay navosi” (1969), Suyunboy Eraliyevning “Togʻlar farzandiman” (1972), Sovronboy Jusuyevning “Dovon” (1974), “Qanot bilan Zarina” (2004), Musa Jongʻoziyevning “Quvonchbekning quvonchi” (1983), Qanibek Junushevning “Doʻppili toʻrgʻay” (1988), Nurmoʻldaning “Zamona” (1998), Nodirbek Alimbekovning “Bir kam dunyo” (1998), “Gulning umri” (1994), Samuil Marshakning “Tentak ovchi” (2006), Korney Chukovskiyning “Doʻxtir Voyjonim” (2006), “Moydadir ‒ yuvin doʻmbogʻim”, Jovani Rabonining “Mushuk Kotangensning arifmetika daftari” (1977), V. Pyuzoning “Choʻqintirgan ota yoki Mafiya sardori” (roman, 2006), S. Arapovaning “Merri inglizchani oʻrganadi” (1996), V. Kulikovning toʻrt kitobdan iborat rasmli sheʼriy toʻplamlari (2006) va boshqa asarlarni oʻzbek tiliga oʻgirib, chop ettirdi.Tursunboy Adashboyev sheʼrlarining qahramonlari quvnoq, topqir, xayolkash, mehnatkash, zavqiyu ishtahasi tobida boʻlgan aqlli bolalardir.
Kichkintoylarga qisqa va loʻnda yozish, qissadan hissa chiqarish shoir ijodining muhim fazilatlaridan biridir.
Tursunboy Adashboyev oʻzbek bolalar adabiyotini rivojlantirishga qoʻshgan hissasi uchun 2001 yilda “Doʻstlik” ordeni bilan taqdirlandi. U, shuningdek, oʻzbek va qirgʻiz xalqlari oʻrtasidagi doʻstlik rishtalarini mustahkamlashdagi xizmatlari uchun “Qirgʻizistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat arbobi” unvoni va “Manas” ordeni bilan ham mukofotlangan.

Yüklə 0,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   70




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə