1-mavzu: Kirish. Adabiyot(bolalar adabiyoti) fanining maqsad va vazifalari Reja: O`zbek bolalar adabiyoti istilohi va uning paydo bo`lishi


Sharl Perroning bolalar zavq oladigan ertaklariga xos xususiyatlar haqida



Yüklə 0,93 Mb.
səhifə32/70
tarix04.05.2023
ölçüsü0,93 Mb.
#108478
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   70
1-mavzu Kirish. Adabiyot(bolalar adabiyoti) fanining maqsad va

Sharl Perroning bolalar zavq oladigan ertaklariga xos xususiyatlar haqida.

Buyuk fransuz shoiri va tanqidchisi Sharl Perro badiiy ertak asoschisi sifatida maʼlum va mashhurdir. U oʻzining “Qizil qalpoqcha”, “Zolushka” va “Etik kiygan mushuk” asarlari bilan jahonga tanildi.


Sh. Perro badiiy ertaklar ijod etishdan oldin xalq ogʻzaki ijodini mehr va ishtiyoq bilan chuqur oʻrgandi. Shuning uchun ham u oʻz ertaklarida xalq udumlarini dadil ilgari surdi. Perro qahramonlari oʻz mehnatsevarliklari hamda saxiyliklari bilan ajralib turadilar. Gʻarazgoʻylik, maqtanchoqlik, qizgʻanchiqlik oʻrnini yaxshilik, mehribonlik bosib ketishi hamon kitobxonni shod etib kelmoqda.
Sharl Perrodan bor-yoʻgʻi oʻn ikki ertak saqlanib qolgan. Qaysi ertagiga nazar tashlamang, barchasida bolalar zavq oladigan qirralar bor ekanligini darrov payqaysiz. Dunyoda uning “Etik kiygan mushuk” ertagini oʻqimagan yoki shu ertak asosida yaratilgan multfilmni miriqib tomosha qilmagan bola topilmasa kerak.
Ertakda aqllilik, bilimdonlik, topagʻonlik bosh masala qilib qoʻyiladi. Boshqa asarlarida boʻlgani kabi Sh. Perro bu ertakda ham folklor anʼanalariga yana bir bor sodiq qoladi. Ertak qahramoni – tegirmonchining kenja oʻgʻli Karabs fahm-farosat, aql bilan ish koʻrib, oʻz murod-maqsadiga yetadi, baxtiyor boʻladi.
Sharl Perroning barcha personajlari pishiq-puxtaligi bilan ajralib turadi. Ularning koʻpchiligi odamlarni, hayvon-u parrandalarni sevib, erkalab, eʼzozlaydigan boʻladilar. Zolushkani (“Zolushka”) olaylik. Uni oʻgay ona-yu qizlar xush koʻrmaydilar, xolos. Qolgan barcha jonzot Zolushkani yaxshi koʻradi. Uning oʻz baxtini topib, osoyishta turmush kechirishini istaydi. Zolushka juda chiroyli, odobli, shirinsoʻz, kamtarin, odamlarga, jonivor-u parrandalarga nisbatan mehribon. Uning bunday fazilatlari, mehnat, halollik va poklik bilan hayotda oʻz oʻrnini topishi, sevganiga turmushga chiqib baxtli boʻlishi ertak tinglovchida yaxshi taassurot qoldiradi.
Sh. Perro ijodida “Qizil Qalpoqcha” alohida oʻrinda turadi. Ertakning taʼsirli va jozibali chiqishi uchun Qizil Qalpoqchaning tabiiy holda ijobiy tomoniga koʻp sayqal beradi, bolalar koʻz oʻngida u dunyodagi tengi yoʻq, juda yoqimtoy qizcha sifatida gavdalanadi. Boʻrining yovuzligi, surbetligi, uning kampir qiyofasiga kirib olishi har bir bolada chuqur nafrat hislarini qoʻzgʻatadi.
Boshqa ertaklarda boʻlgani kabi “Qizil Qalpoqcha”da ham voqea yaxshilik bilan tugashi bolalarning quvonchiga quvonch qoʻshadi.
Sharl Perroning “Havorang soqol”, “Eshak terisi”, “Uyqudagi malika” kabi ertaklari xuddi “Qizil Qalpoqcha” kabi bolalarbopdir.
Mana toʻrt yuz yildirki, shoirning “Qizil Qalpoqcha” asari jahon kezib yuribdi. Ertakning oʻziga xos xususiyatlaridan biri quvnoqlikdir. Ha, qizchani hamma yaxshi koʻradi, hamma sevadi. Bundan u mutlaqo taltayib ketmaydi. U juda yoqimtoy, oddiy va sodda. Shu oddiy va soddaligi, pismiq va mugʻambir emasligi unga pand beradi, boʻriga yem boʻlishiga oz qoladi.
Sharl Perroning bu ertak orqali kichkintoylarga aytadigan gaplari koʻp. Eng avvalo, u barcha bolalarni xuddi Qizil Qalpoqcha kabi oddiy va quvnoq boʻlishga chaqiradi va kattalarning har bir topshirigʻini soʻzsiz bajarishga daʼvat etadi.
Ikkinchidan, oʻrtadagi sirni oshkor qilmaslikka, oʻziga pishiq-puxta boʻlishga chorlaydi.
Boʻri ochkoʻz, pismiq va mugʻambir. Shu sababli qizchaning soddaligidan foydalanadi. U bir oʻq bilan ikki quyonni urish qabilida ish tutadi. Boʻri Qizil Qalpoqchadan osongina safari haqidagi maʼlumotni bilib olgach, endilikda qizchaning oʻziga qoʻshib uning buvisini ham yeyish payiga tushadi. Ammo Qizil Qalpoqchaning baxtiga oʻtinchilar kelib qolishadi.
Ertak tinglovchi har bir bola voqeani mana shunday ijobiy tugashini xush koʻradi, quvnoq Qizil Qalpoqchaning boʻriga yem boʻlishini aslo xohlamaydi. Ertakning umrboqiyligi va jahongashtaligi ham ana shunda!

Yüklə 0,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   70




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə