1-mavzu: Kirish. Adabiyot(bolalar adabiyoti) fanining maqsad va vazifalari Reja: O`zbek bolalar adabiyoti istilohi va uning paydo bo`lishi


Aleksandr Sergeyevich Pushkin yaratgan ertak-dostonlarda ilgari surilgan



Yüklə 0,93 Mb.
səhifə35/70
tarix04.05.2023
ölçüsü0,93 Mb.
#108478
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   70
1-mavzu Kirish. Adabiyot(bolalar adabiyoti) fanining maqsad va

Aleksandr Sergeyevich Pushkin yaratgan ertak-dostonlarda ilgari surilgan

g ‘oyalar.  (1799–1837)
Har bir xalqning donishmandligi va qalb nazokatini oʻzida mujassamlantirgan shoiri boʻladi. Rossiyada inson maʼnaviy olamining musavviri, shubhasiz, Pushkindir. U nurga intilib, doim ozodlik uchun kurashuvchi shoir, buyuk optimist boʻlib yetishdi. Rus xalqining yana bir buyuk shoiri Aleksandr Blok: “Pushkinning nomi naqadar jarangdor”, deb taʼriflagan edi.
A. S. Pushkin xalq ogʻzaki ijodini bolalikdan berilib oʻrgandi. Buloqdek qaynab-toshgan xalq ogʻzaki ijodi shoirning ilhomiga ilhom qoʻshdi. Kelajakda mashhur shoir boʻlib, jahonga tanilishida boy manba boʻlib xizmat qildi. U, ayniqsa, oʻzining ertakdostonlari bilan yosh kitobxonlarning hurmat-olqishiga sazovor boʻlib kelmoqda.
A. S. Pushkin oʻzining “Pop va uning xizmatkori Balda haqida ertak” (1831), “Baliqchi ham baliq haqida ertak” (1833), “Oʻlik malika va yetti bahodir haqida ertak” (1833), “Oltin xoʻroz haqida ertak” (1834) kabi ertak-dostonlari bilan jahon bolalar adabiyoti xazinasini yanada boyitdi.
Yuqorida biz taʼkidlab oʻtgan asarlarning hammasi boy va rang-barang xalq ogʻzaki ijodi taʼsirida yuzaga kelgan. Bu asarlar zamirida aniq mavzular yotganligini koʻramiz. Masalan, shoir “Ajoyib bolalar” xalq ertagi asosida “Shoh Saltan… haqida ertak”, “Qurimsoq kampir” ertagi va rus xalq folklorining toʻplovchilaridan biri V. Dal hikoya qilib bergan sujet asosida “Baliqchi ham baliq haqida ertak”, “Sehrli koʻzgu” ertagi asosida “Oʻlik malika va yetti bahodir haqida ertak”, uzoq yillar xalqni ayovsiz ishlatib, unga rahm-shafqat nima ekanligini bilmay oʻtgan va uning hatto pok xizmatlarini oʻzida mujassamlashtirgan “Shabarsha batrak” asosida “Pop va uning xizmatkori Balda haqida ertak” yotganligini koʻramiz. Bu ertaklarning hammasi shoirning ijodxonasida ishlanib, sayqallanib, yanada oʻqimishli, taʼsirli chiqqan.
A. S. Pushkin oddiy, mehnatkash xalqni yaxshi koʻradi, uni iloji boricha himoya qilishga, yon bosishga harakat qiladi. Shuning uchun ham uning ertak-dostonlarida xalqqa boʻlgan cheksiz muhabbat tuygʻusi barq urib turadi.
Dadon shohni oling (“Oltin xoʻroz haqida ertak”). U gʻirt ahmoq. Na xalqni sevadi va na farzandlariga mehribon otalik qila oladi. Dadon oʻtaketgan darajada maishatparast va kaltabin. U butun podshohligidan, xalqidan, farzandlaridan oʻzga yurtlik makkora ayolni ustun qoʻyadi. Buni xalq, xudo kechirmaydi. Natijada shoh xalq qahr-gʻazabiga duchor boʻladi. Oltin xoʻroz tepkisidan halok boʻlgan shohga birovning rahmi kelmaydi, aksincha, shohning oʻlimi ularga shodlik va ozodlik baxsh etadi.
Pop (“Pop va uning xizmatkori Balda haqida ertak”) obrazi ustida shoir qattiq ishlaydi. Uning tekinxoʻr, ochkoʻz, oʻzgalar hisobiga umr kechiradigan bir pastkash kimsa ekanligini keskin ochib tashlaydi.
Unga qarama-qarshi qilib oddiy va halol, mehnatkash va bahodir yigit Balda obrazini ijod choʻqqisiga koʻtaradi.
Ikki qahramonning bozordagi oʻzaro suhbatidanoq kitobxon kim qanday odam ekanligini darhol sezadi:
Boʻlsin oshpaz, otboqar ham duradgor,
Ayt-chi, bunday arzon malay qayda bor?”
Balda debdi: “Yaxshi malay boʻlayin,
Bergan obi yovgʻoningga koʻnayin.
Xizmatimga haq toʻlaysan shu xilda:
Peshanangga uch chertaman bir yilda”.
Ha, hayotda har bir narsaning, jumladan, tekinxoʻrlik, ochkoʻzlikning ham poyoni, oxiri bor. Kaltabin Pop chertkini yeb halok boʻladi.
“Baliqchi va baliq haqida ertak” dostonida shoir pok muhabbat mangu boʻlishini orzu qiladi. Boylik, mansab deb oʻtgan kunni unutmaslikni istaydi. Bundan tashqari, kimki halol peshana teri toʻkib boylik orttirmasa, birovlar hisobiga boyiydigan boʻlsa, u hech qachon yuqmasligini, birovniki birovnikiligicha qolib ketishini kampir qismati bilan chogʻishtirib hikoya qiladi. Yer yuzi, butun olam hukmroni boʻlib olgan kampir cholni mensimaganligi uchun, ochkoʻz va badbaxtligi uchun yana eski hammom, eski tos bilan qolib ketaveradi. Buni shoir juda chiroyli ifodalaydi:
Qaytdi kampir yoniga axir,
Koʻrsa: tagʻin oʻsha yertoʻla.
Boʻsagʻada oʻtirar kampir,
Qarshisida teshik togʻora.
Rostgoʻy, haqiqatni yoqlovchi shoir “Oʻlik malika va yetti bahodir haqida ertak”, “Shoh Saltan… haqida ertak” asarlarida haqiqat bir kun emas bir kun, albatta, qaror topadi, hamma baxtiyor boʻladi, degan fikrni ilgari suradi.
A. S. Pushkinning xalq ogʻzaki ijodiga asoslanib yozgan “Ruslan va Ludmila” asari ham bolalar qalbiga ancha yaqin turadigan dostonlardan biri hisoblanadi. Rus ertaklari, qoʻshiqlari, afsonalari bu gʻaroyib asarga favqulodda goʻzal mazmun bergan. Yuksak insonparvarlikni oʻzida mujassamlashtirgan yorqin isteʼdod egasigina shunday asar yarata olardi.
Mashhur rus romantik shoiri V. A. Jukovskiy “Ruslan va Ludmila” poemasi nashr etilgach, Pushkinga “Gʻolib oʻquvchimga magʻlub murabbiydan” deb yozilgan portretini sovgʻa qiladi. Bu buyuk shoir dahosiga, zamondan ilgarilab ketgan kurashchan insonga berilgan xolisona baho edi.
Mana shuning uchun Pushkinga Rossiyaning mangu, otashin shoiri boʻlib qolmoq baxti nasib etdi.


  1. Yüklə 0,93 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   70




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə