1-mavzu: Psixologiya haqida tushuncha. Reja


-mavzu: Tafakkur operatsiyalarining bilish faoliyatidagi o’rni



Yüklə 450,02 Kb.
səhifə42/70
tarix31.12.2021
ölçüsü450,02 Kb.
#81795
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   70
Psixologiya fani MTT ma`ruza

28-mavzu: Tafakkur operatsiyalarining bilish faoliyatidagi o’rni.

Reja:

1.Tafakkur operatsiyalari: analiz, sintez, taqqoslash, mavhumlashtirish, umumlashtirish, konkretlashtish, tavsiflash, sistemalashtirish, ularning mazmuni, kasbiy faoliyatda qo’llanilishi.



2.Muammoli vaziyatlar. Muammoli psixologik masalalarni hal etish. 3.Tafakkurni rivojlantiruvchi mashq va topshiriqlar yechish

Tayanch tushunchalar:Odatda, nutq tafakkur jarayonida hukmlar, xulosa chiqarish va tushunchalar shaklida ifodalab kelinadi. Shuning uchun hukm, xulosa va tushunchalar tafak- kur shakllari deb ataladi.

Hukmlar. Harsa va hodisalarning belgi va xususiyatlari haqida tasdiqlab yoki inkor qilib aytilgan fikr hukm deb ataladi. Narsa va hodisalarda, voqelikda haqiqatdan o‘zaro bog‘liq belgilar, alomatlar, hukmlarda bog‘liq ravishda ko‘rsatib berilsa yoki voqelikda bir-biridan ajratilgan narsa hukmlarda ajra­tib ko‘rsatilsa — bu chin hukm deb ataladi. Masalan, «Metallar qizdirilganda kengayadi» degani chin hukmdir, bu hukmda u yoki bu holat faqat tasdiqlanib aytilayapti. Moddiy olamda haqiqatdan bog‘liq bo‘lmagan narsa hukmda bog‘liq qilib ko‘rsatilsa, bunday hukm xato (yolg‘on) hukm deyiladi. Chunki bu hukmda aks ettirilgan sifatlar (belgi va alomatlar) bu narsalarga aslo muvofiq kelmaydi. «Yer Quyosh atrofida aylanmaydi» degan misol ham chin bo‘lmagan hukmlar doirasiga kiradi. Hukmlar quyidagi turlarga bo‘linishi mumkin:

  • tasdiqlovchi yoki inkor qiluvchi hukm;

  • yakka, juziy, xususiy va umumiy hukmlar;

  • shartli, ayiruvchi va qat’iy hukmlar;

  • taxminiy hukmlar.

Xulosa chiqarish. Psixologiyada xulosa chiqarish jarayoni- da foydalanilgan tayyor hukmlar asoslar deyiladi. Ularni tahlil qilib chiqarilgan yangi hukmni esa xulosa deb atash qabul qiringan. Xulosa chiqarish shunday tafakkur shaklidirki, bu shakl vositasi bilan biz ikki yoki undan ortiq hukmlardan yangi hukm hosil qilamiz. Masalan: «Barcha sayyoralar harakatlanadi». Oy — sayyora. Demak, Oy harakatlanadi. Xulosa chiqarish uch turga bo‘linadi: induktiv, deduktiv va analogik.

Induktiv xulosa chiqarish, bu xulosa chiqarishning shunday mantiqiy usulidirki, bunda bir nechta yakka yoki ayrim hukmlardan umumiy hukmga o‘tiladi yoki ayrim fakt va hodisalarni o‘rganish asosida umumiy qonun va qoidalar yaratiladi. Masa­lan: «Temir elektr tokini o‘tkazadi». Deduktiv xulosa chiqarishda umumiy xulosalardan yakka yoki juziy xulosa keltirib chiqariladi. Analogik xulosa chiqarishda ikki predmetning ba’zi bir belgilari o‘xshashligiga qarab bu predmetlarning boshqa belgilari ham o‘xshashligi to‘g‘risida xulosa chiqarishimizdir. Analogiya chin, taxminiy yoki yolg‘on bo‘lishi mumkin.

Tushunchalar. Narsa va hodisalarning muhim belgilarini, bog‘lanishlarini, mohiyatini hukmlar orqali fikran keng va chuqur aks ettirishdan iborat fikr yuritish shakli tushuncha deyi­ladi. Tushunchalar mohiyati jihatidan konkret va abstrakt tushunchalarga ajratiladi. Alohida olingan bir butun narsaga aloqa- dor tushuncha konkret tushuncha deyiladi. Masalan: stol, divan, traktor. Moddiy olamdagi narsalardan fikran ajratib olingan ba’zi sifat, holatlarga, shuningdek narsalar o‘rtasidagi ichki munosabatlarga, qonuniyatlarga qaratilgan tushunchalar abstrakt tushun- cha deb ataladi. Masalan: oqlik, uzunlik, kenglik. Tushunchalar uch turga bo‘linadi; yakka, umumiy, to‘planma tushunchalar. Yakka tushunchalar yakka narsa va hodisa haqidagi tushuncha- lardir. Bunday tushunchalarga Alisher Navoiy, general Sobir Ra­himov, Toshkent kabi tushunchalarni misol qilsa bo‘ladi. Yakka tushunchalarning xususiyati shuki, bu tushunchalarda hamisha aniq obraz mavjud bo‘ladi. Umumiy tushunchalarda bir jihsda ko‘p narsa va hodisalar gavdalantiriladi. Masalan: yulduz, talaba, o‘spirin. To‘planma tushunchalar bir jinsdagi narsa va hodisalar toplami haqida yaxlit fikr yuritishdir. Masalan: paxtazor, kutubxona, yig‘ilish. Demak, tushunchalarning mohiyati hukm­larda yoritiladi, mavjud hukmlar asosida xulosa chiqariladi, yangi hukm hosil qilinadi, topilgan yangi belgilar tushunchalarni yanada boyitadi, yangi tushunchalar, atamalar ijod qilinaveradi.

Tafakkur sifatlari. Tafakkur boshqa bilish jarayonlari kabi o‘zining individual xususiyatlariga ega bo‘lib, fikr yuritish faoliyatining shakllari, vositalari va operatsiyalarining kishilarda turlicha namoyon bo‘lishida o‘z ifodasini topadi. Tafakkurning mazmun-dorligi deganda, inson ongida tevarak-atrofdagi moddiy voqelik to‘g‘risidagi mulohazalar, tushunchalar qanday miqdorda joy olganligi nazarda tutiladi. Tafakkurning chuqurligi deganda, narsa va hodisalarning asosiy qonuniyatlari, sifatlari, bog‘lanishlari tafakkurimizda to‘liq aks etganligi tushuniladi. Tafakkurning kengligi o‘zining mazmundorligi, chuqurligi kabi sifatlari bi­lan muntazam aloqada bo‘ladi. Fikr doirasi keng, bilim saviyasi yuqori, serg‘oya ijodiy izlanishdagi kishilarni aql-zakovatli, bi- limdon, tafakkuri keng kishilar deyish mumkin. Tafakkurning mustaqilligi deganda, kishining hech kimning ko‘rsatmasisiz, ko‘magisiz, o‘zining aqliy izlanishi tufayli turli yo‘l, usul va vositalar topib, mustaqil ravishda hal qilishdan iborat aqliy qobiliyatini tushunish kerak. Tafakkurning mustaqilligi aqlning sertashabbusligi, pishiqligi va tanqidiyligida namoyon bo‘ladi. Aqlning sertashabbusligi deganda, insonning o‘z oldiga yangi muammo, aniq maqsad va konkret vazifalar qo‘yishini, yechimini qidirishda usul va vositalarni shaxsan o‘zi izlashi, aqliy zo‘r berib intilishi nazarda tutiladi. Aqlning pishiqligi vazifalarni tez yechishda, yecish paytida yangi usul va vositalarni tez izlab topishda ifodalanadi. Tafakkurning tanqidiyligi insonning, o‘z-o‘zini bahlash kabi yakka xususiyatlariga bog‘liq ravishda namoyon bo‘ladi. Agar tanqidiylik oqilona, muhim belgilarga, muammo mohiyatining to‘g‘ri ochilishiga asoslanib amalga oshirilsa bunday tan- qidiylik obyektiv tanqidiylik deb ataladi. Subyektiv tanqidiylik ziddiyatlarga olib keladi. Fikrni operativ jihatdan, tezkorlik bi­lan o‘zlashtirishdan va to‘g‘ri yo‘nalishga yo‘naltirib yuborishdan iborat tafakkur sifati uning ixchamligi deyiladi. Tafakkurning tezligi qo‘yilgan savolga to‘liq javob olingan vaqt bilan belgilana- di. U qator omillarga, zarur ma’lumotni tez yodga tushira olish- ga, muvaqqat bog‘lanishlarning tezligiga, turli hislarning mavjudligiga, diqqatiga, bilim saviyasiga, ko‘nikma va malakalariga ham bog‘liq bo‘ladi.


Yüklə 450,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   70




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə