1-mavzu: Sotsiologiya fan sifatida



Yüklə 0,93 Mb.
səhifə38/50
tarix09.06.2022
ölçüsü0,93 Mb.
#89153
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   50
manaviy begonalashuv

Plyuralizm (lot. pluralis – ko‘plik) — 1) borliqning bir necha (yoki ko‘plab) mustaqil ibtidosi yoki bilimning bir qancha asosi mavjud deb hisoblovchi falsafiy qarash. Shu bilan birga, siyosatda manfaatlar, g‘oyalar, munosabatlar, qarashlarning ham xilma-xilligini bildiradi. “Plyuralizm” terminini nemis faylasufi X.Volf (1679-1754) kiritgan (1712). Plyuralizmning aksi - monizm. G‘arb falsafasida juda ko‘p oqim bo‘lib, ular hozirgi falsafaning plyuralistik xarakteridan dalolat beradi (pragmatizm, personalizm, hayot falsafasi va b.); 2) jamiyat siyosiy tizimining xususiyati. Bunda ijtimoiy guruhlar o‘z manfaatlarini o‘z vakillari (siyosiy partiyalar, kasaba uyushmalari, diniy va b. tashkilotlar) orqali ifodalash uchun tashkiliy tartib-qoida tusini olgan imkoniyatlarga ega bo‘ladilar. Jamiyatni demokratiyalash jarayonida (q. Demokratiya) P. shakllanib, rivojlanadi: u ijtimoiy guruhlarning turli-tuman manfaatlarini aks ettiruvchi har xil qarashlar, fikrlar mavjudligini anglatadi.
Plyuralistik jamiyat — bir necha etnik guruhlar bir-biridan alohida yashovchi jamiyat.
Tayanch so’z va iboralar
Sotsial munosabatlar, bidamlik, tanazzul, begonalashuv, plyuralizm
Mavzu yuzasidan nazorat savollari:
1. Ijtimoiy munasabatlarning tadqiqot obyekti nima?
2. Ijtimoiy munasabatlarning qanday shakllari bor?
3. Begonalashuv deganda nimani tushunasiz?
4. Tanazzul nima?
Foydalanilgan adabiyotlar.
1.Mirziyoyev Sh. M “Erkin va farovon, demokratik O’zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz”. T.: O’zbekiston. 2017 y.
2. Mirziyoyev Sh. M “Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta’minlash – yurt taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi”. T.: O’zbekiston. 2017 y.
3. Karimov I.A. “Barkamol avlod orzusi” Toshkent Sharq nashriyoti 1999 yil.
4.Karimov I.A. “Ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot pirovard maqsadimiz” Toshkent 2000 yil O‘zbekiston nashriyoti.
5.Karimov I.A. “Milliy istiqlol mafkurasi” T. O‘zbekiston nashriyoti 2000 yil.
6.Karimov I.A. “O‘zbekistonning 16 yillik mustaqil taraqqiyot yo‘li” T. 2007.
7.I.A.Karimov. «Yuksak ma’naviyat-engilmas kuch». T. «Ma’naviyat» 2008.
8.Aliqoriev N.S. va b. Umumiy sotsiologiya. T. ToshDU. 1999. yil
9.Bekmurodov M. “Sotsiologiya asoslari” T. Fan. 1994 yil
10.Bekmurodov M “O‘zbekiston jamoatchilik fikri” T. Fan. 1999 yil.
11.Bekmurodov M, O.Otamirzaev, N.Aliqoriev va boshqalar “Sotsiologiya” T. 2000 yil.
12. Giddens E “Sotsiologiya ” T. Sharq. 2002 yil



Yüklə 0,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   50




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə