1-mavzu: Sotsiologiya fan sifatida


Begonalashuv va tanazzul hamda ijtimoiy oqibatlar



Yüklə 0,93 Mb.
səhifə36/50
tarix09.06.2022
ölçüsü0,93 Mb.
#89153
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   50
manaviy begonalashuv

Begonalashuv va tanazzul hamda ijtimoiy oqibatlar
Hozirgi jamiyat hayotida quyidagi begonalashuv turlarini ajratib ko‘rsatish mumkin:
1.Iqtisodiy. 2. Siyosiy. 3. Madaniy. 4. Ijtimoiy. 5. Ruhiy.
Bu begonalashuv turlari o‘zlarining ma’lum bir shakllariga egadirlar. Masalan, iqtisodiy begonalashuv uchta shaklga ega: 1. Faoliyatdan begonalashuv. 2. Faoliyat boshqaruvidan begonalashish. 3. Faoliyat natijalaridan begonalishish. Siyosiy begonalashish siyosiy hokimiyatdan begonalashishdan; madaniy begonalashish muloqotdan, insonlarning bir-biridan; psixologik begonalashuv o‘z-o‘zidan begonalashishdan iborat bo‘ladi.
Begonalashuv jarayoni va tanazzul bir-birlariga bog‘liq hodisalardir. Agar jamiyatda ishlab chiqarish suratlari keskin pasaysa, xo‘jalik aloqalari uzilsa, pulning qadri tushib ketib, narxlar tez suratlarda oshib ketsa, boshqaruv tuzilmalari izdan chiqsa va siyosiy tangliklar vujudga kelsa, biz jamiyatning hamma sohalari tanazzulga uchragan, deb fikr yuritishimiz mumkin.
Bu chuqur tanazzul insonlarning kuchli begonalashuv olamiga salbiy tasir qilishi, ba’zi tartiblar kirgizishi aniq. O‘z navbatida begonalashuv jarayoni qanchalik kengaysa, tanazzul ham shunchalik, chuqurlashib boraveradi. Masalan, ishlab chiqarish jarayonida mehnatning taqsimlanishi ro‘y beradi. Bu esa taraqqiyot uchun qo‘yilgan ulkan qadamdir. Lekin shu bilan birga ijtimoiy mulkchilikka asoslangan ijtimoiy munosabatlarning shunday bir turi - ishlab chiqarish munosabatlari shakllanadiki, uning asosida bevosita ishlab chiqaruvchi ishlab chiqarish vositalaridan uzoqlashib, asta-sekinlik bilan o‘z mehnati natijasida begonalashib boradi. endi bu ishlab chiqaruvchi shaxs uchun mehnat unumining ham qizig‘i yo‘q. Marksizm ta’limoti bo‘yicha xususiy mulk ijtimoiylashtirilgach, ishlab chiqarish vositalariga endi bevosita ishlab chiqaruvchilar umumiy egalik qilishlari kerak edi. Lekin ijtimoiy amaliyotda esa buning aksi bo‘lib chiqdi. Siyosiy hokimiyatni bosib olgan proletariat ishlab chiqarish vositalarini davlat mulkiga aylantirdi. Sotsialistik revolyusiya mantig‘iga ko‘ra, bu tadbirlar begonalashuv jarayoni ildiziga bolta urushi kerak edi. Lekin 70 yillik tarix davomida bizga uqtirib kelingan ijtimoiy mulk davlat mulki edi. Bu mulk esa xususiy mulkning eng jirkanch, adolatsiz turi bo‘lib chiqdi. Mehnat kishisi esa u ana mulkdan begonalashdi. Davlat mulki esa davlat apparatining xususiy mulkiga aylanib, bu nomenklaturani “yangi” sinfga aylantirdi. Bu salbiy jarayonlar natijasida ishlab chiqarish o‘zining haqiqiy egasini topa olmadi.

Yüklə 0,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   50




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə