1-mavzu: Xulqi og`ishgan bolalar psixologiyasi kursining predmeti va og`ishgan xulq klassifikatsiyasi Reja



Yüklə 244,82 Kb.
səhifə35/75
tarix23.05.2023
ölçüsü244,82 Kb.
#112470
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   75
1-mavzu Xulqi og`ishgan bolalar psixologiyasi kursining predmet

1. Ichki suitsidal xulq:
A) passiv suitsidal xulq;
B) suitsidal niyat;
C) suitsidal qarorlar;
2. Tashqi suitsidal xulq:
A) suitsidal urinish;
B) tugallangan suitsid;
Suitsidal xulqning psixologik ma’nosini ifodalovchi tipologik sxemasi suitsident shaxsi xususiyatlariga asoslangan bo‘lib, ular quyidagichadir:

  1. Isyon, qasos.

  2. Chaqiriq

  3. Jazolanishdan qochish.

  4. O‘z-o‘zinijazolash.

  5. Voz kechish.

Ushbu tipologiyaga ko‘ra “Isyon” nizoli vaziyatga nisbatan o‘z norozichiligini bildirish maqsadida faol qarshilik ko‘rsatish bo‘lsa, qasos, isyonning konkret ko‘rinishidir. “Chaqiriq” atrofdagilar e’tiborini o‘ziga jalb qilishdan iborat bo‘lgan yordam hayqirig‘i, “Azob-uqubatdan o‘zini olib qochish” nizoli vaziyatni chidab bo‘lmas darajada his etish tufayli undan qutulish maqsadida qilinadigan xatti-harakatdir. “O‘z-o‘zini jazolash” - vujudga kelgan nizoli vaziyatda o‘zini aybdor deb his etish natijasida o‘z-o‘zini jazolash, “voz kechish” - o‘lim istagining zo‘rayishi va nizoli vaziyatning murakkablashuvi va surunkali tus olishi tufayli yashashdan voz kechish ma’nolarini bildiradi.
Shunday qilib, yuqorida bolalar va o‘smirlar suitsidal xulqini o‘rganishga qaratilgan ilmiy manbalar tahlili, bolalar va o‘smirlar suitsidining qator xususiyatlari yoritib berilganligini ko‘rsatadi, biroq etnopsixologik, hududiy, individual - psixologik tomonlarining yetarlicha o‘rganilmaganligining guvohi bo‘lamiz.


E.Dyurkgeym “O‘z-o‘zini o‘ldirish” nazariyasi asoschisi sifatida
Emil Dyurkgeymning eng yirik asarlari: “Ijtimoiy mehnat taqsimoti to‘g‘risida” (1893 yil), “Sotsiologiya metodi” (1895), “O‘z-o‘zini o‘ldirish” sotsiologik etyud. (1897 yil), “Sotsologiya va sotsial fanlar”. “Fanlarda metod”. Uning bu asarlari rus tiliga tarjima qilinib, alohida kitoblar holida chop etilgan. Dyurkgeymning sotsiologiya predmeti va uning boshqa ijtimoiy fanlar tizimida tutgan o‘rni to‘g‘risidagi qarashlari e’tiborga loyiqdir.
Uning fikricha, sotsiologiya empirik fan hisoblanadi. Shuning uchun ham u antibiologizm va antipsixologizm g‘oyasini olg‘a suradi.5
Dyurkgeym o‘z tadqiqotida qaysi elementlarning mantiq qoidalariga muvofiqligini sharoitni o‘zgarishi bilan, bu qoidalarning ko‘mak berishini va nihoyat, o‘z-o‘zini o‘ldirishga olib kelishini o‘rganishga katta e’tibor beradi.
Dyurkgeym Fransiya sotsiologiyasiga – “Anomiya” tushunchasina kiritdi, undan jamiyat holatini aniqlash, sotsial muhitni baxolash uchun mezon sifatida isbotlandi. “Anomiya” fransuzcha so‘z bo‘lib, qonun, tartib-intizom yo‘q degan ma’noni bildiradi. Anomiya holatining mavjudligi jamiyatda organik birdamlik tartib intizomning yo‘qligini anglatadi. Agar jamiyatda aniq iqtisodiy, axloqiy yoki sotsial jihatdan kishilarning huquqi, fe’l-atvorini boshqaradigan sotsial normativ holat bo‘lmasa, odamlar nima qilishini bilmay qoladilar, axloqiy bo‘shliq vujudga keladi, boshboshdoqlik, tartibsizlik vujudga keladi. Ya’ni mamlakatda boshqarish apparati, rahbarlik norma qoidalar bo‘lmasa, mamlakatda anomiya holati vujudga keladi, mehnat taqsimotiga xos qonuniyatlar buziladi, mehnatni uyushtirshda xatolik ko‘payadi. Mamlakatda anomiya davrida: jinoyatchilik, o‘g‘rilik ahloqiy buzg‘unchilik avj oladi. O‘z-o‘zini o‘ldirish holatlari keskin ko‘payadi.
Dyurkgeymning mashhur tadqiqotlaridan biri o‘z-o‘zini o‘ldirishlarni tahlil etish bilan bog‘langan edi. O‘z–o‘zini o‘ta shaxsiy akt hisoblanib, katta shaxsiy baxtizliklarning oqibati hisoblanadi. Dyurkgeym fikricha esa, suitsidga ijtimoiy omillar fundamental ta’sir ko‘rsatadi va ularning biri anomiyadir. O‘z-o‘zini o‘ldirish statistikasi yildan yilga takrorlanadigan manzarani namoyon qilmoqda, bu esa hodisani sotsiologik jihatdan tushuntirishni taqozo qiladi. Dyurkgeym tadqiqotlarining ko‘pgina jihatlari e’tirozlarni keltirib chiqarmoqda, lekin shunga qaramay, mumtoz ish sifatida uning ahamiyati zamonaviy sotsiologiya uchun hamon muhimdir.
Dyurkgeym asosiy e’tiborni diniy e’tiqotga qaratdi va qaysi din, diniy udumlarning o‘z-o‘zini o‘ldirish ta’siri ko‘proq degan muammoni batafsil o‘rgandi va bu metodni boshqa holatlarga tadbiq etdi.
Protestant va katolik dinining bu sotsial hodisaga bo‘lgan ta’sirini o‘rgandi. Katolik dini va uning udumi eski an’analar tizimga va eski urf odatlarga asoslanadi, nisbatan yaxlit bo‘lib e’tiqod kuchli, umumiy ruhiy xolatini buzadigan zamonaviylashtirishni qabul qiluvchi din emas. Konservativ aqidalar ustunlik qiladi. Bunday o‘ziga xoslik katolik diniy guruxlarni yanada jipslashtirishga, hamkorlikka olib keladi. Bundan kelib chiqadigan sotsial oqibat o‘z-o‘zini o‘ldirishni sonining foizi ancha kam - 0,3 foizni tashkil etadi.
Protestantlik dinida an’anaviy diniy e’tiqod kuchsiz, erkin ruh g‘oyasi ancha kuchlidir, unda erkinlikka katta o‘rin berilgan. Natijada dindorlardan birlashishi va hamkorlik istagi juda oz, hamkorlikka ehtiyoj yo‘q. Shuning uchun o‘z-o‘zini o‘ldirish xollari ko‘p uchraydi. Bu ilmiy faraz masalalarini tushunishga imkon berdi. Sotsial o‘zgarishlar darajasi individlarning uyushishi, aloqadorlik darajasi o‘z navbatida shasxning hayotiga ham ta’sir qiladi. Oila, bolalar, qishloq turmushi kishilarni sotsial jihatdan birlashtiradi, individning sotsial yakkalanib qolishga, yolg‘iz qolishga imkon bermaydi, u doimo oila va jamoa bilan birga bo‘ladi.
Dyurkgeym o‘z tadqiqoti o‘z-o‘zini o‘ldirishga bilvosita ta’sir etuvchi nosotsial omillarni ham ko‘rsatib o‘tdi. Nosotsial omillar faqat sotsial omillar professional va mutaxassislar bilan aloqada bo‘lsa, bevosita qo‘shilib ketgan bo‘lsa, unda o‘z-o‘zini o‘ldirishni tezlashtiradi.
Statistika bo‘yicha o‘z-o‘zini o‘ldirish qishda uncha ko‘p emas, balki yoz oylarida ko‘proq uchraydi. Chunki bu vaqtda kunlar ancha uzaygan bo‘lib sotsial omillar bilan bog‘likdir.Uzun kunda individlar sotsial hayot bilan jadal shug‘ullanadi. Bu jarayon bo‘lmasa sotsial yolg‘izlikda qoladi, nima bilan shug‘ullanishni bilmaydi. Shuningdek erkak va ayollarning o‘z-o‘zini o‘ldirishi ham sotsial faollika bog‘likdir.6
Dyurkgeym o‘z-o‘zini o‘ldirish sabablarini tahlil qilib ularning quyidagi to‘rt turini ko‘rsatdi:

  • egoistik sabablar;

  • alturistik sabablar;

  • anomiya sabablar;

  • fatalistik sabablar.

Egoizm holatidagi o‘z-o‘zini o‘ldirish sabalari tufayli o‘zini o‘ldirishlik asosida individning jamiyatdan begonalashuvi, uni boshqarishda jamiyat ta’sirining yo‘qolganligi, sotsial aloqalarning uzilganligi, jamoadan ajralib qolganligi kabi xolatlar yotadi. Bunday xolatda individ o‘zini bechora, begona, nochor, hayotdan bezigan, tragizm ruhida bo‘ladi, O‘z hayotining ma’nosini yo‘qotadi. Haddan tashqari yakkalanib qolishlik, jamoadan ajraganligi “jamoa” hissiyotini yo‘qligi “sotsial g‘am chekishlik” ijtimoiy maqsadlarni yo‘qligi, sotsial aloqadorlikning ijtimoiy hayotga bog‘liqlikning buzilishi, buning natijasida ijtimoiy guruhlarning inqirozi, diniy, oilaviy, siyosiy va boshqalarning shaxsga nisbatan ta’sirini yo‘qolishi nihoyat darajada kuchsizlanib ketishi o‘z-o‘zini o‘ldirishga olib keladi.

Yüklə 244,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   75




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə