1-Mavzu: yosh davrlari psixologiyasi fanining tadqiqot sohasi va muammolari


Go’dakda muloqot ko’laminining kengayishi va nutqning vujudga kelishi



Yüklə 0,7 Mb.
səhifə24/122
tarix27.12.2023
ölçüsü0,7 Mb.
#162167
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   122
1-Mavzu yosh davrlari psixologiyasi fanining tadqiqot sohasi va-fayllar.org

3. Go’dakda muloqot ko’laminining kengayishi va nutqning vujudga kelishi.
Oldingi sahifalarda baYOn qilinganidek, go’dakning kattalar bilan uzviy bog’liqligi majburiy muloqotga kirishshni taqozo qiladi. SHaxslararo aloqa o’rnatish zarurati bolada noverbal, nutqsiz muloqotning maxsus shakli paydo bo’lishiga olib keladi. SHuni alohida ta`kidlash kerakki, organizmning tashqi va ichki qo’zg’atuvchilarga javobi «jonlanish»ni keltirib chiqaradi. Muloqotning eng oddiy ko’rinishlari keyinchalik boshqa murakkabroq ko’rinishlarining vujudga kelishiga puxta zamin yaratadi.
Katta Yoshli kishlar tovushiga taqlid qilish, go’dakni qurshab turgan odamlar nutqini idrok qilishi tom ma`nodagi nutq faoliyatini tarkib toptiradi. Muloqotning so’ngi turlari go’dak haYOtining ikkinchi yarim yilida ko’zga tashlanadi. Uning o’zini parvarishlaYOtgan, odamlarga iliq tabassum, quvonch va shodlik tuyg’usi bilan boqishi faqat xush kechinmalaridan emas, balki ichki mexanizmlarini ifodalovchi, muayyan darajada tashkil topgan ijobiy ta`sirlanishni aks ettiruvchi muloqotdan ham iboratdir. Katta Yoshli odamlardan ta`sirlanish his-tuyg’usini go’dakning haYOti va faoliyatida bir necha YO’nalishda qaror topib boradi. Ulardan bittasi quvonch YOki tabassum tuyg’usida: kattalarga butun vujudi bilan talpinishi, tikilib turishi, harakatlarini kuzatishi, qo’lini uzatishi, boshini qo’zg’atuvchi kelgan tomonga burishi, o’ziga xos tovushlar chiqarishi YOki gugulashida yaqqol ko’rinadi. Ta`sirlanish his-tuyg’usi «jonlanish majmuasi» bilangina emas, balki uning alohida tarkibiy qismlari (tovush, chehra va hokazolar) ta`sirida ham vujudga keladi. Ta`sirlanish tuyg’usi keyinchalik tanlovchanlik xususiyatini kasb etib, faqat ayrim (yaqin, tug’ishgan) kishilarga nisbatangina hosil bo’ladi.
Oldingi bo’limlarda ta`kidlanganidek, ta`sirlanish tuyg’usi avval umumiy xususiyatga ega bo’ladi, keyinchalik (4-5 oylik paytlari) kishilarni tanish va begonaga ajratish bilan yakunlanadi. YA`ni tanishlar go’dakda chuqur ijobiy kechinmalar hosil qilsa, begonalar quvonch va tabassum hislarini butunlay to’xtatishga ham olib keladi. Tanish kishi psixik jaraYOn sifatida bolaning psixikasida alohida ahamiyat kasb etadi. SHu boisdan katta Yoshdagi odamlar go’dak uchun dastlabki tanish jaraYOnining ob`ektiga aylanadilar va muloqot davomida ijobiy ta`sirlanish tuyg’usini paydo qiluvchi qo’zg’atuvchi vazifasini o’taydilar.
Insonga qaratilgan ta`sirlanish tuyg’usi vaqt o’tishi bilan turli jismlarga ham ko’chadi. Kattalar qo’lidagi o’yinchoq,masalan, go’dakda quvonch va jonlanish hissini uyg’otadi, jismlarning bola nigohini o’ziga jalb etish xususiyati ham kattalar YOrdamida ro’YObga chiqadi. Go’dak yarim Yoshida ular bilan muloqotga kirishish jaraYOni ikki xil xususiyat kasb etadi. Avval muloqot bir tomonlama, faqat ta`sir o’tkazish bilan chegaralansa, endi teskari munosabat (go’dakning ularga javobi tariqasida) ham vujudga keladi. CHunonchi, bola kattalarning kiyimini tortqilaydi, ularga qichqiradi, hatto, hiqillaydi va hokazo. Mazkur psixik holat bolaning kattalar bilan muloqoti rivojlanishining yuqoriroq bosqichiga ko’tarilganidan dalolat beradi. Go’dakning katta odamlarga qo’yadigan talablari (garchi qat`iy ohangda, so’z bilan ifodalanmasa-da) bevosita YOrdamga muhtojligini bildiradi, (masalan, qo’lidan o’yinchoq olsa, ko’ylagi ilinib qolsa, koptogi dumalab ketsa, charchasa) va boshqa hollar ro’y bersa, boshqalarni chaqirib yani signal beradi. Bu hol muloqotga ehtiYOjni yuzaga keltiradi.
Bola haYOtining ikkinchi yarim yilligida kattalar nutqini idrok qilishi va uni tushunishi jadal sur`at bilan o’saveradi. CHunki ona YOki tarbiyachi uni parvarishlash va taribyalash jaraYOnida har bir harakatni tushunchalar, so’z birikmalari, atamalar bilan amalga oshiradi, harakat bilan predmetning uzviy bog’liqligini YOritishga tirishadi. Ma`lumki, har qaysi predmet va voqea o’z nomi bilan ifodalanadi, natijada bola uchun onaning YOki tarbiyachining (murabbiyning) nutqini tushunish va ilg’ab olish birmuncha engillashadi. Bularning barchasi bola bilan katta Yoshli odamlar o’rtasida uzluksiz hamkorlik vujudga kelishini taqozo qiladi. Bolaning hamkorlikdagi (ota-ona, enaga, murabbiy YOki tug’ishganlari ishtirokidagi) o’yin faoliyati ham, his-tuyg’uga berilishi ham nutq va nutq faoliyati bilan chambarchas bog’liq bo’ladi.
Olima G. L. Rozengart-Pupko bolaning nutqini tushunishi (idrok qilishi) jaraYOnini o’rganib, ko’ruv idroki va predmetlarga ko’z yugurtirish, ularning nomlarini tushunishni rivojlanishiga YOrdam beradi, deya xulosa chiqaradi.
D. B. Elkonin xulosasiga ko’ra, nutqni tushunish vujudga kelishini ning asosiy shartlari quyidagilardan iborat: a) umumiy holatdan predmetni ajrata olish; b) predmetga diqqat-etiborini to’plash; v) favqulodda holatga qarab anglanadigan his-tuyg’uning mavjudligi va boshqalar.
Kattalarning bola bilan mashg’ulotlarni bir necha marta takrorlashi natijasida talaffuz qilinaYOtgan so’z bilan predmet uzviy bog’lanadi va bu bog’lanish bir necha bosqichlarda namoYOn bo’ladi.
1 bosqichda kattalarning savoli bolada hech qanday ta`sirlanish tuyg’usini qo’zg’atmaydi, hatto, go’dak o’sha predmetga qiYO ham boqmaydi.
2 bosqichda bolada savolga nisbatan sust harakatlanish hosil bo’ladi va u predmet turgan tomonga diqqatini YO’naltiradi.
3 bosqichida go’dak uchun jismning mohiyati va mazmuni muhim ahamiyat kasb etmaydi, balki berilaYOtgan savolning intonatsiyasi, ritmi, tempi, mantiqiy urg’usi bosh mezon, asosiy turtki vazifasini bajaradi.
4 bosqichida go’dak pretmetni anglatuvchi so’z bilan predmetni o’zaro bog’lash imkoniyatiga ega bo’ladi, natijada boshqa joylardan ham shu predmetni topish uchun ijodiy izlanishga harakat qiladi.
5 bosqich go’dakning 9-10 oyligidan boshlanadi va uni o’zgalar nutqini tushunishning ilk shakli va ko’rinishi deb ataladi.
Go’dakda o’zgalar nutqini idrok qilish va unga javob berishga intilish, xususan qo’zg’atuvchiga javoban u YOki bu harakatni amalga oshirish murakkablashib boraveradi. Bular uning aqliy imkoniyatlari darajasiga (ziyrakligiga, topqirligiga) bevosita bog’liq bo’lib, bola ulardan ta`sirlanish natijasida narsalarga nigoh tashlaydi, uni ushlab olish uchun qo’l cho’zadi, unga emaklab boradi. Tushunish vujudga kelaYOtgan jaraYOnda favqulotda holatga qarab ta`sirlanishning o’zi ham murakkablashib boradi. Dastlab ta`sirlanish biror jismga nisbatan paydo bo’ladi, keyinchalik biror jismni boshqa ob`ektlar bilan YOnma-YOn turgan joyidan tanlab olish birmuncha qiyinchilik bilan ko’chadi. Tushunishning rivojlanish bosqichlari ko’ruv idroki bilan nutq o’rtasidagi o’ziga xos munosabat tariqasida namoYOn bo’ladi. SHuning uchun tushunish, ya`ni nutqni idrok qilish go’dakni orientrlash faoliyati negizida vujudga kelib, ko’ruv orientiri shaklida ifodalanadi. Tushunishning o’zi ham ko’ruv orientirining o’sishida yangi bosqich hisoblanib, harakatning so’z bilan boshqaruv bosqichiga ko’chganligini bildiradi.
Inson zotining bir Yoshgacha davrini nutqgacha davr deb atash odat bo’lib qolgan. Bu davr mobaynida go’dak bosh miya yarim sharlari ikkinchi signallar sistemasi faoliyati bilan bog’liq anchagina ishlarni amalga oshiradi. Nutqni tushunib idrok qilish esa kun sayin o’sib, takomillashib boradi.
Go’dak ikki oylik bo’lgunicha g’udurlashni o’rganadi. G’udurlanish ijobiy his-tuyg’u, barqaror kayfiyatning maxsus sifatida boshlanadi. U asta-sekin artikulyar apparatning takomillashuvi natijasida tovushlarni o’zaro farqlay boshlaydi. YUqorida aytilganlarning barchasi, bola amalga oshiraYOtgan nutq faoliyatining nishonasi tug’ilaYOtganini ko’rsatadi.
Go’dak haYOtining birinchi yarim yilida turli xususiyatlarga ega analizatorlar rivojlanib, orientirlash reaktsiyasi aniqroq ifodalana boshlaydi. SHartli reflekslar ko’lami tobora kengayishi natijasida voqelikka hissiy munosabat takomillashadi. Go’dak haYOtining ikkinchi yarim esa u kattalarning imo-ishoralarini tushunib idrok qila boshlaydi. Faol nutq alomatlarining vujudga kelishi bilan go’daklik davri tugaydi va ilk bolalik Yosh davri boshlanadi.
4. Ilk bolalik davridagi psixik o’sish



Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   122




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə