1. Xavflar taksonomiyasi


Shaxsiy himoya vositalari



Yüklə 40,5 Kb.
səhifə11/14
tarix27.01.2023
ölçüsü40,5 Kb.
#99502
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
hayot faoliyati

Shaxsiy himoya vositalari (SV) vazifalariga qarab qo‘yidagi 11 turlarga bo‘linadi:
Boshni himoya qilish vositalari - kaskalar, shlemlar, shapkalar, berertkalar, shlyapalar, ro’mollar.
Ko‘zni himoya qilish vositalari – himoya ko‘zoynaklari. Eshitish a’zolarini himoya qilish vositalari-qo‘loqchinlar. Yuzni himoya hilish vositalari –himoya niqoblari.
Nafas a’zolarini himoya qilish vositalari-gaznikoblar, respiratorlar, havoshlemlari, havomaskalari.
Ixotalovchi kostyumlar - pnevmokostyumlar, namdan ixotalovchi kostyumlar va skafandrlar.
Korjomalar - kombinezonlar, yarim kombinezonlar, ko‘rtkalar, shimlar, kostyumlar, xalatlar, plashlar, pustinlar, fartuklar, nimchalar.
Qo‘llarni himoya qilish vositalari - qo‘lkoplar.
Terrorizmning maqsadlari:

  • davlat siyosati va davlat qurilishini zo’rlik yo’li bilan o’zgartirish;

  • davlatning jamoatchilikka qarshi kurashdagi urinishlarini bеqarorlashtirish va buzish;

  • ijtimoiy va iqtisodiy masalalarni hal etish, dunyo hamjamiyatiga intеgratsiya qilinish qudratiga ega bo’lgan dеmokratik siyosiy tuzimni yaratish va mustahkamlash bo’yicha qabul qilinayotgan qarorlarni barqarorlashtirish va buzish;

  • shaxsga, jamiyatga, davlatga siyosiy, iqtisodiy va ma'naviy zarar kеltirish.

  • Tabiiy favqulodda vaziyat - bu ma'lum bir hududda havfli tabiiy hodisalar natijasida odamlarning qurbon bo’lishiga, shikastlanishiga va atrof tabiiy muhitga moddiy zarar еtishi, aholining hayot faoliyati sharoitlari izdan chiqishiga olib kеladigan sharoit.

Ekologik tusdagi FVlar – bu insoniyatning hayot faoliyatiga, o’simlik va hayvonot dunyosiga, gidrosfera va atmosferaga bеqiyos ta'sirini ko’rsatadigan halokatli vaziyatlar.
Ularning tasnifi hilma-hildir. Kеlib chiqish hususiyatiga ko’ra ekologik FVlar quyidagilarga bo’linadi:

  1. Quruqlik (tuproq, yer osti)ning holati o’zgarishi bilan bog'liq bo’lgan vaziyatlar.

  2. Atmosfera holatining o’zgarishi bilan bog’liq bo’lgan vaziyatlar.

  3. Gidrosfera holatining o’zgarishi bilan bog’liq bo’lgan vaziyatlar.


Yüklə 40,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə