11- Mavzu: DIN MADANIYAT FENOMENI
Reja:
1. Din, dinshunoslik, din falsafasi, teologiya, teosofiya, xudojo‘ylik tushunchalarining ma’nolari tahlili.
2. Qadimgi va milliy dinlar va ularning zamonaviy ko‘rinishlari.
3. Dunyo mamlakatlari va O‘zbekistonda vijdon erkinligi haqidagi qonun qabul qilinishining ijtimoiy madaniy ahamiyati.
Mavzuga oid tayanch so‘zlar.
Din, dinshunoslik, din falsafasi, teologiya, xudojo‘ylik, milliy din, din strukturasi, diniy ong, diniy faoliyat, diniy munosabat, diniy e’tiqod, ratsionallik, vijdon erkinligi, dinning siyosiylashuvi. budda, xinayana, maxayana, vidjrayana, dzen buddizm, xristianlik, pravoslavie, katolitsizm, protestantizm, konfessiya.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati.
Muratov D., Alimov M., Karimov J., Najmiddinov J., Jo‘raev Sh. Dinshunoslik (o‘quv qo‘llanma), - “Complex Print” nashriyoti.,Toshkent 2019.
1-savol bayoni: Din, dinshunoslik, din falsafasi, teologiya, teosofiya, xudojo‘ylik tushunchalarining ma’nolari tahlilining bayoni: “Dinshunoslik” moduli - talabalarga diniy va milliy qadriyatlarning tarixan mushtarakligi, ularning umuminsoniy qadriyatlar bilan uyg‘unligini tushuntirish hamda diniy bag‘rikenglik madaniyatini shakllantirishdan iborat.
“Dinshunoslik” dinni tarixiylik, xolislik asosida turli xalqlar hayotida tutgan o‘rnini ilmiy jihatdan, ma’naviy hayotning bir bo‘lagi sifatida yondoshib o‘rganadi.
”Dinshunoslik” moduli vazifasi esa - talabalarga hozirgi davrdagi dinlar haqida umumiy nazariy tushunchalar berish, davlat va din munosabatlari, dinlararo bag‘rikenglik g‘oyasi va madaniyati to‘g‘risidagi tasavvurlarini boyitish, shu bilan birga dinning jamiyatga ijtimoiy, ma’naviy, ruxiy ta’siri haqida bilimlar berishdan iboratdir.
Dinlar tarixi, ular bilan bog‘lik jarayonlar, dinning inson hayotining turli jabhalari bilan o‘zaro ta’sirlashuvini o‘rganuvchi fan “Dinshunoslik” deb ataladi.
Dostları ilə paylaş: |