|
12-mavzu. 1917-1991 yillarda Qoraqolpog‘iston (2 soat) Reja
|
səhifə | 5/5 | tarix | 20.05.2023 | ölçüsü | 68,86 Kb. | | #111683 |
| 12-mavzuMa’naviy hayot. Sovet davrida bolsheviklar hokimiyatining islom dini arboblari bilan munosabatlari oson kechmadi. Yangi hokimiyatning qatag‘onlik siyosati biror yil ham to‘xtamadi. Yer-suv tadbirlari paytida Qoraqum eshon, Xalqobod eshon kabilarning yerlari tortib olindi. Masjid va madrasalar buzib tashlandi. 1928 – 1930 yillarda boylar va islom dini ruhoniylarining mol-mulklari musodara qilinib, o‘zlari Qoraqalpog‘iston hududidan badarg‘a qilindi. Arab tilidagi kitob va qo‘lyozmalar yo‘q qilindi. Ommaviy kollektivlashtirish tadbiri natijasida minglab xo‘jaliklar, shu jumladan, ruhoniylar ham o‘z qadrdon joylarini tashlab boshqa yerlarga ko‘chib ketishdi. 1950 – 1952 yillarda Salmen Kamolov va boshqa diniy arboblar qatag‘on qilindi.
Sovet hokimiyatining dastlabki yillarida Qoraqalpog‘istonda tez-tez ijodiy kechalar, badiiy havaskorlarning chiqishlari, so‘zamollar va shoirlarning musobaqalari, jirov-baxshilarning bellashuvlari tashkil etilib turilardi. Tashabbus quyidan chiqardi. Jamiyat va oiladagi biror-bir quvonchli voqea aytishuvlarsiz, qo‘shiqlar musobaqasisiz, qissaxonliksiz o‘tmagan. “Baynalmilal do‘stlik kechalari” deb atalgan tadbirlar an’anaga aylanib, ular doirasida turli mamlakatlar va shaharlardan, shu jumladan Xorazm va boshqa viloyatlardan tashrif buyurgan madaniyat va san’at arboblari bilan uchrashuvlar o‘tkazilgan90.
Musiqiy chiqishlar va sahnalarni radio moslamalar orqali uzatish jamiyatni axloqiy-ma’naviy jihatdan qo‘llab-quvvatlashning yana bir shakliga aylandi. XX asrning 50-yillarida radiodan “jonli” ijrodagi konsertlar yangrar edi. To suxandon navbatdagi dasturni yoki ma’lumotni o‘qigunicha koridorda mazkur konsert ishtirokchilari bo‘lgan qo‘shiqchi va musiqachilar o‘z navbatlarini kutib turishardi.
XX asrning 50-yillarida Qoraqalpog‘iston radiosi muharriri bo‘lgan Jiyen Orazimbetov: “Radioga bo‘lgan qiziqish ulkan edi. Odamlar milliy qo‘shiq va kuylarni eshitishni xohlashardi. Ammo u payt professional qo‘shiqchi va musiqachilar yo‘q edi, faqatgina xalq qo‘shiqchilari va musiqachilari bor bo‘lib, ular dutor va qo‘bizda o‘z qo‘shiqlarini ijro etishardi. Shu kunga qadar bizning ilk katta konsertimiz esda qolgan. Musiqachilar guruhi ijrosida barchaga mashhur bo‘lgan qoraqalpoq kuyi yangragan. Odamlar o‘zlarining bozor-o‘char ishlarini tashlab, radiokarnay o‘rnatilgan darvoza tomonga oshiqib, nafaslarini ichlariga yutib kuyni tinglashgan. Samarasi esa hayratlanarli darajada bo‘lgandi”91, deb xotirlaydi.
O‘sha yillarda televizorlar va radiopriyemniklar bo‘lmagan, axborot “ma’naviy ozuqasi”ning manbai sifatida reproduktor – radiokarnay keng tarqalgan bo‘lib, odatda ular odamlar eng ko‘p to‘planadigan joylar – maydonlarga, bozorlarga, mahalliy boshqaruv organlari oldiga o‘rnatilar edi. Xalq yosh jirov, baxshi va qissaxonlarning chiqishlarini qiziqish bilan tinglardi92. Ayniqsa, qoraqalpoqlar xarakterini: tinchliksevarlik, do‘stlikka intilib yashash, totuvlik, haqparvarlik, yolg‘ondan nafrat, o‘z oldiga qo‘ygan maqsadiga intilishni ochib beradigan va o‘zida aks ettirgan tarixiy qo‘shiqlarga alohida ahamiyat qaratilardi.
Ijodiy o‘n kunliklar va madaniyat kunlarini o‘tkazish an’anasi ko‘p jihatdan madaniyat va xalq ijodiyotining rivojiga ko‘maklashib, o‘zaro foydali bo‘lgan ijodiy muloqotlar kechardi. Festivallar alohida qiziqish uyg‘otardi. Bu milliy madaniyatlarning ijodiy kechalari bo‘lib, xalq san’atini boyitar, o‘zaro tanishtirar va hatto yo‘q bo‘lib ketganlari ham esga olinardi. Ayni paytda madaniy dunyoni ijtimoiy muhitsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Qoraqalpog‘iston sharoitida ko‘p hollarda baynalmilalchilik milliylikdan ustun qo‘yilardi93.
Ma’naviy-axloqiy qadriyatlarning inqirozi natijasida “rivojlangan sosializm” deb atalgan davrni o‘z boshidan kechirgan madaniyat muassasalarining moddiy-texnikaviy bazasi yomon ahvolda edi. Bu o‘z navbatida milliy-madaniy uyg‘onish muammolarini keltirib chiqardi.
Qoraqalpog‘istonda mavjud barcha ijodiy jamoalarning kayfiyati mafkuraviy sharoitdan kelib chiqib belgilanardi. Masalan, O‘zbekiston SSR va Qoraqalpog‘iston ASSR tashkil topganligining 60 yilligi 1984 yilda keng nishonlangan. Barcha badiiy sahnalar, konsert programmalari va asarlar shu sanaga bag‘ishlangan. Ayni vaqtda esa milliy o‘zlikni ifodalash va milliy madaniyatni targ‘ib qilishga bo‘lgan ehtiyoj inobatga olinmas edi.
Qoraqalpog‘istonda Davlat o‘lkashunoslik muzeyi va I.V. Saviskiy nomidagi Davlat san’at muzeyi faoliyat yuritib, ular nafaqat mamlakatda, balki dunyoda ham katta shuhrat qozongan edi94.
XX asrning 90-yillari boshiga kelib, xalq ijodiyoti va madaniy merosini targ‘ib qilish ishlari jonlandi. “Hosil bayrami”, “Qovun sayli”, “Qiz uzatish” kabi teatrlashtirilgan tomoshalarning tashkil etilishi xalq an’analarining tiklanishiga yordam berdi.
Dostları ilə paylaş: |
|
|