12-mavzu. Boshqaruv qarorlarini qabul qilish reja


Rivojlangan mamlakatlarda biznesni arkazlashtiril magan holda boshqarish tajribasi



Yüklə 356,59 Kb.
səhifə23/27
tarix17.04.2023
ölçüsü356,59 Kb.
#106036
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27
6-mavzu. Boshqaruv qarorlarini qabul qilish

12.6. Rivojlangan mamlakatlarda biznesni arkazlashtiril magan holda boshqarish tajribasi
AQSh iqtisodiyotida biznes tarkibini o‘zgartirish amaliyoti XIX asrning 50-60-yillarida korxonalarda markazlashgan boshqaruvdan foyda, investitsiya kabi markazlarning huquq va majburiyatlarini oshirishga o‘tilishi bilan boshlandi.
Rivojlangan davlatlar tajribasiga ko‘ra, korxonalar o‘rtasidagi raqobat kurashining kuchayishi ishlab chiqarishning moslashuvchanligi va samaradorligini oshirish, har qanday ichki va tashqi omillar ta’siriga tayyor turish kabi muhim vazifalarni amalga oshirishni taqozo etadi.
Bunday sharoitda yirik korxonalar oldida vertikal integratsiyalashish darajasini haqqoniy baholash, uni pasaytirish imkoniyatlarini izlash, bo‘linmalarning xo‘jalik mustaqilligini ta’minlash kabi vazifalar yuzaga keladi.
G‘arb mamlakatlari tajribasining tasdiqlashicha, biznesni nomarkazlashtirishda korxona rahbariyati bozorni o‘rganish, ishlab chiqarishni boshqarish va nazorat qilish, tovar va xizmatlarni sotish to‘g‘risida yetarlicha axborotlar to‘plash borasida dastlabki marketing izlanishlarini amalga oshirmasdan iqtisodiy samaradorlikka erishishi qiyin.
Marketing izlanishlari tovar (ish va xizmat)larni bozorda foydali sotish bo‘yicha boshqaruv qarorlari qabul qilishda asos vazifasini bajaradi. Mazkur izlanishlar mahsulotlar sifati va bahosiga ta’sir etuvchi omillar hamda ishlab chiqarish va sotish ko‘rsatkichlari (sotish hajmi va joyi, mol yetkazib beruvchilar, vositachilar va h.k.)ni ifoda etadi.
Biznes tarkibini o‘zgartirish bo‘yicha boshqaruv qarorlari qabul qilishda quyidagilar marketing faoliyatining asosiy yo‘nalishlari hisoblanadi:

  1. korxonaning istiqbolli rivojlanish imkoniyatlarini tahlil qilish;

  2. joriy biznes faoliyatiga ta’sir qiluvchi ichki va tashqi omillarni tahlil qilish;

  3. korxonaning ichki biznes tarkibini tahlil qilish;

  4. korxonaning faoliyat ko‘rsatayotgan tashkiliy tuzilmasining iqtisodiy samaradorligini baholash.

Korxonaning istiqbolli rivojlanish imkoniyatlarini tahlil qilishda uning bozorda muayyan faoliyat turi bo‘yicha raqobatlashish darajasi aniqlanadi.
AQSh iqtisodchisi, strategik boshqarish bo‘yicha yetuk iqtisodchi olim M.I.Porter korxona biznesining rivojlanishiga olib keluvchi to‘rtta o‘zaro raqobatlashadigan iqtisodiy sub’ektni ajratadi (12.9-rasm).
Korxonalar o‘z biznes faoliyatini tashkil qilishda mol yetkazib beruvchilar to‘g‘risidagi zarur axborotlarni hisobga olishi zarur. Mol yetkazib beruvchilar korxonalar faoliyatiga yetkazib beriladigan mahsulotlarni bahosi va sifatining maqbulligini ta’minlash orqali ta’sir ko‘rsatadi.




Yüklə 356,59 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə