2. Gidrosiklonlarning tuzilishi va ishlash prinsipi Gravitatsion gidravlik tasniflagich



Yüklə 46,5 Kb.
səhifə2/3
tarix29.11.2023
ölçüsü46,5 Kb.
#143048
1   2   3
Ajratish dastgohlari mexanik va gidravlik-fayllar.org

Gidrosiklonlar – mayda yanchilgan mahsulotlarni gidravlik tasniflash
uskunasi bo`lib, tasniflanish bo`tananing aylanishidan hosil bo`ladigan markazdan
qochma kuch ta`sirida amalga oshadi.
Gidrosiklon (49-rasm) silindrsimon 4 va konussimon 5 qismlardan iborat
bo`lgan qurilma. Qurilmaning ichki yuzasi abraziv zarralarning ishqalanishidan
himoyalovchi tosh qoplama, poleuteran yoki rezina bilan himoyalanadi.
Silindrsimon qism yuqoridan markaziy teshikka ega bo`lgan qopqoq 2 bilan
yopiladi. Qopqoqning teshigiga boltlar yordamida sliv quvuri 3 mahkamlanadi.
Gidrosiklonning konussimon qismining uchiga qum uchun konussimon nasadka
boltlar yorlamida mahkamlanadi. Gidrosikolnning silindrsimon qismida dastlabki
mahsulot uchun quvur 1 o`rnatiladi. Gidrosiklonga kirishdagi bosim monometr
yordamida nazorat qilinadi. Dastlabki mahsulot gidrosiklonga bosim ostida qabul
qiluvchi quvur 1 orqali yuboriladi. (49-rasm). Qabul qiluvchi quvur
gidrosiklonning silindrsimon qismi 4 ga urunma holda joylashganligi sababli,
bo`tana aylanish harakatini oladi. Nisbatan katta va og’ir zarrachalar markazdan
qochma kuch ta`sirida uskunaning devori bo`ylab spiralsimon oqimda pastga
harakatlanadi va qum uchun quvur 6 dan chiqarib yuboriladi. Mayda zarrachalar
suv bilan birga ichki oqim hosil qiladi, u ko`tariladi va sliv quvuri 3 orqali chiqarib yuboriladi.
Gidrosiklonlarning unumdorligi va mahsulotlarning ajralish samaradorligi
ko`pgina omillarga bog’liq bo`lib, ularning asosiy qismini quyidagilar tashkil
etadi: gidrosiklonga kirishda bo`tananing qabul qiluvchi quvurning, sliv va qum
uchun quvurlarning ichki qirqimi o`lchamlari; silindrsimon qismi diametri va
gidrosiklonning konuslik burchagi; gidrosiklonga yuboriladigan bo`tananing
zichligi; tasniflanayotgan mahsulotning xarakteristikasi.
Gidrosiklon diametrining oshishi bilan uning hajmiy unumdorligi ortadi.
Shunga qaramasdan, dastlabki mahsulotning o`lchami qancha kichik bo`lsa,
gidrosiklonning diametri shuncha kichik bo`lishi kerakligini inobatga olish zarur.
Gidrosiklon (a) va undagi mahsulotning harakati (b) sxemasi.
Bo`tananing qabul qiluvchi quvur o`lchamining oshishi bilan gidrosiklonning hajmiy unumdorligi proportsional ravishda oshadi. Biroq, hajmiy unumdorlikning oshishi bilan slivga katta zarralar chiqib ketadi.
Qum chiquvchi quvur diametrining oshishi bilan slivning chiqishi kamayadi,
quyilga mahsulotning hajmi ortadi va undagi qattiq zarralar miqdori kamayadi,
mayin zarrachalar pastki quvur orqali chiqib ketishi kuzatiladi.
Gidrosiklonga kirishdagi bosim gidrosiklonning ish unumdorligiga va
ajralish sifatiga ta`sir qiladi. Mayin sliv olish uchun bosim 150-200 kPa dan kam
bo`lmasligi kerak. 30-50 kPa bosimida slivdagi zarrachalarning o`lchami sezilarli
darajada ortadi.
Tasniflash va quyiltirish uchun gidrosikonlarning konuslilik burchagi 10-20°
bo`lib, cho`zilgan konus qismi va qisqartirilgan sliv quvuri ega.
Tasniflash va quyiltirishda asosiy texnologik ko`rsatkichlar quyidagicha:
dastlabki mahsulotdagi qattiq zarrachalarning miqdori - 10-20%; eng kam ajratish
o`lchami – 0,01 mm; dastlabki mahsulotning gidrosiklongi kirishdagi bosimi - 0,4
MPa gacha.
Gidrosiklonning quyilgan yirik zarrachali mahsulotida qattiqliq miqdori
keng chegarada (300 dan 900 g/l gacha) olinishi mumkin.
Gidrosiklonning dastlabki bo`tana bo`yicha ishlab chiqarish quvvati W, m 3
/soat, quyidagi formuladan aniqlanadi
30
H
d
d
W
c
p

bu yerda d p – dastlabki mahsulot kiruvchi quvurning diametri, m; d c –sliv
quvurining diametri - m; H – bo`tananing kirishdagi bosimi, Pa. Gidrosiklonda tasniflashda zarrachaning chegara yirikligi d ch , m, quyidagi formula bilan aniqlanadi
Boyitirish amaliyotida gidrosiklonlar yanchilgan mahsulotni sliv va qumga
ajratish, mahsulotlarni suvsizlantirish va quyiltirish hamda birqancha turdagi
rudalarni boyitish uchun ishlatiladi.
Nisbatan yuqori ishlab chiqarish quvvatiga ega bo`lgan holda mayin sliv
olish uchun kichik diametrli gidrosiklonlar batareyalari ishlatiladi. Batareyalar
alohida gidrosiklonlardan yig’ib joylashtiriladi yoki maxsus blokli tuzilishga ega
bo`ladi.

Yüklə 46,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə