|
3-Mavzu. Milliy urf-odat, qadriyat va an’analar – tarbiya asosi
|
səhifə | 1/5 | tarix | 29.11.2023 | ölçüsü | 378,66 Kb. | | #139522 |
| 3-Mavzu. Milliy urf-odat, qadriyat va an’analar – tarbiya asosi
3-Mavzu. Milliy urf-odat, qadriyat va an’analar – tarbiya asosi
Asosiy savollar:
Boshlang’ich sinf o’quvchilarini milliy qadriyatlar asosida tarbiyalash
Boshlang’ich sinf o’quvchilari ongiga umuminsoniy qadriyatlarni singdirish
Tarbiya darslarida milliy qadriyatlar, urf-odat va marosimlarni o’rganish, milliy qadriyatlarning shaxs kamolotiga ta’siri
Tayanch ibora va tushunchalar: tarbiya, milliy qadriyat, umuminsoniy qadriyat, urf-odat, an’ana, milliy odob, miliy e’tiqod, beshik, alla, ma’naviyat, shaxs ma’naviyati, milliy tuyg’u.
Boshlang’ich sinf o’quvchilarini milliy qadriyatlar asosida tarbiyalash
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Insonparvarlik, ezgulik va bunyodkorlik – milliy g’oyamizning asosiy poydevoridir” kitobida hozirgi zamon ta’lim jarayonimizda yosh avlodni milliy qadriyatlar asosida tarbiyalash vazifasini qo’ygan.
Milliy qadriyat - bu millatimiz barpo etilgandan to hozirgi kungacha bo’lgan barcha urf-odatlarimiz, marosim va an’analarimiz davom etib kelayotgan hunarmandchiligimiz, san’at asarlarimiz, yozma manbalar-u yodgorliklarimiz, milliy inshooatlarimiz, boy merosimizdir. Har bir millatning ma’naviy boyligi milliy va umuminsoniy qadriyatlarning birligidan tashkil topadigan bebaho ne’mat hisoblanadi.
Ma’naviy meros o’tmishning yutug’i uni to’la, odilona egallash va rivojlantirish esa hozirgi avlodlarning eng muhim burchi va vazifasi hisoblanadi. O’z madaniy merosini, qadriyatlarini bilmaslik madaniyatsizlik sifatida qaraladi. Ularni boyitib, yuksak darajaga ko’tarishga intilmaslik - millat va uning istiqboli uchun katta ziyon. Ma’naviyati yuksak darajada rivojlangan insongina mustaqillik ravnaqi uchun kurashda o’z hissasini qo’shadi va bunga o’zida kuch va qudrat topa oladi.
An’ana - tarixiy taraqqiyot jarayonida tabiiy va ijtimoiy ehtiyojlar asosida vujudga keladigan, avloddan-avlodga meros bo’lib o’tadigan, kishilar ma’naviy hayotiga ta’sir ko’rsatadigan madaniy hodisadir.
Dostları ilə paylaş: |
|
|