|
3-mavzu. Xalqaro mehnat bozorining rivojlanishiga ta’sir ko’rsatuvchi omillar. Reja
|
səhifə | 1/4 | tarix | 20.10.2023 | ölçüsü | 31,41 Kb. | | #128686 |
| 3-mavzu.
3-MAVZU. XALQARO MEHNAT BOZORINING RIVOJLANISHIGA TA’SIR KO’RSATUVCHI OMILLAR.
Reja
Xalqaro mehnat bozorining rivojlantirish konsepsiyasi
Xalqaro mehnat bozorining rivojlantirish omillari
Ijtimoiy-mehnat munosabatlarini tashkil qilish
Mehnat faoliyatini tashkil etish va oqilonalashtirishga oid xorijiy nazariyalarning rivojlanishi
3.1. Xalqaro mehnat bozorining rivojlantirish konsepsiyasi
Mehnat resurslari bilan ko`p ta`minlangan respublikamiz mehnat bozorining rivojlanish konsepsiyasining asosiy maqsadi – mehnatga layoqatli aholi bandligini kamayishi, mehnat unumdorligining pasayishi, inflyasiyaning mavjudligi oldini olishdan iboratdir.
Mulkchilikning turli shakllarini sekinlik bilan vujudga kelishi, iqtisodiyotdagi tarkibiy o`zgarishlarni juda sekinlik bilan amalga oshirilishi, haqiqiy daromadlarining kamayishi kabi ishchi kuchi talabini oshirish va uning taklifini kamaytirish bo`yicha kompleks tadbirlar ishlab chiqishdan iboratdir. Ular o`tish davri O`zbekiston milliy iqtisodiyotini chuqur, tarkibiy va erkinlashtirishni isloh qilishning strategik maqsadlariga asoslanib ishlab chiqiladi. Buni hisobga olgan holda mazkur konsepsiyaning strategik maqsadilari qilib quyidagilarni belgilash mumkin:
ijtimoiy yo`naltirilgan mehnat bozorini bosqichma-bosqich
shakllantirish;
mehnatga layoqatli ish bilan band bo`lmagan aholini ish bilan ta`minlovchi hamda ishchi kuchiga talab va taklifni tartibga soluvchi mustahkam rivojlangan mahalliy va xorijiy bandilk xizmati tashkilotlari tizimini shakllantirish;
yangi ish joylarini tashkil etishga, aholini bandlik darajasini oshirishga va ishlab chiqarish salohiyatidan unumli foydalanishga asos bo`luvchi chuqur iqtisodiy-tarkibiy islohotlarni amalga oshirish;
aholini ish bilan oqilona bandligini ta`minlash;
qayta ishlash sanoati, xizmat ko`rsatish va shaxsiy mehnat tarmoqlarida yangi ish joylarini yaratish va o`smirlar, ko`p bolali ayollar, pensionerlar va nogironlar uchun mehnatni kafolatlashtirilgan mintaqani tashkil etish;
ishchi kuchiga talabning oshishi va ishsizlikning kamayishini ta`minlovchi kichik va o`rta biznes hamda xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish; mulkchilikning ijara, jamoa, hissadorlik va xususiy shakllari va shaxsiy yordamchi xo`jaliklarni rivojlantirish;
ishlab chiqarish va xizmat ko`rsatishni mahalliy va xorijiy samarali texnologiya va texnika bilan ta`minlash;
sanoat korxonalari va ishlab chiqarish – ijtimoiy infratuzilma ob’yektlarini vujudga keltirish;
mahalliy xodimlarnining malakasini, raqobatbardoshligini va chet elga yuborilishini amalga oshirish va ularda yangi iqtisodiy ma`naviy va ma`rifiy tafakkurni shakllantirish, har bir ishsiz uchun ixtiyoriy va mustaqil ish joyini tanlash va mehnat qilish imkoniyatlarini yaratish;
mehnat bozori, ishsizlik va aholi bandligidagi jarayonlarni tartibga soluvchi iqtisodiy, tashkiliy va huquqiy mexanizmlarni takomillashtirish.
Dostları ilə paylaş: |
|
|