419
BOSHLANG‘ICH SINF ONA TILI DARSLARIDA MUSTAQIL FIKRLASHGA
O‘RGATUVCHI MASHQLAR
Ahmedova Dilrabo Rahmatovna
Farg‘ona shahar 7-o‘rta talim maktabi
boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi
Annotatsiya:
maqolada boshlang’ich ta’lim o’quvchilarining mustaqil fikrlash
qobiliyatini
o’stirishda mashqlarning ahamiyati va ularni o’rgatish usullari yoritilgan.
Kalit so‘zlar:
mashq, mustaqil fikr, savod o’rgatish, ijodiy mashq.
Ona tili fanini o„qitishning asosiy vazifasi - o„quvchi shaxsini fikrlashga, o„zgalar
fikrini anglashga, o„z fikrini og„zaki hamda yozma shaklda savodli bayon qila olishga
qaratilgan nutqiy kompetensiyani rivojlantirish; o„quvchilarda
grammatikaga oid
o„zlashtiriladigan bilimlarni (fonetika, leksikologiya, so„zning tarkibi, so„z yasalishi,
morfologiya, sintaksis, yozuv va imlo, tinish belgilari,
nutq uslublari, stilistikaga oid
tushunchalarni) rivojlantirish hamda ona tilining keng imkoniyatlaridan unumli
foydalangan holda to„g„ri va ravon bayon eta olishni rivojlantirishga qaratilgan
lingvistik kompetensiyalarni shakllantirishdan iborat.
Boshlang„ich ta‟limda – o„quvchilarning savodxonligini ta‟minlash, adabiy nutq
me‟yorlariga og„zaki va yozma nutqida rioya qilishni shakllantirish ko„nikmalarini
shakllantirishdan iborat.
Boshlang„ich ta‟lim mazmuni quyidagi bo„limlarni o„z ichiga oladi:
1. Savod o„rgatish va nutq o„stirish.
2. Amaliy fonetika va grammatika, imlo va nutq o„stirish.
Savodga o„rgatish jarayoni ikki davrni: alifbegacha tayyorlov va alifbe davriga
ajratiladi. Tayyorgarlik va alifbe davrida ta‟lim savodga o„rgatishning tahlil-tarkib
tovush usulida amalga oshiriladi. Bunda o„quvchilar nutqini yangi so„zlar
hisobiga
boyitishga alohida e‟tibor qaratiladi.
Boshlang„ich sinflarda ona tili ta‟limi o„quvchilarda nutqiy faoliyatning asosiy
turlarini rivojla
ntirishni ko„zda tutadi. Shuning uchun Ona tili o„quv fani mazmunini
nutq tovushlari, yozma nutqda tovushlarning ifodalanishi, so„z
turkumlari, ularning
o„zgarishi va gapda so„zlarning bog„lanishi, so„zlarning morfemik tarkibi va so„z
yasalishi, so„zlarning leksik-semantik guruhlari, imlo qoidalari va tinish belgilarining
ishlatilishiga doir bilimlar tashkil etadi.
Boshlang„ich sinflarda mustaqil fikrlashga o„rgatuvchi mashqlar bolalarning
narsa va atrof-
muhit haqidagi bilimlarini tartibga soladi va ularga to‟g‟ri fikrlash
420
usullarini o‟rgatadi. O‟quvchi maktabga kelganda, keng lug‟at boyligiga ega bo‟lsa
ham, odatd
a, tafakkurning taqqoslash, qarshi qo‟yish,
umumlashtirish, guruhlash
usullaridan foydalanishni bilmaydi (ayniqsa, bilish faoliyatining ob‟ekti aniq predmet
emas, uni ifodalovchi so‟zlar bo‟lsa). Mustaqil fikrlashga o„rgatuvchi mashqlarning
vazifasi u yoki bu narsa va hodisalar bilan tanishish asosida bolalarni predmet va
hodisalardan muhimini, umumiysini ajratishga, so‟z bilan aniq ifodalashga o‟rgatish,
bolalarga mantiqiy usullar tizimini o‟rgatish bilan bilimini material tomondan boyitish
va uni aqliy t
omondan o‟stirish hisoblanadi.
Mustaqil fikrlashga o„rgatuvchi mashqlar bolalarning so‟z boyligi va tilining
umumiy o‟sishida katta ahamiyatga ega bo‟lib, lug‟at ishi va tilga oid boshqa ishlar
bilan bog‟lab olib boriladi. Masalan:
1.
Narsalarning mavzuga
tegishli guruhini tuzish: ust kiyimlar (ko‟ylak,
kostyum) va oyoq kiyimlar (botinka, tufli ); uy hayvonlari va yovvoyi hayvonlar kabi.
Bunda bolalar «Bu nima?» so‟rog‟iga javob berishga o‟rgatiladi: Bu n i m a? -
Avtobus. Avtobus nima? Mashina.
2. Bir turd
agi narsalarni sanab ko‟rsatish va umumlashtiruvchi bir so‟z bilan
nomlash. Masalan, stol, stul, shkaf larni bir so‟z bilan qanday nomlash mumkin?
(Mebel)
3. Berilgan narsalardan bir guruhga kirmaydiganlarini ajratish. Masalan,
qalam, pero, chizg‟ich, o‟chirg‟ich, stul ko‟rsatiladi, o‟quvchilar o‟quv qurollarini
ajratadilar, stul o‟quv quroliga kirmasligini, mebel ekanini aytadilar.
Bunday mashq o‟yin tariqasida o‟tkazilishi ham mumkin: ma‟lum so‟zlar berilib,
ortiqchasini topish va nima uchun ortiqcha ekanini tushuntirish talab etiladi:
qaldirg‟och, chumchuq, mushuk, musicha.
4. Predmet nomlari va belgi bildirgan so‟zlarni guruhlarga ajratish.
Bunda
so‟zlar choynak, tesha, bolta, piyola, arra, tarelka kabi aralash beriladi. O‟quvchilar
guruhlab, idishlar nomi: choynak, piyola, ... ; ish qurollari nomi: tesha, bolta, ... kabi
yozadilar. Narsa belgisini bildirgan so‟zlar ham aralash beriladi, bolalar to‟rt
guruhga (rang, maza, shakl, xususiyat) ajratadilar.
5. Qarama-
qarshi qo‟yish bilan umumlashtirish: qaldirg‟och, chumchuq, bulbul
− qushlar, tovuq, xo‟roz, kurkalar-chi? (Parrandalar.)
Mazkur mashqlar sermazmun bo‟lishi, o‟quvchilarning tajribasi bilan
bog‟lanishi, ularni to‟g‟ri fikrlashga o‟rgatishi, bilimlariga aniqlik kiritishi va tartibga
solishiga xizmat qilishi lozim.
Ijodiy mashqlarda o‟quvchilar o‟zlari erkin ravishda gap tuzadilar. Boshlang‟ich
sinflarda ijodiy mashqlarning quyidagi turlaridan foydalaniladi:
421
1. Gap tuzish uchun mavzu beriladi, o‟quvchilar shu mavzuga mos gap
tuzadilar: «Quyoshli kunda», «Bizning uy» yoki «Quyon va tipratikan» kabi.
2. Narsa rasmi yoki syujetli rasm beriladi, o‟quvchilar rasm asosida bir yoki bir
necha gap tuzadilar.
3. Ikki-
uchta «tayanch» so‟z beriladi, o‟quvchilar shu so‟zlarni qatnashtirib gap
tuzadilar.
Tayanch so
‟z sifatida bolalarning faol lug‟atiga aylantirish zarur bo‟lgan
so‟zlar olinadi.
Xulosa qilib aytganda, boshlang„ich sinflarda mustaqil fikrlashga o„rgatuvchi
mashqlar bolalarning narsa va atrof-muhit haqidagi bilimlarini tartibga soladi va
ularga to‟g‟ri fikrlash usullarini o‟rgatadi. Mustaqil fikrlashga o„rgatuvchi mashqlar
bolalarning so‟z boyligi va tilining umumiy o‟sishida katta ahamiyatga ega bo‟lib,
lug‟at ishi va tilga oid boshqa ishlar bilan bog‟lab olib borilsa maqsadga muvofiq
bo‟ladi.