5-mavzu: Shaxs hissiyoti, irodasi, bilish jarayonlari, motivasiyasi, o‘z-o‘zini anglashi diagnostikasi va psixokorreksiyasi. Reja


QO‘LINGIZDAN KELADIGAN 20 TA FOYDALI ISH-



Yüklə 101,45 Kb.
səhifə9/23
tarix05.02.2023
ölçüsü101,45 Kb.
#100203
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   23
5-мавзу

QO‘LINGIZDAN KELADIGAN 20 TA FOYDALI ISH-Sog‘lom turmush tarziga erishish uchun amaliyotchi psixologlar quyidagi foydali ishni kun tartibiga kiritishni tavsiya etishgan:

— Doim bir xil vaqtda uxlang, bir xil vaqtda uyg‘oning.
Nonushta, tushlik, kechki ovqatni har kuni bir vaqtda tanovul qiling.
— Bir sutkada 8 soatdan ko‘p uxlamang.
— Yotishdan oldin bir oz piyoda yuring, toza havodan bahramand bo‘ling.
— Kun davomida kamida 1,5 litr suv iching.
— Har kuni meva-sabzavotlar yeng.
— Yotishdan oldin bir stakan qatiq iching.
— Kun davomida kompyuterdan 2 soatdan ortiq foydalanmang.
— Tashqi ko‘rinishingizga e’tibor bering.
— Tongda yuguring yoki piyoda yuring.
— Sport bilan muntazam shug‘ullaning.
— Ertalabki badan tarbiyani kanda qilmang.
— Tabassum qiling.
— Har kuni 5 ta yangi so‘z o‘rganing.
— Har kuni uyingizni tartibga soling, keraksiz narsalardan voz keching.
— Har kuni yangi narsa o‘rganishga harakat qiling, bugungi kuningiz kechagisidan farq qilsin.
— Har kuni kamida 10-15 sahifa kitob o‘qing.
— O‘zingizda sabr-qanoat fazilatini shakllantiring.
— Insonlarga chiroyli muomalada bo‘ling.
— Faqat yaxshi niyat qiling.
STRESSNI DAVOLASH VA OLDINI OLISH-Barchaga ma’lumki, yaxshi uyqudan ko‘ra yaxshiroq dori yo‘q. Shunday ekan, siz qanday uxlashingiz haqida o‘ylab ko‘rishingiz kerak. Quyida uyquni yaxshilashga yordam beradigan ba’zi tavsiyalar keltirilgan:
Muntazam mashqlar normal uyqu uchun katta yordam beradi. Ularni yotishdan ikki soat oldin, ochiq havoda bajarish tavsiya etiladi.
— Uxlashdan oldin issiq vanna qabul qilib, sokin musiqa tinglashingiz mumkin. Har kuni buni qilishga harakat qiling.
— Uyqu normal va sog‘lom bo‘lishi uchun organizmga melatonin deb ataladigan gormon kerak. U gormon esa guruch, bug‘doy, arpa, pista urug‘i, quritilgan o‘rikda ko‘p bo‘ladi.
— Yotoqxona shovqinli va yorug‘ bo‘lmasligi kerak, bular tinch uxlashga xalaqit beradi.
— Stressli vaziyatni yengishda bir tekis va sokin nafas olish yordam beradi. Nafasni burun orqali chuqurroq olish kerak, chiqarishda esa sekin, og‘iz orqali chiqarish kerak.
— Stressda to‘g‘ri ovqatlanish ham muhim ahamiyatga ega. Oziq-ovqat oson va yaxshi hazm bo‘lishi kerak. Shoshmasdan, kam-kamdan ovqatlaning. Ovqatlangandan keyin bir oz dam olish kerak.
— Stress bilan kurashishda xalq tabobati usullari bor. Moychechak yaxshi ta’sirga ega. Uning damlamasi bosh og‘rig‘i, uyqusizlik bilan kurashadi va tinchlantiruvchi ta’sirga ega. Bu zo‘riqishni, tashvishlarni yengillashtirish uchun ishlatiladi, hatto og‘ir stressda ham yordam beradi.
Agar siz karantinga yoki izolyasiyaga olingan bo‘lsangiz, bularni nafaqat o‘zingiz, balki yaqinlaringiz uchun ham qilayotganingizni esda saqlang.

Yüklə 101,45 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə