7-sinf “algebra” kursida o’rganilgan mavzularni takrorlash


Darsning ko’rgazmali qurollari



Yüklə 0,66 Mb.
səhifə9/18
tarix22.12.2023
ölçüsü0,66 Mb.
#154386
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   18
8-konspekt-geometriya-1-d187d0bed180d0b0d0ba

Darsning ko’rgazmali qurollari: ______________________________


Darsning borishi:


1. Tashkiliy qism – salom-alik qilish, davomatni tekshirish, zarur ko’rgazmali qurol va jihozlarni darsga hozirlash;
2. O’tilganlarni takrorlash va yangi mavzuni boshlashga hozirlik – yangi mavzu bilan bog’liq o’tilgan dars mavzularini takrorlash; o’quvchilarning yangi
mavzuni o’tishdan oldin bu mavzuga oid bilim darajalarini aniqiash, baholash
va yangi materialni o’zlashtirishga tayyorlash; yangi dars maqsadini tushuntirish;
3. Yangi mavzuni yoritish:
Parallelogrammning alomatlari
Avvalgi mavzuda ko'rib chiqqanimizdan malum bo'ldiki, parallelogrammning qarama-qarshi burchaklari va tomonlari teng. Shuningdek, parallelogramm trapetsiya xossalariga ega bo'lgani uchun uning ikki qo'shni burchagi yig'indisi 180° bo'ladi. Trapetsiyadan farqli, parallelogrammda ixtiyoriy ikki qo'shni burchak yig'indisi 180° bo'ladi.
Parallelogrammning diagonali uni ikkita teng uchburchakka ajratishini isbotladik. Bunda parallelogramm burchaklari yig'indisi uni tashkil qilgan uchburchaklar ichki burchaklari yig'indisiga teng bo'ladi. Demak, paral­lelogramm ichki burchaklari yig'indisi 360° ga teng ekan.
Parallelogrammning alomatlari bilan tanishamiz.
1-teorema:
( 1-alomat.) Agar to'rtburchakning ikkita tomoni teng va parallel bo'lsa, bu to'rtburchak parallelogrammdir.
I s b o t. ABCD to'rtburchakda AB = DC va AB || DC bo'lsin (27- rasm). Uning BD diagonalini o'tkazamiz. Natijada ikkita teng ABD va CDB uchburchaklarga ega bo'lamiz (ikki tomoni va ular orasidagi burchagiga ko'ra), chunki ularda AB=DC (shartga ko'ra), BD tomon — umumiy, 1= 2 (AB va DC parallel to'g'ri chiziqlar hamda BD kesuvchi bilan kesishishidan hosil bo'lgan ichki
almashinuvchi burchaklar bo'lgani uchun). Uchburchaklarning tengli-gidan, 3 = 4 ekani kelib chiqadi. Bu burchaklar AD va BC to'g'ri chiziqlar hamda BD kesuvchi bilan kesishishidan hosil bo'lgan ichki almashinuvchi burchaklar, va demak, AD || BC.
Shunday qilib, ABCD to'rtburchakning qarama-qarshi tomonlari jufti-jufti bilan parallel. Shuning uchun parallelogramm ta'rifiga ko'ra ABCD to'rtburchak - parallelogrammdir.

Yüklə 0,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə