8. Pul mablagʻlari xarakati bilan bogʻliq muomalalar auditining uslubi



Yüklə 162,52 Kb.
səhifə15/22
tarix20.07.2023
ölçüsü162,52 Kb.
#119730
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   22
hisobot Tayyor (2)

Debet

Kredit

1.

Kassadan xodimlarga avans berildi

4210

5010

35,500,000.00

Chiqim kassa orderi

2.

Hisob-kitob schyotidan kassaga naqd pul olindi

5010

5110

70,553,054.00

Chek daftarchasi, kirm kassa orderi

3.

Xodimlarga kassadan ish haqi tarqatildi

5010

6710

35,053,054.00

Chiqim kassa orderi, to`lov qaydnomasi

Korxona kassasiga turli manbalardan va turli maqsadlarda kirim qilingan pul mablag‘lari “kirim kassa orderi” bilan hujjatlashtirilgan. Pul mablag‘larini chiqim qilinishi esa “chiqim kassa orderi” hujjati bilan rasmiylashtirilgan. Ushbu kirim va chiqim kassa orderlari asosida kassir “Kassa kitobi”ni yuritgan(17-ilova). Ushbu kitob nomerlangan, korxona rahbari va bosh hisobchi tomonidan imzolangan hamda korxona muxri bilan tasdiqlangan. Kassa hisoboti va unga ilova qilingan boshlang‘ich hujjatlar asosida pul mablag‘larining analitik va sintetik hisobi yuritiladi(18-ilova). Kassa bo‘yicha yuqoridagi operatsiyalar oylar kesimida jamlanib bosh kitobga o‘tkazilad(19-ilova).
19- son BHMS ga muvofiq har bir korxonada kassadagi pul mablag`lari har oyda bir marta inventarzatsiya qilinishi kerak. Lekin korxonada kassa xo`jaligi bo`yicha inventarizatsiya 1 yilda 1 marta o`tkazilgan.
Korxonalarning bo‘sh turgan pul mablag‘lari bankda ochilgan hisob-kitob schyotida saqlanadi. ASIA CARPET TEXTILE MChJ korxonasi o‘zining hisob raqamini O‘zsanoatqurilishbank Samarqand mintaqaviy filialida ochgan, korxonaning hisob raqami 20208000004914263001.
Hisob kitob schyotidagi pul mablag‘larining sintetik hisobi 21-son BHMS ga muvofiq 5110 « Hisob-kitob schyoti»da yuritiladi.
Pul mablag‘larini naqdsiz chiqim qilishga asos bo‘lib to‘lov topshiriqnomalari, inkasso topshiriqnomalari, bankning memorial orderlari hisoblanadi.
Barcha kirim va chiqim hujjatlari asosida korxona tomonidan bank-klient tizimi orqali hisob-kitob schyotidan ma’lum bir davr uchun ko‘chirma olinadi. Ko‘chirmada davr boshi va oxiriga hisob–kitob schyotidagi pul mablag‘larining qoldig‘i, shu davrdagi barcha kirim va chiqimlarning summalari hujjatlar asosida ko‘rsatiladi. Bank ko‘chirmalari korxona buxgalteriyasida hisob-kitob schyotidagi pul mablag‘larining sintetik va analitik hisob registrlarini yuritishga asos bo‘ladi(20,21-ilova).
Audit jarayonida hisob-kitob schyoti bo‘yicha asosiy xo‘jalik operatsiyalariga quyidagi buxgalteriya yozuvlari to`g`riligi tekshiriladi (12-jadval):

Yüklə 162,52 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə