9-mavzu. Sanoat korxonalarida diagnostika asoslari to‘G‘risida umumiy ma‘lumot


Avtomatik tizimlarni yaratish va ekspluatasiya bosqichlarida diagnostika ta‘minoti



Yüklə 177,09 Kb.
səhifə3/5
tarix06.03.2023
ölçüsü177,09 Kb.
#102004
1   2   3   4   5
9-Маъруза АСДИ

Avtomatik tizimlarni yaratish va ekspluatasiya bosqichlarida diagnostika ta‘minoti.
Avtomatlashtirish vositalarini loyihalayotganda (texnik topshiriqni ishlab chiqish bosqichida) quyidagilar belgilanadi:
ekspluatatsiya sharoitlaridan kelib chiqqan holda diagnostika turlari, davriyligi va mehnat hajmi;
- diagnostikaning qoidalari va ketma-ketligi;
- diagnostika parametrlarining rо‘yxati va avtomatlashtirish vositasining texnik holatini bildiradigan, nuqsonlar qidirishni ta‘minlaydigan sifat belgilari;
- tuzilmaviy, diagnostik parametrlarning nominal, yо‘l qо‘yilgan va chegaraviy miqdorlari va parametr qiymatlarining yuriladigan yо‘lga bog‘liqligi;
- parametr о‘lchamlarining aniqligiga qо‘yiladigan tachablar;
- diagnostika vositalari rо‘yxati, avtomatlashtirish vositasi va tarkibiy qismlarining diagnostika о‘tkazilayotgandagi ish tartibotlari;
- avtomatlashtirish vositasining nazoratga yaroqlilik kо‘rsatkichlariga
- qо‘yiladigan talablar;
- diagnoz qо‘yish vaqtida mehnat muhofazasi, xavfsizlik
- texnikasiga qо‘yiladigan talablar va boshqalar.
Ishlab chiqarish korxonasining avtomatlashtirish vositalarini ishlatishdan oldin texnik shartlar va texnik xizmat kо‘rsatish va joriy ta‘mirlashni о‘tkazish bо‘yicha yо‘riqnomaga asoslanib diagnostikani tashkil qiladi va о‘tkazadi. Har bir diagnoz qо‘yish natijasi diagnostik xarita va jamg‘arma xaritasiga yoziladi. Diagnoz qо‘iish natijalari asosida avtomatlashtirish vositasini kelgusida ishlatish yoki unga texnik ta‘sir kо‘rsatish tо‘g‘risida qaror qabul qilinadi.
Avtomatlashtirish vositalarini ekspluatatsiya qiladigan korxona texnik xizmat kо‘rsatish, joriy ta‘mirlash va ekspluatatsiya bо‘yicha qо‘llanmaga binoan quyidagilarni ishlab chiqadi:
- texnik xizmat kо‘rsatish, joriy ta‘mirlashlarni bajarayotganda diagnostikani tashkil etish va о‘tkazish bо‘yicha namunali texnologik jarayon xaritasi;
- diagnostik xarita;
- jamg‘arma xaritasi;
- diagnoz, jamg‘arma ma‘lumotlari va axborotga ishlov berish bо‘iicha hisob-kitob hujjatlari majmui.

Yüklə 177,09 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə