Hammabop Tibbiyot Qo’llanmasi 2013
104
Kasal nafas olganida qovurg`alar orasidagi yoki o`mrov tepasida-
gi chuqurchasidagi terining ichkariga kirishini kuzating. Bu havo o`tishi
qiyinlashganidandir. Bu esa tomoqqa biror narsa tiqilgani (173-bet), o`pka
shamollashi (pnevmoniya) (315-bet), astma (308-bet) yoki bronxit (o`pka-
ga
havoning ozroq kirishi, 313-bet)larda bo`lishi mumkin.
Agar bemor yo`talayotgan bo`lsa, yo`tal uning uxlashiga xalaqit berayot-
ganini aniqlang. Uning balg`ami bo`lsa, uning rangi, miqdori va tarkibida
qon bor yoki yo`qligiga e`tibor bering.
PULS (TOMIR URISHI)
Qon tomirining urishini kuza-
tish uchun barmoqlaringizni
kasal bilagiga ko`rsatilgan-
dek qilib qo`ying. (Qon tomiri
urishini
kuzatish uchun bosh
barmog`ingizni ishlatmang)
Agar siz bilakdan topa olma-
sangiz, bo`yinning ikkala chek-
kasidagi qon
TOMIRNI TOPING yoki
qulog`ingizni kasal ko`kragiga
qo`ying va yurak urishini kuzating
(yoki fonendoskop ishlating).
Qon tomiri urishin-
ing kuchi,
tezligi va
o`zgarmasligiga e`ti-
bor bering. Agar soat
yoki sekundomeringiz
bo`lsa, minutdagi puls
sonini aniqlang.
DAM OLAYOTGAN ODAMLAR UCHUN PULSNING NORMAL SONI
kattalarda......minutiga 60 dan 80 gacha
bolalarda..................80 dan 100 gacha
chaqaloqlarda...... 100 dan 140 gacha
Odamlar mashq qilganda, xavotirlanganda, qo`rqib
ketganda yoki
isitmasi chiqqanda puls soni ortadi. Isitma vaqtidagi puls soni har bir gra-
dusda (°C) 10-20 tadan ortib boradi.
Odam qattiq kasal bo`lganida uning pulsini tez-tez sanab, harorat
va nafas soni bilan bir qatorda yozib qo`ying.
Hammabop Tibbiyot Qo’llanmasi 2013
105
Puls tezligidagi o`zgarishlarni sezish muhimdir. Masalan:
• Kuchsiz, tez-tez urayotgan tomir shok holatini bildirishi mumkin (170-
bet).
• Juda tez, juda sekin, kuchsiz yoki notekis
urayotgan tomir- yurak mua-
mmolaridan bo`lishi mumkin (580-bet).
• Yuqori harorati bor odam qon tomirining juda sekin urishi- bezgakdan
bo`lishi mumkin (352-bet).
KO`ZLAR
Ko`zlar oqi rangiga e`tibor bering. U normal, qizil (410-bet) yoki
sariqmi? Shuningdek, bemor odamning ko`rish qobiliyatidagi har qanday
o`zgarishni kuzatib yuring.
Kasal ko`zlari bilan tepaga va pastga,
bir tomondan ikkinchi to-
monga asta-sekin qarasin. Ko`zning titrog`i yoki notekis harakati miya
shikastining belgisidir.
Dostları ilə paylaş: